Mavrikiy: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq |
|||
Qator 1:
{{Mavritsiya_info}}
{{Maʼnolari|Mavrikiy (maʼnolari)}}
'''Mavrikiy''' (Mauritius), Mavrikiy Respublikasi (Republic of Mauritius) — Hind okeanining gʻarbiy qismida, Madagaskar o.dan sharkda joylashgan davlat. Mavrikiy o., Rodriges o., Kargadoskaraxos va Agalega o.lari, Chagos arxipelagini oʻz ichiga oladi (1982 yilda
== Davlat tuzumi ==
== Tabiati ==
Aholisi
Axolisi, asosan, hind-mavrikiylar (69%), kreollar (27%) va h. k. Rasmiy til — ingliz tili; fransuz va kreol tili ham keng tarqalgan. Aholining 50% ga yaqini hindu, 33% xristian, 16% islom diniga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 41%. Yirik shaharlari — Port-Lui, BoBassen-Roz-Xill, Vakoa-Feniks.▼
▲
Tarixi. Mavrikiy o. arab sayyohlarining esdaliklarida Dina Arobi (Kumush o.) nomi bilan tilga olinadi (10-asr). Orolda odam yashamagan. 16-asr boshlarida dastlab portugallar kelib oʻrnashdi. 1958 yil orolni gollandlar egalladi va shahzoda Morits (Oranlik) sharafiga Mavrikiy deb atadi. Gollandiya hukmronligi davrida orolga Sharqiy Afrikadan qullar keltirildi. 1715 yildan orol Fransiya, 1810 yildan Angliya hukmronligida boʻldi. 1814 yildan esa rasman Angliya mustamlakasiga aylandi. M. aholisi koʻp yillar davomida mustamlaka tuzumiga qarshi tinmay kurash olib bordi. 1935 yil M.da kasaba uyushmalari yuzaga keldi, 1936 yil dastlabki siyosiy partiya — oʻrta va mayda burjuaziyaga tayanuvchi Leyboristlar partiyasi tashkil topdi. 2-jahon urushi (1939—45)dan soʻng mustamlakachilikka qarshi kurash yanada kuchaydi. Natijada Buyuk Britaniya maʼmuriyati bir oz yon berishga majbur boʻldi. Qonun chiqaruvchi kengashning huquqi kengaytirildi, umumiy saylov huquqi joriy etildi. 1968 yil 12 martda Hamdoʻstlik doirasidagi mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Ammo hali Oliy hokimiyatni Buyuk Britaniya qirolichasi tayinlaydigan general-gubernator idora qilar edi. Nihoyat, 1992 yil 12 martda mamlakat respublika deb eʼlon etilib, M. Respublikasi nomini oldi. M. — 1968 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 mart — Mustaqillik kuni (1968) va Respublika kuni (1992).▼
== Tarixi ==
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. M. leyboristlar partiyasi, 1936 yilda tuzilgan; M. sotsialdemokratik partiyasi, 1955 yilda asos solingan; Jangovar sotsialistik harakat, 1983 yil tuzilgan; M. jangovar harakati, 1969 yilda tuzilgan; Rodriges xalq, tashkiloti, 1982 yilda asos solingan. Ishchilar umumiy Federatsiyam, 53 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi, 1971 yil tashkil etilgan; M. mehnat kongressi, 1963 yilda tuzilgan.▼
▲
== Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Xoʻjaligi. M. — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligi hamda baliqchilikning ulushi 10,4%, sanoat, asosan, qayta ishlash tarmoqlarining ulushi 23%. Hududining 56% ekinzor va bogʻlardan iborat. Asosiy qishloq xoʻjaligi oʻsimligi shakarqamish boʻlib, u ekinzorlarning 94%ni egallaydi. Choy, tamaki, banan, aloe, sholi, makkajoʻxori, kartoshka, sabzavot, hoʻl meva ham yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol va echki boqiladi. Parrandachilik mavjud. Baliq ovlanadi. Sanoatida shakarqamishni qayta ishlaydigan korxonalar ustun. Shveysariya soat zavodlari uchun sunʼiy yoqut ishlash, tranzistorlar uchun detallar, koʻzoynak gardishlari ishlab chiqarish, zargarlik toshlariga sayqal berish yoʻlga qoʻyilgan. Choy va tamaki bargini, sabzavot va hoʻl meva, agavani, mol terisini kayta ishlaydigan f-kalar, kemasozlik, yengil sanoat tarmoqlari, maʼdanli oʻgʻit va neft mahsulotlari korxonalari mavjud. Yiliga 390 mln. kVt/soat ga yaqin elektr energiya hosil qilinadi. Sayyohlik rivojlangan. M.da avtomobil yoʻllari uz. —2 ming km. Yirik dengiz porti — Port-Lui. Plezans shahrida xalqaro aeroport bor. M. chetga qand-shakar, choy, teri mahsulotlari va poyabzal, toʻqimachilik yarim mahsulotlari chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat va neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, sanoat mollari keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH, JAR, Germaniya, Yaponiya, Xitoy. Pul birligi — Mavrikiy rupiyasi.▼
▲
== Iqtisodiyoti ==
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. M. dagi boshlangʻich va oʻrta maktablarda oʻqish bepul va majburiy. Davlat va xususiy oʻquv yurtlari ham bor. Maorifi ingliz tizimi taʼsirida tarkib topgan: boshlangʻich maktab 6 yil, oʻrta maktab 7 yil Kasb-hunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizida 1 yildan 3 yilgacha davom etadi. 5 yillik toʻliqsiz maktab negizida texnika kolleji ishlaydi. Port-Lui shahrida M. unti (1965), Moko shahrida M. Gandi nomidagi institut, qand-shakar sanoati uchun mutaxassislar tayyorlovchi regional markaz mavjud. Port-Lui shahrida institut (1980), Redyui shahrida Qand-shakar sanoati tadqiqot instituti ishlaydi. M.da unt, shahar kutubxonasi, M. instituti, Britaniya kengashi, Qand-shakar sanoati tadqiqot instituti kutubxonalari bor. Port-Lui shahrida muzey (1885), M. gerbariysi (1960), Maebur shahrida Tarix muzeyi mavjud.▼
▲
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da nashr etiladigan asosiy gaz.lar: "Soushelist" ("Sotsialist", kundalik gaz., 1983 yildan), "Chayna Tayms" ("Xitoy vaqti", xitoy tilidagi kundalik gaz., 1959 yildan), "Ekspress" (ingliz va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1963 yildan), "Uikend" ("Hafta oxiri", fransuz va ingliz tillarida chiqadigan haftalik gaz., 1966 yildan), "Nuvo militan" ("Yangi jangchi", ingliz va fransuz tillarida chiqadigan haftalik gaz., 1979 yildan), "Mirror" ("Koʻzgu", xitoy, ingliz va fransuz tillarida chiqadigan yakshanbalik gaz.). M. radioeshittirish korporatsiyasi 1964 yilda tuzilgan. Televideniye xizmatiga 1965 yilda asos solingan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>▼
▲
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
▲
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{Afrika mamlakatlari}}
|