Gvatemala: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 17:
Mil. av. 2-ming yillikkacha Gvatemala hududida yashagan indeys qabilalari dehqonchilik va ovchilik bilan shugʻullangan. Mil. boʻsagʻasida paydo boʻlgan shaharlarda mayya madaniyati vujudga keldi. 1523 yil ispanlar Gvatemalani bosib oldi, koʻpgina mahalliy qabilalarni qirib tashlab, Ispaniya mustamlakasiga aylantirdi. 1560 yilda Gvatemala general-kapitanligi tashkil etildi. 1821 yil, Amerikadagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun urushi davomida (1810—26) mamlakat mustaqillikka erishdi. 1824 yilda qulchilik bekor qilindi. 1823 yil 1 iyulda poytaxti Gvatemala sh. boʻlgan Markaziy Amerika birlashgan viloyatlari nomli federativ respublika tuzildi. 1839 yil Markaziy Amerika federatsiyasi parchalanib, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Salvador va Kostarika davlatlari ajralib chiqdi. l-jahon urushida Gvatemala Antanta tarafida boʻldi. 1898-1920 va 1931-44 yillar mamlakatda diktatorlik tuzumi hukmronlik qidsi. Prezident X. Arbens Gusman hukumati (1951—54) bir qancha tadbirlarni amalga oshirishga intildi, lekin harbiy fitna natijasida agʻdarildi. 1954—65 va 1970—85 yillarda ham turli harbiy guruxdar tomonidan toʻntarishlar uyushtirildi. 1985 yildan fuqarolar hukumati hokimiyat tepasiga chiqdi. Gvatemala 1945 yildan — BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 15 sent. — Mustaqillik kuni (1821).
 
==Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari==
Snyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Milliy avangard partiyasi; Institutsion-demokratik partiya, 1965 yil tuzilgan; Gvatemala mehnat partiyasi, 1949 yil tuzilgan; Gvatemala xristian-demokratik partiyasi, 1968 yilda asos solingan; Gvatemala respublikachilar fronti, 1994 yiltuzilgan; Milliy ozodlik harakati partiyasi, 1960 yil tuzilgan. Gvatemala kasaba uyushma muxtor federatsiyasi, 1957 yil tuzilgan; Kasaba uyushma birligi milliy qoʻmi-tasi, 1976 yilda asos solingan; Kasaba uyushmalari milliy fronti, 1968 yil tashkil etilgan; Mehnatkashlar milliy kasaba uyushma markazi, 1972 yil tuzilgan; Gvatemala kasaba uyushma kengashi, 1955 yilda asos solingan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.
 
== Xoʻjaligi ==