Lotin tili: Versiyalar orasidagi farq

12 bayt qoʻshildi ,  4 yil oldin
Fixing abbreviations (v0.1)
kTahrir izohi yoʻq
(Fixing abbreviations (v0.1))
| iso3 = lat
}}
'''Lotin tili''' — hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad.qadimgi Italiyaning boshqa tillarini siqib chiqarishi miloddan avvalgi 4—3-asrlarga toʻgʻri keladi. Apennin yarim orolning lotinlashuvi (yunon tili hukmron boʻlgan Jan. Italiya va Sitsiliya bundan mustasno) miloddan avvalgi 1-asrda yakunlanadi. Rim imperiyasining gullab-yashnashi, yangi-yangi mustamlakalarning bosib olinishi natijasida Lotin tili Shim. Afrika, Ispaniya, Galliya, Germaniya, Dunayboʻyi hududlariga tarqaladi. Lotin tilidagi eng qad.qadimgi yodgorliklar miloddan avvalgi 3-asrga mansub.
 
Qad.Qadimgi davr Lotin tili tarixi bir-biridan u yoki bu darajada farqlanuvchi 5 ta davrga ajratiladi: 1) eng qad.qadimgi Lotin tili davri (miloddan avvalgi 6—4-asrlar); 2) klassik davrgacha boʻlgan Lotin tili davri (miloddan avvalgi 3—2-asrlar, adabiy Lotin tilining shakllanish vaqti); 3) klassik, "oltin" Lotin tili davri (miloddan avvalgi 1-asr, juda boy leksika va rivojlangan adabiyoti bilan ajralib turadi); 4) klassik davrdan keyingi, "kumush" Lotin tili davri (milodiy 1-asr, adabiy tilning fonetik va morfologik meʼyorlari uzil-kesil shakllandi); 5) soʻnggi bosqichdagi Lotin tili (2— 6-asrlar; yozuv tili bilan xalq-soʻzlashuv tili-"xalqona lotin" oʻrtasida tafovut paydo boʻldi).
 
5-asrda Rim imperiyasi qulaganidan keyin xalq-soʻzlashuv tilining mintaqaviy farqlanishi tezlashib, bu nar-sa 9-asrga kelib alohida, mustaqil roman tillarinkng (italyan, fransuz, portugal, ispan, rumin, moldavan va boshqalar) paydo boʻlishiga olib keldi. Yozma Lotin tilining birligi saqlanib qoldi, u leksik jihatdan rivojlanishda davom etdi, klassik Lotin tilining asosiy lugʻat tarkibi va grammatik kurilishi barqarorlashdi. Adabiy Lotin tili tarqalgan barcha hududlarda u maʼmuriy boshqaruv, savdo-tijorat, maktab tili edi; oʻrta asrlarda butun Gʻarbiy Yevropa umumiy yozuv tili boʻlib qoʻllandi; 18—19-asrlargacha diplomatiya, ilm-fan va falsafa tili, 20-asrda esa katolik cherkovi tili, Vatikanning (italyan tili bilan birga) rasmiy tili boʻlib qoldi. Lotin tili Yevropa madaniyati rivojida ulkan rol oʻynadi. Yevropa tillaridagi siyosiy, ilmiy va texnik terminologik tizimlarning leksik jihatdan boyishi va koʻpayib borishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
56

ta tahrir