Riga: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k t-ra →‎ temperatura
Qator 31:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Riga''' — Latviya Respublikasidagi shahar. Respublika poytaxti. Yirik industrial, ilmiy va madaniy markaz, temir yoʻl tuguni, dengiz porti. Daugava (Gʻarbiy Dvina) daryosi sohilida, uning Riga qoʻltpigʻita quyilish joyida. Yanv.ning oʻrtacha trasitemperaturasi —4,5°, iyulniki 18°. Yillik yogʻin miqdori — 649&nbsp;mm. Maydoni 307&nbsp;km. Aholisi 764 ming kishidan ziyod (2000). Olti shahar tumanidan iborat.
 
Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, R. 10—11-a.larda vujudga kelgan. Shahar sifatida 1201 yilda tilga olingan. 13— 16-a.larda Riga arxiyepiskopligiga boʻysundirilgan. 14-a. boshida Ganzatarkibiga kirgan. 1561 yilgacha Livon ordeni tarkibida. 1561 yildan erkin shahar, savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. 1581 yilda Rech Pospolita xukmronligi ostiga oʻtgan. 1621 y. shvedlar tomonidan bosib olingan. R.ni Shimoliy urush davrida 1710 y. 14 iyulda rus qoʻshinlari egallagan. 1714 yildan Riga, 1796 yildan Liflyandiya gubernyasining markazi. 18-a. oxirida R. Rossiyaning eng yirik porti va savdo markazi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida yirik sanoat markazlaridan biri. R. 1919 yildan Latviya Respublikasi poytaxti, 1940—90 yillarda Latviya SSR poytaxti, 1990 y. maydan yana Latviya Respublikasi poytaxti.