Toshkent: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Fixing abbreviations (v0.2)
Qator 262:
 
=== [[Olmazor tumani]] ===
Olmazor (sobiq [[Sobir Rahimov]]) tumani – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1970 yilda tashkil kilingan. Sobir Rahimov nomi bilan atalgan. 1980 yildan hozirgi chegarasida. Toshkentning shim.shimoli-gʻarbida joylashgan. Shim.gʻarbda Toshkent viloyati Zangiota tumani, shim. va shim. sharkda Toshkent tumani, sharkda Yunusobod tumani, jan. va jan.gʻarbda Shayxontohur tumani bilan chegaradosh. Maydoni 3,4 ming ga, shu jumladan koʻkalamzor yerlari 1,01 ming ga. Aholisi 283,6 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 290 ta. Asosiy magistrallari: Beruniy, Niyozov, Kichik halqa yoʻl, Forobiy, Ziyomov, Chimboy, Us t a Shirin, Tansiqboyev, Hasanov, Oybek va Qorasaroy koʻchalari. 58 ta maxalla mavjud.
 
Tuman hududida „Kolorfleks“, „Imperial“, „Osiyobatareya“ qoʻshma korxonalari, 30 sanoat korxonasi, shu jumladan, „Toshkentmarmar“ ishlab chiqarish. birlashmasi, „Mikond“, agregat, tajribamexanika, ekskavator taʼmirlash, „Kompressor“, „Oniks“ va chinni zavodlari, „Toshkent mebel“ ishlab chiqarish birlashmasi, „Tola“ (pillakashlik) korxonasi, bosh kiyimlar fabrikasi, 10 avtotransport va 10 kurili sh tashkiloti faoliyat koʻrsatadi. Tumanda 19 ilmiy tadqiqot instituti, 4 loyihalash tashkiloti („Oʻzgazloyiha“, „Oʻzqishloqxoʻjalik loyiha“, Xalq taʼlimi Vazirligining loyihakonstruktorlik byurosi, „Tash. ZNIIEP“), 3 oliy oʻkuv yurti (OʻzMU, ToshDTU, 2Toshkent tibbiyot instituti), 1 litsey, 1 kasbxunar kolleji, 37 umumiy taʼlim maktabi, 1 sanʼat, 1 ta musika maktabi, 60 ta maktabgacha tarbiya muassasasi bor. Tuman aholisiga 47 oilaviy poliklinika, 20 ta kasalxona, 8 madaniyat uyi va saroyi, 10 ta kutubxona, yosh tomoshabinlar teatri, tabiat muzeyi, 3 ta bozor, 5 ta stadion, 6 ta suzish havzasi, 57 sport zali, 10 ta tennis majmuasi xizmat koʻrsatadi. Tuman xududida „Oymomo“ madaniyat va istirohat bogʻi, bir necha kichik dam olish maskanlari, „Oʻzekspomarkaz“ xalqaro koʻrgazmalar majmui, „Olimpiya“ mexmonxonasi faoliyat koʻrsatadi. 110 oziqovkat va 51 sanoat mollari dukoni, 196 umumiy ovqatlanish korxonasi, 467 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud.
Qator 287:
Yunusobod tumani – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1936 yilda Kirov tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992 yil may oyidan Yunusobod tumani deb ataladi.
 
Yunusobod nomining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (akad. A. Muhammadjonov) fikricha, joyning nomi juda qad.qadimgi boʻlib, asli „Yunusrabot“ deb atalgan. Bu oʻrinda „rabot“ karvonsaroy maʼnosida qoʻllangan (q. [[Rabot]]). Shim. tomondan shaharga kiruvchilar shu joyda qoʻnib oʻtishgan. Mahalliy ziyolilarning fikricha, joyning nomi sebzorlik tadbirkor Yunushoji Nodirhoji oʻgʻli (19-asr, Yunusobod Oktepasida bogʻrogʻlari boʻlgan) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Tuman shaharning shim. qismida joylashgan. Amir Temur xiyobonidan boshlanib shim. tomonga, Toshkent katta halqa yoʻligacha davom etadi.
 
Maydoni 4,14 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydoni 1,073 ming ga. Aholisi 289,0 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 441 ta. Asosiy magistral koʻchalari: Sharof Rashidov, Amir Temur, Ahmad Donish, Xurshid, Gʻani Mavlonov, Jahon Obidova, Gvardiya polkovnigi Xoʻjayev. 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 3547 korxona va tashkilot boʻlib, kichik va oʻrta biznes subʼyektlarining sanoat ishlab chiqarish dagi ulushi 36,3 %, qurilishda 64,2 %, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 50,9 % ni tashkil etadi. Ular orasida 155 ta qoʻshma korxona faoliyati ishlab chiqarish va aholiga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan.
Qator 376:
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda Oʻzbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida boʻlgani kabi boshqaruvning tarixiymilliy shakli – hokimlik oʻrnatildi. [[1991]]-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti – Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi xamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Toshkent 2000 yillikdan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan oʻralgan qalʼadan jahondagi yirik shaharlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Asrlar davomida shahar oʻzining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni,. yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Kds. oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bogʻistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Koʻhakiy kabi butok allomalar shu hudjda yashab, ijod etganlar.
 
Toshkentning uzoq oʻtmishi va u qad koʻtargan qad.qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi maʼlumotlar yozma manbalarda xilmaxil hamda uzuqyuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qad.qadimgi muqaddas kitobi Aeecmona Sirdaryo havzasidagi mamlakat „Turon“, aholisi esa „tur“lar deb yuritilgan. Bu oʻlkada tur qavmlari urugʻ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi – Qangʻxa (Qangʻa) shahri borligi tilga olinadi.
 
== Sovet davridagi Toshkent ==