Televideniye: Versiyalar orasidagi farq

Fixing abbreviations (v0.3)
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
(Fixing abbreviations (v0.3))
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Televideniye''' (tele... — va rus. videniye — koʻrish) — fan, texnika va madaniyatning koʻrinadigan axborotlar (harakatlanuvchi tasvirlar)ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan bogʻliq sohasi; axborotlarni tarqatish vositalaridan biri. Insoniyat oʻzi yashab turgan joydan uzokdagi narsalar va voqealarni koʻrish istagi bilan hamisha band boʻlib kelgan. Bu istak koʻp halqlarning afsona va ertaklarida oʻz aksini topgan. Mas., Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida bu istakni badiiy shaklda aks ettirgan (xitoylik Farhod arman qizi Shirinning jamolini koʻzguda koʻrib oshiq boʻlib qoladi). Xalqlarning bu istagi, asosan, elektronika "sehrli koʻzgu" ("oynai jahon") ga aylangan 20a.20-asr da roʻyobga chiqdi. T. tasvir elementlarini ketma-ket uzatish (19-a.asr oxirida portugal olimi A. di Payva va undan mustaqil ravishda rus olimi P. I. Baxmetov tomonidan ilgari surilgan) tamoyiliga asoslangan. 20-a.asr 30y.lariga qadar tasvirlarni analiz va sintez qilishda optikmexanik qurilmalardan foydalanilgan (ularni ishlab chikishni nemis muhandisi P. G. Nipkov 1884 y. boshlab bergan). 30y.lar oʻrtalaridan boshlab dastlabki elektron T. tizimi paydo boʻldi. Inson koʻzi uzatilgan televizion tasvirlarni kabul qiluvchi oxirgi boʻgʻim hisoblangani uchun televizion tizimlar koʻzning koʻrish jarayonlarini hisobga olib qurilgan, yaʼni T. koʻz xususiyatlariga asoslangan. Bunda kolbachalar va tayoqchalar oʻrnida fotoelementlar ishlatilgan. Agar obʼyektiv orqali biror obʼyektning tasviri fotoelementlardan tashkil topgan panelga tushirilsa, tasvirning alohida elementlaridan kelayotgan yorugʻlik intensivligiga monand elektr signallari olinadi.
 
T. taraqqiyotida ichki fotoeffektni ochgan (1873) U. Smit (AQSH) ning , tashki fotoeffektning asosiy qonuniyatlarini belgilab bergan (1888)A. G. Stoletovnij, radioalokani ixtiro qilgan (1895) A. S. Yaoiovning , "katod teleskop" tizimini ishlab chiqqan (1907) va shu tizim boʻyicha lab. sharoitida birinchi marta elektron televizion uzatishni amalga oshirgan (1911) B. L. Rozingning xizmatlari katta. 1928 yilda oʻzbekistonlik ixtirochilar B. P. Grabovskiy va I. F. Belyanskiylar elektronnur yordamida xarakatdagi tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul qiladigan "radiotelefot"ni yaratdilar. T. elektron tizimlari amalda 1920—40 yillarda ishlab chiqarilgan asboblardan foydalanishga asoslangan. BungaB. K. Zvorikin va F. Farnsuort (AQSH), K. Svintov (Buyuk Britaniya), A. A. Chernishev, S. I. Katayev, A. P. Konstantinov, B. L. Rozing , P. V. Timofeyev, P. V. Shmakov (SSSR) va boshqa olimlar katta hissa qoʻshishgan.
T. tizimlar quyidagi asosiy belgilari boʻyicha tasniflanadi: sifat belgisi boʻyicha — oqqora (monoxromli), rangli, stereomonoxromli va stereorangli; signallarni qanday shaklga keltirishi (videoinformatsiya) boʻyicha — analog va diskretli (raqamli); aloqa kanali spektrining chastotasi boʻyicha — keng polosali va tor polosali.
 
T. inson turmushida muhim oʻrinni egalladi; televizion eshittirish sifatida keng tarqaldi. Televizion apparaturalar fan, tibbiyot, xalq xoʻjaligining turli tarmoklarida turli masalalarni hal qilishda keng ishlatiladi. Tasvirni uzoq masofaga olib koʻrsatish tajribalari 20-a.asr 30y.larida boshlandi. SSSR da 1931 i. 1 okt.dan qoʻzgʻalmas tasvirlarning kam qatorli televizion koʻrsatuvlari muntazam olib borildi. Harakatlanuvchi tasvirlarning birinchi koʻrsatuvlari 1932 y. amalga oshirildi, 1934 y. ovozli T. paydo boʻldi. 30y.larning oxirida kam qatorli mexanik T.dan elektron T.ga oʻtilishi T. taraqqiyotida yangi bosqich boʻldi. 1962 yilda SSSR da kosmik T. yaratildi. Yaqin kosmosga televizion xizmatni talab etadigan yer sunʼiy yoʻldoshlari va orbital styalar uchirildi. T. Oyning Yerdan koʻrinmaydigan tomonini oʻrganishga imkon yaratdi, Oy, Merkuriy, Venera, Mars va Yupiter sayyoralarining fototelevizion suratlari olindi va boshqa
 
Elektron T. koʻrsatuvlari tajriba tarikasida 1938 y. Moskva va Leningradda namoyish qilindi. 1939 yildan esa muntazam koʻrsatuvlar boshlandi. Muntazam telekoʻrsatuvlar Buyuk Britaniya va Germaniyada 1936 y., AQSH da 1941 y., Yevropa mamlakatlarida 20-a.asr 50yillarida, rivojlanayotgan mamlakatlarida 60y.larda boshlandi. Hozirgi dunyoda T. kjsak darajada rivoj topdi va insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylandi. Barcha rivojlangan mamlakatlar oʻz T.siga ega, AQSH va 3 ta umummilliy teletarmoq — "EyBiSi", "SiBiEs" va "EnBiSi" faoliyat koʻrsatmoqda. Angliyada "BiBiSi", Fransiyada TF, Rossiyada 1kanal, RTR, NTV, TNT va boshqa telestudiyalar mavjud.
 
Toshkent telemarkazining tajriba sinov koʻrsatuvlari 1956 y. 5 noyabrdan boshlandi. 1957 yilda Oʻzbekiston Radioeshittirish va Televideniye qoʻmitasi tashkil etiddi, qoʻmita 1992 y. 7 yanvarda Oʻzbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga, Oʻzbekiston Prezidentining 1996 y. 7 maydagi farmoni bilan esa Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi ("Oʻzteleradio") ga aylantirildi. "Oʻzteleradio" ommaviy axborot vositalarining muassasasi, tahririyati, tarqatuvchisi va noshiri huquklariga ega boʻldi. "Uzteleradio"ning Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda hududiy (mintaqaviy) boʻlimlari mavjud. Oʻz TV da 4 ta kanal bor. Ularda har kuni 52 soat ("Uzbekistan" — 18 soat, "Yoshlar" — 16 soat, "Toshkent" — 7 soat, "Sport" — 11 soat) koʻrsatuv efirga uzatiladi. Viloyatlar telekoʻrsatuvlari bir kechakunduzda 15,5 soatni tashkil etadi (2004).
56

ta tahrir