Markaziy Afrika Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Fixing abbreviations (v0.2)
Qator 3:
 
==Davlat tuzumi==
MAP — respublika. Amaddagi konstitutsiyasi 1994 yil 28 dek.dadekabrda umumxalq referendumida maʼqullangan va 1995 yil 7 yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Milliy majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Vazirlar Kengashini boshqaruvchi bosh vazirni prezident tayinlaydi.
 
==Tabiati==
Mamlakat hududining katta qismini Azande qiri (balandligi 600–900 m) egallagan. Qirda keng vodiylar va balandligi 1300–1400 m li gumbazsimon togʻlar koʻp. Olmos, uran rudasi, lignit, temirli kvarsit konlari bor. Iklimi ekvatorial mussonli iqlim; issiq, yozi seryomgʻir. Eng issyak, oyi (mart)ning oʻrtacha temperaturasi 26—ZG, eng salq-in oyi (shim.dashimolida dek.dekabr yoki yanvar, jan.dajanubida iyul yoki avg .avgust)niki 21—25°. Yillik yogʻin shim.danshimolidan jan.ga tomon 1000–1200 mm dan 1600–1800 mm gacha ortib boradi. Mamlakat jan. chegaralari boʻylab MARning asosiy daryosi — Ubangi (Kongo daryosining oʻng irmogi), shim. qismidan Chad koʻliga quyiluvchi Shari daryosi irmoqlari oqib oʻtadi. Daryolar toʻlib oqqan davrda kema qatnaydi.
 
Oʻsimliklar qoplami, asosan, savanna, ayrim joylari esa yilning quruq faslida bargini toʻkuvchi siyrak daraxtli tropik oʻrmonlardan iborat. Mamlakatning jan. qismida daryo sohillari boʻylab doim yashil oʻrmonlar, eng chekka jan.dagijanubidagi qizilsariq laterit tuproqlarda sernam ekvatorial oʻrmonlar oʻsadi. Hayvonot dunyosi boy va xilmaxil. Yirik hayvonlardan fil, karkidon, buyvol, kiyik, jirafa, yirtqichlardan arslon, qoplon, qashqir, sirtlon yashaydi. Oʻrmonlarda maymun koʻp. Daryolarda timsoh uchraydi. Har xil qushlar, ilonlar, kalta-kesaklar, hasharotlar, jan.dajanubida setse pashshasi bor. Andre-Feliks, Bamingi-Bangoran, Sen-Floris milliy boglari barpo etilgan.
 
Aholisining aksari qismini sango tili shevalarida soʻzlashuvchi banda, gbayya, ngbandi, zande xalqlari tashkil etadi. Mamlakat jan.dajanubida bantu tili oilasiga mansub xalqlar (azande, ngiri, maka va boshqalar) yashaydi. Pigmey kabilalari, shim.dashimolida Sudan arablari ham bor. Rasmiy tili — fransuz tili. Aholining aksariyati mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, xri-stianlar, musulmonlar ham bor. Aholining 47% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bangi, Berberati, Bosan-goa, Bambari.
 
==Tarixi==
MARning eng qad.qadimgi tarixi yetarlicha oʻrganilmagan. Bir vaqtlar bu yerda pigmeylar yashaganligi haqida rivoyatlar bor, keyinroq boshqa negroid qabilalar ham paydo boʻlgan. 19-asrda hozirgi MAP hududining shim.-gʻarbiy qismi Bagirma va Vadai davlatlari, 90-yillarda esa Rabbax davlati tarkibiga kirgan. 1900 yilga kelib Fransiyaning Ubangi-ShariChad mustamlakasi tarkibiga, keyinroq boshqa fransuz mustamlakalari bilan Fransiya Ekvatorial Afrikasi tarkibiga kiritilgan. 1914 yilda Ubangi-Shari (hozirgi MAP) Chaddan ajratildi. 1958 yil Ubangi-Shari Fransiya Hamjamiyati tarkibidagi muxtor respublika deb eʼlon qilindi va MAP deb atala boshladi. 1960 yil 13 avg .dan mustaqil davlat. MARda 1966 yil harbiy toʻntarish sodir boʻlib, polkovnik J. Bokassa prezident lavozimini egalladi. 1976 yilda MAP konsti-tutsiyali monarxiyaga aylantirildi va Markaziy Afrika imperiyasi nomini oldi. Bokassa I imperator boʻldi. 1979 yil yana bir toʻntarish natijasida imperator agʻdarib tashlandi, mamlakat yana respublika deb eʼlon kdlindi. 1981 yil MARda navbatdagi harbiy toʻntarish roʻy berdi. Hokimiyat Milliy tiklanish harbiy qoʻmitasi qoʻliga oʻtdi. Kon-stitutsiyaning amal qilishi toʻxtatildi. 1993 yil 22 avg .avgust va 19 sentabrda boʻlib oʻtgan umumiy saylovda Markaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat parti-yasining rahbari Anj-Feliks Patasse 6 yil muddatga prezident etib saylandi. Yangi konstitutsiya qabul etildi, fuqaro hukumati faoliyat koʻrsata boshladi. MAP 1960 yil sentabrdan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 dek.dekabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1958).
 
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Markaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat partiyasi, 1979 yilda tuzilgan; Markaziy Afrika demokratik uyushmasi partiyasi, 1987 yilda tashkil etilgan; Demokratiya va tarak,qiyot uchun ittifoq partiyasi, 1991 yilda asos solingan; Demokratiya va rivojlanish uchun harakat partiyasi, 1993 yilda barpo etilgan; Markaziy Afrika Res-publikasi ozodligi uchun harakat partiyasi. Markaziy Afrika mehnatkashlari kasaba uyushmasi 1981 yilda tuzilgan.
Qator 38:
 
===Meʼmorligi, tasviriy sanʼati, musiqasi===
MAP hududida qad.qadimgi masjidlar va arabcha uslubdagi uylar saqlanib qolgan. Odatda, xalqning turar joylari — doirasimon yoki toʻrtburchak shaklida guvaladan va sinchli qilib, tomi juda tik nishabli tarzda qurilgan. 19-asrdan yevropacha imoratlar kurila boshladi. Keyingi vaqtda Bangi, Berberati, Bangasu va boshqa shaharlarda zamonaviy meʼmorlik usullarida koʻp qavatli maʼmuriy binolar va turar joylar qurildi.
 
Amaliy va tasviriy sanʼat turlaridan yogʻoch oʻymakorligi, toʻquvchilik, kulollik, metall va fil suyagidan uzuk, marjon shodalari, bilaguzuklar yasash rivojlangan. Palma yaproklari, poxol va oʻtdan savat, bordon, qalpoq, sumkalar toʻqiladi. Buyvol va timsoh terisidan xaltacha, kartmon, kitob muqovalari yasaladi. Hunarmandlar maktabi tashkil topgan.