Tabiatshunoslik: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: hoz. → hozirgi, va b. → va boshqa using AWB |
Edgars2007 (munozara | hissa) Fixing abbreviations (v0.1) |
||
Qator 2:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tabiatshunoslik''', tabiiyot - tabiat haqidagi fanlar tizimi, tabiiy fanlar majmui. Tabiatning inson ongidagi aksi boʻlgan T. jamiyatning rivojlanishi bilan mukammallashadi. T.ning maqsadi — tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish imkoniyatlarini ochib berish. T., asosan, fundamental fanlar boʻlgan mexanika, fizika, kimyo va biol.dan tashkil topgan. Astronomiya, geol., tibbiyot fanlari, qishloq xoʻjaligi. fanlari, ekologiya kabi koʻplab bil im tarmoklari shu fundamental fanlardan kelib chiqqan. T. tabiatda yuz berib, roʻyobga chiqib turadigan materiya harakatining mexanik, fizik, kimyoviy va biologik shakllarini oʻrganadi va oʻrgatadi; ularning harakatlanish, oʻzgarish, rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi, bu krnuniyatlarning uzluksizligini isbotlaydi. T. tarixi umumjamiyat tarixi bilan mustahkam bogʻliqdir. T. tushunchasi faqat tabiiy sharoitlarni emas, ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklarni ham ifodalaydi. T.ni alohida fan sifatida oʻrganish gʻoyalari Forobiy, Ibn Sino risolalaridan maʼlum. Abu Rayhon Beruniy esa T.ni mustaqil fan sifatida rivojlantirishga hissa qoʻshgan, hatto T.ni ham boʻlimlarga boʻlgan va geodeziya, farmakognoziyani mustaqil fanlar sifatida bayon etgan. Matematika T.ning bir sohasi sifatida kelib chiqqan. Yevklid, Diofant, Geron, Xorazmiy, Ulugʻbek, Koshiy kabi olimlar matematik krnunlarni T. qonunlari asosida kashf etadilar. 17-
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
|