Oybek: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Mahufi (munozara | hissa)
+
Fixing abbreviations (v0.2)
Qator 17:
O.ning nasriy merosi 5 roman ("Qutlugʻ qon", "Navoiy", "Oltin vodiydan shabadalar", "Quyosh qoraymas" va "Ulugʻ yoʻl"), 4 qissa ("Shonli yoʻl", "Hyp qidirib", "Bolalik xotiralarim" va "Bola Alisher") hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat.
 
O.ning roman janridagi dastlabki tajribasi — "Qutlugʻ qon" asari yozuvchi hayotining eng tahlikali kezlarida, 1938 yilda, qisqa muddatda yozilgan va 1940 yilda nashr etilgan. Yozuvchining bolalik xotiralari bilan toʻyingan bu asarda oʻzbek xalqining 1-Birinchi jahon urushi arafasidagi mashaqqatli hayoti qalamga olingan. Bu davrda, bir tomondan, mustamlakachilik siyosati, ikkinchi tomondan, oʻlkaga kirib kela boshlagan kapitalistik munosabatlar tufayli mehnatkashlar ommasi gʻoyat qashshoqlashgan edi. Shunday vaqtda sabr kosasi toʻlgan xalqning norozilik namoyishi bilan chi-qishi yoki qoʻzgʻolon koʻtarishi tabiiy edi. Chor hokimiyatining Oʻrta Osiyo aholisini mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi farmoni 1916 yil qoʻzgʻo-lonining gurullab yonishi uchun bir turtki boʻldi. O. romanda Yoʻlchi boshlik, mehnatkashlar, Mirzakarimboy boshliq boylarning oʻzaro munosabatlarini tasvirlash orqali mazkur qoʻzgʻolonning kelib chiqish sabablarini badiiy tahlil etdi. Jamiyatning shu davrdagi qutblashgan holatini taʼkidlab koʻrsatish maqsadida va sovet mafkurasining talabi bilan boylar obrazini, ayniqsa, Mirzakarimboy obrazini yaratishda qora boʻyoqlardan koʻproq foydalandi. 1937 yil tegirmonidan arang omon qolgan adibning romanni busiz nashr etishi amri mahol edi.
 
O. bu asari bilan A. Qodiriy, Chulpon va S. Ayniy boshlab bergan tarixiy romannavislik anʼanasini rivojlantirib, uni mehnatkash xalq harakterini oʻzida mujassamlantirgan Yoʻlchi, Gulnor kabi qahramonlarning yorqin obrazlari bilan boyitdi. "Qutlugʻ qon" oʻzbek adabiyotidagi badiiy jihatdan eng yuksak romanlardan biridir.
 
O. shoir, nosir, adabiyotshunos olim sifatida ham Navoiy hayotiga koʻp bor murojaat etgan. Uning 1942 yil 2-Ikkinchi jahon urushining qizgʻin bir paytida "Navoiy" romanini yozib tugatgani tasodifiy emas. Nafaqat ulugʻ shoir, balki 15-asrdagi Xuroson hayotini ham puxta oʻrgangan adib bu asarda Navoiyning shoir va inson sifatidagi gumanizmi — insonparvarlik mohiyatini katta mahorat bilan gavdalantirib bergan. O. Navoiy obrazini 15-asr Xurosonida roʻy bergan muhim tarixiy voqealar fonida gavdalantirar ekan, shu davrda Temuriylar davlatini harakatga keltirgan, keyinchalik esa uni tanazzulga olib kelgan kuchlar va ularning oʻzaro kurashini xaqqoniy aks ettirgan. O. mazkur asari bilan oʻzbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab, uning asosiy tamoyillarini belgilab berdi. "Navoiy" romani keyinchalik oʻzbek adabiyotida "Ulugʻbek xazinasi", "Koʻhna dunyo" (O. Yoqubov), "Yulduzli tunlar", "Avlodlar dovoni" (P. Kr-dirov) singari tarixiybiografik romanlarning maydonga kelishiga zamin hozirladi.
 
O.ning nasriy asarlari orasida oʻzbek xalqining 2-Ikkinchi jahon urushidagi jasorati tasviriga bagʻishlangan "Quyosh qoraymas" (1943—59) romani alohida eʼtiborga loyiq. Adib mazkur romanini garchand Gʻarbiy frontga qilgan safaridan qaytiboq yoza boshlagan boʻlsada, urush toʻgʻrisidagi dahshatli haqiqatni aytish iloji boʻlmagani uchun, uni 50-yillarda — xastalik paytida yozib tugatdi. O. Bektemir va uning ikki jangovar doʻstining obrazini yaratish orkali Sovet davlatining urushga tayyorgarliksiz kirgani va sarkardalarning qoʻpol xatolari tufayli millionlab kishilar, shu jumladan, oʻzbek jangchilarining "toʻp yemi" boʻlayotgani haqidagi haqiqatni badiiy mujassamlantirib berdi.
 
Adib "Oltin vodiydan shabadalar" (1949) romanida urushdan keyingi davr qahramoni obrazini, "Qutlugʻ qon" romanining davomi sifatida yozilgan "Ulugʻ yoʻl" (1967) asarida esa Yulchi va Gulnorlarning 20-yillardagi izdoshlari obrazini yaratishga intildi.
Qator 31:
O. ozgina boʻlsada, oʻz kuchini dramaturgiyada ham sinab koʻrdi. U urush yillarida Chingizxon istilosiga qarshi koʻtarilgan xalq harakatlaridan biriga murojaat etib, vatandoshlarida fashizmga qarshi kurash maylini ragʻbatlantiruvchi "Mahmud Torobiy" operasi librettosini yozdi (1944) va shu mavzu boʻyicha drama teatrlari uchun "Gʻalvirchi", rus adibi va adabiyotshunosi A. Deych bilan hamkorlikda esa rus tilida "Xalq qalqoni" pyesalari ustida ishladi. O. bu asarlarida ham tarixiy jarayon qonuniyatlarini yaxshi bilgan, tarixga xalq manfaatlari nuqtai nazaridan yondashuvchi yirik olim sifatida namoyon boʻldi.
 
O. adabiy faoliyatining muhim qismini adabiyotshunoslikka oid tadqiqot va maqrlalar tashkil etadi. Oʻzbek xalqi tarixi va oʻzbek mumtoz adabiyotining ulkan bilimdoni O. oʻzining adabiy-tanqidiy faoliyatida adabiyotimizning eng qad.qadimgi davridan to oʻtgan asrning 60-yillariga qadar kechgan shakllanish va taraqqiyot yoʻliga bagʻishlangan koʻplab maqolalar eʼlon qildi. Bu maqolalarning katta bir qismi Alisher Navoiy yashagan davr, shoir hayoti va ijodini oʻrganishta ba-gʻishlangan boʻlib, ular keyinchalik O.ning "Navoiy gulshani" maqolalar toʻplamini tashkil etdi. Bu maqolalar navoiyshunoslikning oʻzbek adabiyotshunosligining muhim bir sohasi sifatida shakllanishi va rivojlanishiga hissa boʻlib qoʻshildi. Shu bilan birga O. Yozuvchilar uyushmasi va Fanlar akademiyasi gumanitar boʻlimining raisi sifatida Navoiyning 500 yillik yubileyini tashkil etish va oʻtkazishga rahbarlik qildi. A. Deych bilan birga rus tilida Navoiyga bagʻishlangan turkum maqolalar chop etdi (bu maqolalar mualliflarning 1968 yilda nashr etilgan "Alisher Navoiy. Literaturno-kriticheskiy ocherk" kitobidan urin olgan).
 
Yirik adabiyotshunos O. "Abdulla Qodiriyning ijodiy yoʻli" (1935) monografiyasi va boshqa maqolalarida 20-asr oʻzbek adabiyotining taraqqiyoti muammolarini, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy va A. M. Gorkiy singari rus adabiyoti namoyandalarining oʻzbek yozuvchilariga taʼsiri masalalarini yuqori ilmiy-nazariy saviyada oʻrgandi. Mumtoz va zamonaviy oʻzbek adabiyoti yutuklarini qardosh xalklarga tanishtirishda O.ning rus tilidagi maqolalari ayricha ahamiyatga molik.