Boliviya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Fixing abbreviations (v0.3)
Qator 14:
B. aholisining 2/3 qismi kechua va aymara nomli indeys xalqlari; qolganlari ispan tilida gaplashadigan boliviyaliklar, aksari duragaylar, kisman ispanlardan tarqalgan kreollardir. B.ning sharqidagi tropik oʻrmonlarda turli qabilalarga mansub indeyslar yashaydi. Rasmiy tillari — ispan, kechua va aymara tillari. Aholisining yarmisi kechua, aymara, guarani tillarida gaplashadi. Shahar aholisi 58%. Dindorlar — asosan katoliklar. Eng yirik shaharlari: LaPas, Kochabamba, SantaKrus, Oruro, Sukre.
 
Tarixi. B. hududida qadimdan ibtidoiy jamoa tuzumi bosqichidagi indeys qabilalari yashab kelgan. 14-asr boshlarida B. hududi Ink davlati tarkibiga kirgan. 1532—38 yil larga kelib, ispanlar zabt etdi va mahalliy xalqdan bir necha oʻn ming kishi qirib tashlandi. B. 300 yil mobaynida Ispaniya imperiyasi tarkibida boʻlib (1542 yildan B. hududi Peru, 1776 yildan LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kirgan), Yuqori Peru deb atalgan. 1809—25 yillar mobaynida ispanlar istibdodiga qarshi milliy ozodlik urushlari boʻlib turdi. 1824 yil 9 dek.da Simon Bolivarning safdoshi general Sukre ispan qoʻshinlarini tormor keltirdi. 1825 yil 8 avg .da Yuqori Peru mustaqil deb eʼlon qilindi va Bolivar sharafiga B. deb ataddi. Bolivar mamlakat prezidenta qilib saylandi, lekin u mamlakatni idora qilishni Sukrega topshirdi. 1836—39 yil larda B. Peru bilan yagona konfederatsiya tashkil etdi. 1879—83 ylarda B. bilan Peruning Chiliga karshi, 1932—35 yillarda Paragvayga qarshi urushida B. oʻzining qalay va selitraga boy dastlabki hududining 2/3 qismini yoʻqotdi. 1-Birinchi jahon urushida B. betaraflik siyosatini tutgan boʻlsada, mamlakat iqtisodiy resurslari Antanta davlatlari manfaatiga xizmat qildi. 1943 yil apr.da B. Germaniya, Italiya va Yaponiyaga urush eʼlon qildi, ammo urush harakatlarida qatnashgani yoʻq. 1952 yilda B.da harbiy diktatura rejimiga qarshi qoʻzgʻolonda "Milliy inqilobiy harakat" partiyasi armiyani tormor keltirdi. Qalay sanoati davlat ixtiyoriga olindi va agrar islohotlar oʻtkazila boshladi. 1964 yil 4 noyab.da B. reaksionerlari mamlakatda harbiyfashistik diktatura oʻrnatdi. Agrar islohotlar toʻxtatildi, korxonalar amerikaliklarga qaytarib berila boshladi. 1967 yilda mamlakatning koʻpgina joylarida partizanlar harakati boshlandi. Yirik kasaba uyushmasi — B. ishchilar markazi demokratik tuzumni qayta tiklash, mehnatkashlarning turmushini yaxshilash va qishloq xoʻjaligi da islohotlar oʻtkazish uchun kurashdi. 1970 yil 4 okt.da vatanparvar kuchlar rahbari general Xuan Xose Torres prezidentlik lavozimini egallab, mustaqil tashqi siyosat yurita boshladi. Biroq 1974 yilda hokimiyatni qoʻlga olgan harbiy hukumat demokratik kuchlarni taʼqib qilish yoʻlini tutdi. 80- yil larda mamlakatning ichki siyosiy ahvoli beqaror boʻlib turdi. 1985 yilgi saylovdan keyin B. prezidentlik boshqaruviga oʻtdi. 1997 yil 2 avg .da B. Milliy kongressi tomonidan saylangan prezident Ugo Banser Suares hukumati mamlakatni mustaqil idora qila boshladi. 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6 avg . — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1825).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Fuqarolar "Birdamlik" ittifoqi, partiya, 1989 yilda tashkil etilgan; Soʻl millatparvar inqilobiy partiya, 1964 yilda tuzilgan; Soʻl millatparvar inqilobiy harakat, 1979 yilda rasmiylashgan; B. Kommunistik partiyasi, 1950 yilda tuzilgan; Soʻl inqilobiy harakat, 1971 yilda asos solingan; Millatparvar demokratik harakat, 1979 yilda tuzilgan; Millatparvar inqilobiy harakat, 1942 yilda asos solingan; Sotsialistik partiya1, 1971 yilda asos solingan; Tupak Katari nomidagi ozodlik uchun inqilobiy harakat, 1978 yil tashkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1954 yil asos solingan. B. ishchilar markazi kasaba uyushmasi, 1952 yilda tuzilgan.