El Salvador: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Fixing abbreviations (v0.2)
Qator 19:
 
== Xoʻjaligi ==
S. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.qishloq xoʻjaligi ulushi 15%, sanoatning ulushi 24%, xizmat koʻrsatish sohasi 61%. Aholining aksariyati q.x.daqishloq xoʻjaligida band. Yirik tovar xoʻjaliklari bilan bir qatorda mayda dehqon xoʻjaliklari ham bor. Dehqonlarning koʻpchiligi yersiz. Q.x.ga yarokli yerlarning 50% da dehqonchilik qilinadi. Asosiy eksport ekinlari: kofe (dunyoda 6oʻrin), paxta, shakarqamish; oziq-ovqat ekinlaridan makkajoʻxori, oq joʻxori, loviya, sholi, sabzavot, mevalar; texnika ekinlaridan xeniken, kunjut, indigo, tamaki yetishtiriladi. Chorvachiligi zaif. Qoramol, choʻchqa boqiladi, baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi, balzam olinadi.
 
Sanoati sust rivojlangan. Oz miqdorda oltin va kumush, qoʻrgʻoshin, rux va mis rudalari, ohaktosh, gips qazib olinadi. I.ch. sanoati kofe, qandshakar, sholi oklash, un, yogʻ, vino, toʻquvchilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, oyna korxonalaridan iborat. Neft haydash, metallurgiya, mashinasozlik (avtoyigʻuv), kimyo, sement, sellyuloza zavodlarining ayrimlari chetdan keltirilgan xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar asosida ishlaydi.
Qator 25:
Kimyo, farmatsevtika, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, metallurgiya sanoati rivojlanmoqda. Xalq hunarmandchiligi (qoʻlda qalpoq, savat toʻqish va b.) rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 3,3 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi, asosan, GES larda hosil qilindi. T.y. uzunligi — 562 km, avtomobil yoʻllari — 12,3 ming km. Panamerika katta yoʻli S. orqali oʻtadi. Asosiy dengiz portlari: Akaxutla, LaUnon, LaLibertad. SanSalvador yaqinida Ilaponga xalqaro aeroporti bor. S. chetga kofe, qand xom ashyosi, paxta, kimyoviy mahsulotlar chiqaradi, chetdan mashinauskunalar, keng isteʼmol mollari, yoqilgʻi va moylash materiallari oladi. AQSH, Markaziy Amerika mamlakatlari, GFR, Yaponiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — Salvador koloni.
 
Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiymaʼrifiy muassasalari. Kasalxonalarning koʻpi davlat qaramogʻida. Vrachlar ElSalvador universitetining tibbiyot ftida tayyorlanadi. Umumiy taʼlim maktablari 11 y.lik boʻlib, u 9 y.lik boshlangʻich va 2 y.lik oʻrta maktabdan iborat. Oʻrta maktab oʻquvchilarining yarmi xususiy oʻquv yurtlarida taʼlim oladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilarini normal maktablar, oʻrta maktab oʻqituvchilarini oʻqituvchilar tayyorlash kollejlari va universitetlarning ped. boʻlimlari tayyorlaydi. Industrial va q.x.qishloq xoʻjaligi bilim yurtlari hunartexnika taʼlimi beradi. SanSalvadorda 3 ta universitet, 4 kollej va b. oliy oʻquv yurtlari bor. Ilmiy muassasalari: S. Fanlar akademiyasi, S. tarixi akademiyasi (1925), yadro energiyasi komissiyasi, geotexnika tadqiqotlari markazi va b. Milliy kutubxona (1870), Milliy muzey (1883), hayvonot bogʻi va botanika bogʻi mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: "Venseremos" ("Gʻalaba bizniki", kundalik gaz., 1981 y.dan), "Diario de oy" ("Bugungi gazeta", kundalik gaz., 1936 y.dan), "Unidad obrera" ("Ishchilar birligi", gaz.), "Diario ofisial" ("Rasmiy gaz.", kundalik gaz., 1875 y.dan), "Kultura" ("Madaniyat", har chorakda chiqadigan jur.), "Militante" ("Faol", haftanoma). Milliy axborot agentligi yoʻq. S. radiostyalari uyushmasiga 1965 y.da asos solingan. 64 tijorat radiostyasi bor, telekoʻrsatuvlar 1956 y.dan boshlangan, tijorat asosida ishlaydi.
 
== Adabiyoti ==
Mayyakiche indeyslarining qad.qadimgi yozuvlari hali oʻrganilmagan. S. mustaqillikka erishgandan keyin ispan tilida milliy adabiyot yaratildi. 19-a.asr oʻrtalarida romantik sheʼriyat rivojlana boshladi (M. Alvares Kastro, E. Oyos, I. Ruis Arauxo, milliy madhiya muallifi X. X. Kanyas). Keyinchalik modernizm yoʻnalishidagi shoirlar R. Dario va F. Gavidia sheʼrlari mashhur boʻldi. 20-a.asr boshlarida yaratilgan nasriy asarlarda maishiy turmush aks ettirildi (E. Alvarado, A. Ambroji va b.), bu davr sheʼriyati shaklbozlik va dekadentlik yoʻliga kirib ketdi. S. Salasar Arruening hikoya va romanlarida xalq va avvalo indeyslar hayoti haqqoniy tasvirlandi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin M. A. Espinoning "Odamlar va oʻlim", K. A. Kastroning "Haqiqiy ertaklar", F. Machon Vilanovaning "Qizil toʻlqin" romanlari salmokli asarlardir. R. Dalton Garsia, R. Armixo, M. de Selva va b.ning sheʼriyati ijtimoiy mavzuni rivojlantirdi.
 
Meʼmorligi va sanʼati qadimdan Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua va KostaRika madaniyati bilan mushtarak. Mustamlaka davrida bir qavatli uylar, yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan pastqam cherkovlar qurildi. 1940y.lar oxirida S. shaharlarida zamonaviy binolar (bank, mehmonxona, idoralar) barpo etila boshladi (meʼmorlar A. Sol, Ye de Sola va b.). Tasviriy sanʼati 20-a.danasrdan Yevropa va Meksika sanʼati taʼsirida rivojlana boshladi. S. Salarrue, X. Mexia Vides, N. Kankura, R. Elas Reyes, X. Dias, K. A. Kanyas kabi rassomlar, V. Estrada, N. Noches Avendano, X. Agilar Gusman kabi haykaltaroshlar mashhur. Xalq sanʼati turlaridan keramika, toshbaqa kosasi va poyadan bezak ashyolar, idishlar yasash rivoj topgan.
 
Ommaviy sanʼat turlaridan bayles yoki sereytes ashula va raqslarXrivojlangan. Xalq musiqa asboblari — gitara, marimba (ksilofonning bir turi), fleyta, zarbli asboblardan uyeuyetl, testonaaustle va b. 1980 y.da suratga olingan "Salvador — xalq gʻalaba qozonadi!" hujjatli filmi milliy kino sanʼati yuzaga kelganidan darak berdi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>