Misr: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 97:
== Teyatri ==
Misrda teatr sanʼati unsurlari eng qad. diniy marosim va bayram tomoshalariga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda soya teatri boʻlgan. Mamluklar hukmronligi urf-odatlarini mazah qiluvchi komediyalar muallifi Ibn Daniala bu teatrning tanikli arbobi edi. Bu davrda qoʻgʻirchoq teatrlari qam keng yoyildi. „Araguz“ qoʻgʻirchoq teatri, ayniqsa, mashhur boʻldi. 1869 yilda Suvaysh kanali tantanali ochilishi munosabati bilan Opera teatri qurildi va J. Verdining „Rigoletto“, 1871 yilda „Aida“ operalari koʻrsatildi. 1869 yilda Yo. Sannua rahbarligida birinchi milliy professional teatr truppasi tashkil etildi va oʻzining arab tilidagi operettasini koʻrsatdi. Keyinchalik Qohira va Iskandariyada ham professional drama teatrlari ochildi. Bular orasida I. Farrah tomonidan tuzilgan (1891) teatr truppasi ijodi milliy musiqali dramaga asos boʻldi. Koʻpgina havaskorlik jamoalari ham ishladi. Misr teatri taraqqiyotining keyingi davri J. Abyod, M. Taymur, Yu. Vahbiy, T. alhakim kabi isteʼdodli teatr arboblari nomi bilan bogʻliq. 1920 yilda „Al-Ezbakiya“ teatri, 1923 yilda Yu. Vahbiy boshchiligida „Ramzes“ teatri, 1933 yilda „Milliy truppa“, 1935 yilda alhakim boshchiligida „Milliy teatr“ tashkil etildi. Misr sekinasta arab teatr madaniyatining markaziga aylandi. 1952 yil gi inqilobdan keyin arab xalqlari hayotidagi siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarish milliy sanʼat, jumladan, teatr sanʼati taraqqi-yotida muhim rol oʻynadi. Qohiradagi Milliy teatr, Xalq teatri, „Arab teatri“ kabi davlat teatrlarining faoliyati yangi bosqichga koʻtarildi. Teatr sanʼati instituti (1952), „26 iyul teatri“ (1959), „Al-Jumhuriya“ (1961) teatri ochildi. Qoqirada xususiy teatrlar ham bor. Iskandariyadagi Muhammad Ali teatr truppasi, „Kleopatra“ teatri, Milliy teatr, shuningdek, Qohira, Port-Said, Damanhur, Tanta kabi shaharlardagi havaskorlik trup-palari ham mashhur. Teatrlar repertuarlaridan Yo. Sannua, Yu. Vahbiy, A. Ezbak, T.
== Kiiosi ==
1896 yilda Iskandariyada birinchi kinoteatr ochilgan, unda xorijiy filmlar koʻrsatilgan. 1912 yilda hujjatli lentalar ishlab chiqarila boshlagan. Dastlabki arab badiiy filmlari — „Jar yokasida“ va „Uzilgan gul“ 1917 va 1918 yillarda ekranga chiqarilgan boʻlsada, ularni muttasil ishlab chiqarish 1927 yildan boshlangan. Ilk arab ovozli filmlari („Laylo“,
== Oʻzbekiston — Misr munosabatlari ==
|