Yevrosiyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:LocationEurasia.png|thumb|right|300px|Yevrosiyo]]
'''Yevrosiyo''' — [[Yer]] sharidagi eng katta materik, ikki qitʼa — [[Yevropa]] va [[Osiyo]]dan iborat. Yer maydoni 54,9 mln. km<sup>2</sup>, shundan 2,75 mln. km<sup>2</sup> orollar. Materikning uzunligi (gʻarbdan sharqq) 16 ming km, eni (shimoldan janubga) 8 ming km. Yevrosiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari: shimolda — Chelyuskin burni (77°43’ sh. k.), janubda — Piay burni (G16’ sh. k.), gʻarbda Roka burni (9°34’ gʻ. u.), sharqda — Dejnev burni (169°40’ g. u.). Yevrosiyoga Yer sharidagi quruqlikning 36,6 % toʻgʻri keladi, materikda Yerdagi jami aholining qariyb 74 % yashaydi. Aholisi 4,947 mln. kishi (2010). Yevrosiyoning janubi-sharqidagi bir qancha orollar Janubiy yarim sharda joylashgan. Yevrosiyoni gʻarbdan [[Atlantika okeani]], shimoldan [[Shimoliy Muz okeani]], janubdan [[Hind okeani]], sharqdan [[Tinch okeani|Tinch okeanlari]] va ularning chekka dengizlari oʻrab olgan. Yevrosiyo — eng qadimgi madaniyat maydonidir. Yevrosiyoning iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotida Yevrosiyo materigining turli qismlarini bogʻlovchi „[[Buyuk Ipak yoʻli]]“ning ahamiyati katta boʻlgan. Quruqlikning yaxlitligi, koʻpgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiiy tarixiy hodisalarning oʻxshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom — Yevrosiyo deb atashga imkon beradi. „Yevrosiyo“ tushunchasi geologiya va geografiya fanlariga [[1883-yil|1883-]] da<nowiki/>yilda E. Zyuss tomonidan kiritildi<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
== Manbalar ==