Mixail Frunze: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Davlat arbobi}}
'''Frunze Mixail Vasilyevich Frunze''' [1885.21.1 (2.2), hozirgi Bishkek shahri 1925.31.10, Moskva] — Turkistonda sovet rejimini qurol kuchi bilan oʻrnatgan shoʻro harbiy arboblarvdan biri. Rossiyada 1905—07 yillar inqilobida faol qatnashgan. Ivanovo—Voznesensk gubernya partiya komiteta va gubernya ijroiya qoʻmitasi raisi hamda Yaroslavl gubernyasi harbiy komissari (1917—18). Sharqiy frontdagi 4armiya qoʻmondoni (1918—19), Sharqiy front (1919 yil iyuldan), Turkiston fronti (1919 yil avg . — 1920 yil sentabr) qoʻmondoni. Butun Rossiya MIK va RSFSR XKSning Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) aʼzosi (1919 yil okt. — 1920 yil sentabr). Buxoro bosqini (1920 yil 28 avg . 2 sentabr)ning asosiy tashabbuskori sifatida Samarqandda turib kizil armiyaning harbiy harakatlarini boshqargan. Shu harakat tufayli Buxoro obidalarining aksariyati vayron etilib, minglab begunoh odamlar nobud boʻlgan. Buxoroda amirlik tuzumi agʻdarib tashlangach, oʻsha paytda jahondagi eng katta xazinalardan biri hisoblangan amirlikning butun xazinasini 2 eshelonda (har birida 14 tadan vagon) Moskvaga joʻnatgan va uning maʼlum qismini oʻzi oʻzlashtirgan.
 
Jan. front qoʻmondoni (1920 yil okt. dan) sifatida F.Qrimni bosib olishda qatnashgan. Ukraina SSR XKS raisi oʻrinbosari (1922—24). SSSR harbiy inqilobiy kengashi raisi oʻrinbosari va raisi, harbiy va dengiz ishlari boʻyicha xalq komissari (1924—25). Ayni paytda IshchiDehqon Qizil armiyasi shtabi va Harbiy akademiya boshligʻi (1924 yil apreldan). RKP (b) MK Siyosiy byurosi va RKP(b) MK Tashkiliy byurosi aʼzoligiga nomzod (1924—25). Shoshilinch operatsiya qilingach, shubhali tarzda vafot etgan va Moskva Kizil maydoniga dafn qilingan.
Qator 6:
== Adabiyot ==
* Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrvda], T., 2000; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002; Qahramon Rajabov.
 
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{bio-stub}}
 
{{DEFAULTSORT:Frunze, Mixail}}
{{stub}}