Viktor Uspenskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k PlanespotterA320 Uspenskiy Viktor Aleksandrovich sahifasini Viktor Uspenskiyga koʻchirdi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Uspenskiy Viktor Aleksandrovich Uspenskiy''' [1879.19(31).8, Kaluga 1949.9.10, Toshkent] — kompozitor, etnograf, pedagog , musiqa jamoat arbobi, sanʼatshunoslik d-ridoktori (1943). Oʻrta Osiyo musiqiy folkloristikasi asoschilaridan.
 
Turkmenistan (1929) va Oʻzbekiston (1937) xalq artisti. Peterburg konservatoriyasini tugatgan (1913). 1917 yildan Toshkentda. Turkiston xalq konservatoriyasi (1918), Maorif xalq komissarligi huzuridagi musiqiy etnografiya seksiyasi (1920) tashkilotchilaridan. Toshkent xalq konservatoriyasining Eski shahar boʻlimi rahbari (1919—22), Buxoro Sharq musiqa maktabida oʻqituvchi (1923), Oʻzbek musiqa texnikumi (hozirgi Toshkent musiqa kolleji)da millim musiqa boʻlimi rahbari (1928—34), Sanʼatshunoslik institutida musika kabineti mudiri (1932—49), Toshkent konservatoriyasida pedagog (1936 yildan), prof. (1943—49).
 
U.Uspenskiy 1919—23 yillar Oʻrta Osiyo xalklarining etnofafik konsertlarini uyushtirgan. Ota Jalol, Ota Gʻiyoslardan Shashmaqomning cholgʻu va ashula boʻlimlarini (1923), Sh. Shoumarovdan Fargona — Toshkent maqom yoʻllari (1934)ni notaga olgan. Folkloretnofafik ekspeditsiyalarini uyushtirib, yuzlab ashula, katta ashula, cholgʻu kuy va xalq qoʻshiqlarini (Fargʻona vodiysi, 1927, 1931), 350 dan ortiq turkman qoʻshiq va cholgʻu kuylarini (Turkmaniston, 1925, 1927, 1929) yozib olib nashr ettirgan: "Shashmaqom" (M., 1924), "Turkman musiqasi" (M., 1928), "Oʻzbek vokal muzikasi" (T., 1950) va boshqa
 
U.Uspenskiy "Farhod va Shirin" (Xurshid pyesasi, 1936; 2tahriri G. Mushel bilan hamkorlikda, 1937) musiqali dramasi, "Muqanna" simfonik syuitasi, "Turkmancha kaprichchio", "Oʻzbekcha poema rapsodiya", "Lirik poema" (1947, Navoiy xotirasiga bagishlangan) kabi simfonik asarlar, spektakl ("Yoriltosh", G. Mushel bn), kinofilmlar ("Ravot qashqirlari" va h.k)ga yozilgan musiqalar va boshqa muallifi. Bularda U. uzbek, turkman xalklari folkloriga tayangan. U. bir necha oʻzbek xalq qoʻshiq va kuylarini qayta ishlagan ("Oʻrta Osiyo xalklarining 4 kuyi" va boshqalar). Toshkentdagi maxsus musika internatmaktabi va musika litseyiga U. nomi berilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Adabiyot ==