Gvineya-Bisau: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Gvineya-Bissau_info}}
 
'''Gvineya-Bisau Respublikasi''' (Guine-Bissau),[[Fransuz Gvineya-Bisautili|fransuzcha]]: Respublikasi (Republics da Guine-Bissau) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeani sohilida. G.Gvineya-B.Bisau tarkibiga materik qismidan tashqari Bʼlama va Bijagosh o. lariorollari kiradi. Maydoni 36,1 ming km{{sup|2}}. Aholisi 1,1 mln. kishi (1990-yillar oxiri). Poytaxti Bisau shahri Maʼmuriy jihatdan Bisau muxtor sektori, 8 okrug va 37 tumanga boʻlinadi .
 
== Davlat tuzumi ==
Davlat tuzumi. G.Gvineya-B.Bisau respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi prezident. U umumiy yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi 102 deputatdan iborat bir palatali parlament Millat xalq majlisi. Ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi, u hukumat aʼzolari va bosh vazirni tayinlaydi.
 
== Tabiati ==
Tabiati. Materikdagi qismi tekis, ayrim joylari botqoqpi pasttekislik. Sohilida qoʻltiqlar va daryo estuariylari koʻp. Boksit, fosforit, oltin, temir rudasi, sirkoniy, neft konlari bor. Iqlimi ekvatorial mussonli, yozi seryomgʻir, qishi quruq. Yanv. ning oʻrtacha temperaturasi 24°, iyulniki 26°. Yillik yogʻin sohilda 2000 mm dan ortiq, mamlakat ichkarisida 1200 – 1500 mm. Daryolari (Jeba, Korubal, Kasheu) qisqa, ammo sersuv. Oʻsimliklari savanna va doimiy yashil nam tropik oʻrmonlardan iborat. Oʻrmonlarda maymun, buyvol, kiyik, leopard, begemot, timsoh, toʻngʻiz va har xil qushlar yashaydi.
 
== Aholisi ==
Aholisi balante, mandyak, mandinka, fulbe, manjak va boshqa elatlardan iborat. Rasmiy tili portugal tili. Shahar aholisi 19,9%. Aholining yarmidan kupi mahalliy, anʼanaviy dinlarga, 35% i islom diniga eʼtiqod qiladi, bir qismi xristianlar. Yirik shaharlari: Bisau, Bolama, Gabu, Kasheu.
 
== Tarixi ==
Tarixi. G.Gvineya-B.Bisau xalqining qad.qadimgi va oʻrta asrlardagi tarixi oʻrganilmagan. 15-asr dan boshlab Portugaliya mustamlakachilari hozirgi G.Gvineya-B.Bisau hududini qul bozoriga aylantirdilar. 16 18-asr larda portugaliyalik qul savdogarlari bu yerda bir necha tayanch bazalar (Farin, Kasheu, Bisau va boshqalar) kurib, yuz minglab qullarni Amerika va Vest-Indiyaga olib ketdilar. 19-asr da Afrikani boʻlib olish boshlangan vaqtda Portugaliya G.Gvineya-B.Bisau ustidan nazoratni yanada kuchaytirdi. 1879 yil alohida mustamlaka deb eʼlon qilindi.
 
G.Gvineya-B.Bisau aholisi mustamlakachilarga qarshi keskin kurashib, tayanch bazalariga teztez hujum qilib turdi. 1908 yil mustamlakachilarga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni 1915 yil gacha davom etdi. 2jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati keng tuye oldi. 1951 yilyilda da G.Gvineya-B.Bisau Portugaliyaning "dengiz orti viloyati" maqomini olgan bulsada, mustamlaka holati oʻzgarmadi.
 
1956 yil dayilda "Gvineya va Yashil Burun orollari mustaqillik Afrika partiyasi" mustaqillik kurashiga rahbarlik qildi. 1962 yil dayilda qurolli kurash boshlanib, 1970 yil boshlarida mamlakatning oʻchdan ikki qismi mustamlakachilardan ozod qilindi va hukumatning mahalliy organlari tuzildi. 1972 yil mahalliy muxtoriyat huquqini oldi. Shu yili Millat xalq majlisiga deputatlar saylandi. 1973 yil 24 sentabr da Millat xalq majlisining birinchi sessiyasi mustaqil G.Gvineya-B.Bisau Respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi. Portugaliyadagi fashistlar rejimi agʻdarilgach (1974), Portugaliyaning yangi hukumati 1974 yil 10 sentabrda G.Gvineya-B.Bisau mustaqilligini tan oldi. G.Gvineya-B.Bisau 1974 yilyildan [[Birlashgan danmillatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. Milliy bayrami 24 sentabr Mustaqillik kuni (1973).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Snyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Gvineya va Kabo-Verde mustaqilligi afrikaliklar partiyasi, 1956 yil dayilda tuzilgan; Birlashgan sotsial-demokratik partiya, 1991 yil dayilda tuzilgan; G.Gvineya-B.Bisau qarshilik koʻrsatish partiyasi Ba-Fata harakati, 1986 yil dayilda tuzilgan; Ijtimoiy yangilanish partiyasi, 1992 yil dayilda tuzilgan. G.Gvineya-B.Bisau mehnatkashlari milliy birligi kasaba uyushmasi, 1961 yil dayilda asos solingan, Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi va Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi.
 
== Iqtisodiyoti ==
Xujaligi. G.Gvineya-BBisau iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Mustamlakachilarning koʻp asrlik hukmronligi natijasida mamlakat iqtisodiyoti qoloq, monokultura yoʻnalishida boʻlib, yarim kustar sanoatga ega. Hukumat bir yoqlama rivojlanishga barham berish choralarini koʻrmoqda. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ning ulushi 40%, sanoatning ulushi 10 %. Mehnatga yaroqli aholining 80% qishloq xoʻjaligi da band. Asosiy qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlari: yer yongʻoq, palma magʻizi, yogʻi va boshqa Paxta, kanakunjut, kauchukli oʻsimliklar, sholi ham yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, echki, qoʻy boqiladi. Baliqovlanadi .
 
Sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini dastlabki qayta ishlaydigai korxonalardan iborat. Yer yongʻoq tozalovchi va sholi oqpovchi zavodlar, yer yongʻoq va palma yogʻi ishlab chiqaradigan f-ka, yogʻoch tilish, gʻisht zavodlari, sovungarlik va sellyuloza zavodlari, kema taʼmirlash ustaxonalari bor. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Gvineya-Bisau yoʻq. Avtomobil yoʻllarining uz. 4,6 ming km. Ichki suv yullarining uz. 1,8 ming km. Bisau shahri da xalqaro aeroport bor. Dengiz portlari: Bisau, Bolama, Kasheu. Chetga yer yongʻoq. palma yogʻi va magʻizi, kauchuk, yogʻoch va yogʻoch materiallari chiqariladi. Chetdan sement, gazlama, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, tamaki keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Portugaliya, Ispaniya, Fransiya, Shvesiya, AQSH, Senegal. Pul birligi Afrika franki.
 
== Maorifi ==
Maorifi. Mustamlakachilik davrida koʻpchilik afrikaliklar uchun faqat 2 yillik boshlangʻich maktablar bor edi. 4 yillik boshlangʻich va 7 yillik oʻrta maktablarda yevropaliklar va duragaylar oʻqigan. Mustaqillikka erishilgandan soʻng 7 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalarning majburiy bepul umumiy taʼlimi toʻgʻrisidagi qonun joriy etildi. Boshlangʻich maktabdagi oʻqish muddati 4 yil, oʻrta oʻquv yurtlarida —7–7 yil Bundan tashkari 6 yillik boshlangʻich va 3 yillik toʻliqsiz oʻrta maktab negizida toʻliq oʻrta maʼlumot beradigan 2 yillik litseylar mavjud. Mamlakatda oliy oʻquv yurti yoʻq. Yoshlar oliy maʼlumotni chet ellarda oladi. Oʻqituvchilar tayyorlovchi kurslar mavjud .
 
== Matbuoti, radioeshittirish ==
Matbuoti, radioeshittirish. G.Gvineya-B.daBisauda nashr etiladigan yirik gaz.lar: "Libertasau" ("Ozodlik", portugal tilidagi haftanoma, 1960 yildan), "No pincha" ("Olgʻa", asosan portugal tilida, ayrim maqolalari kreol tilida chiqadigan haftanoma, 1975 yildan). G.Gvineya-B.Bisau axborot agentligi hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1975 yilda tuzilgan. G.Gvineya-B.Bisau Respublikasi milliy radioeshittirish xizmati 1975 yilda tashkil etilgan.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Aholining turar joylari juda xilmaxil. Sohil boʻyidagi pasttekisliklarda yashovchi balante qabilasi toʻgʻri burchakli pastqam uylarda istiqomat qiladi. Bu uylarning devorlari 4 ustunga mahkamlangan qamishdan toʻqilib, loy bilan suvalgan. Tomi poxol bilan yopilib nishabi ikki tomonga yoki 4 tomonga qaratilgan. Har bir uy bir necha xona va qaznoqdan iborat boʻlgan. Bir necha uy baland qalin devor bilan oʻralib, qoʻrgʻon tusini olgan va uning oʻrtasida qabila boshligʻining uyi joylashtirilgan. Mamlakat ichki tumanlari (fulbe, mandinka qabilalari qarorgoxdari) aniq va ravon rejalangan. Toʻsiqsiz uylar toʻgʻri va keng koʻchalar boʻylab joylashtirilgan. Markazdagi maydon turli bayram va yigʻinlarni oʻtkazishga moʻljallangan. Uylarning devorlari loydan yoki xom gʻishtdan tiklangan va somonli konussimon tom bilan yopilgan. Darvozalar, toʻsinlar, ustunlarga ohu, sigir, ilon va qushlarning qiyofasi oʻyib tasvirlangan. Bayot va papel qabilalarining kattakatta oilalari koʻp xonali (4— 104–10 xonagacha) uylarda yashaydi. Bu uylar toʻgʻri burchakli, doirasimon yoki choʻziq shaklda boʻlib, poxol tomining nishabi 2 tomonga qaragan yoki konussimon qilib ishlangan .
 
Badiiy hunarmandchilik ayniqsa orollarda rivojlangan. Qizil va qora yogʻochdan hamda fil suyagidan ajdodlarning haykalchalari, diniy buyumlar, mayda roʻzgʻor asbob-anjomlari (mas, oʻsimliklar tasvirlangan qoshiklar), turli jonivorlar qiyofasidagi niqoblar yasaladi. Qabila boshliklarining oʻrindiq va taxtlari, qoʻndoq, jovon, togʻoralarga turli naqshlar tushirilib, hayvonlar, qushlar, ilonlar va baliqlar tasvirlanadi. Yogʻoch va sigir shoxidan qurol (oʻq-yoy, oʻqdon, nayza, qalqon) yasash avj olgan. Xorijiy sayyohlarga moʻljallab koʻpgina buyumlar yasaladi. Qitʼadagi elatlar orasida fulbelar haykalcha, poyabzal, bezak buyumlari, musiqa asboblari yasashga mohir. Mandyaklar va papellar orasida toʻquvchilik hamda badiiy kashtachilik rivojlangan.
 
== Musiqasi ==
Musiqasi. G.Gvineya-B.Bisau musiqa madaniyati mamlakatda yashovchi koʻpgina elatlarning musiqiy anʼanalarini oʻz ichiga oladi. Balante, fulbe, mandinka va boshqa xalqlarning musiqasi Gʻarbiy Afrika mamlakatlari (Gvineya, Senegal, Gambiya, Mali) musiqiy sanʼatiga juda oʻxshashdir. Ayniqsa griotlar kora, balafon, kusundi kabi musiqa asboblarida kuylarni mohirona ijro etishadi. Qad. anʼanaga ega boʻlgan baraban dastalari yuksak ijrochilik mahoratiga erishganlar. Mustaqillik yillarida milliy musiqa anʼanalarini saqlash va rivojlantirish madaniy siyosatning muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoldi. Bisau shahrida madaniy markaz Madaniyat uyi ishlaydi.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{Afrika mamlakatlari}}
{{no iwiki}}
{{OʻzME}}