Islandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Fixing abbreviations (v0.3)
Qator 13:
Islandiya hududiga taxminan 870 yildan odamlar koʻchib kelib, kimsasiz orolni oʻzlashtira boshlaganlar. Ularning koʻpchiligi norveglar boʻlgan. Skandinaviyaning boshqa mamlakatlari, jumladan, [[Shvetsiya|Shvetsiyadan]] kelganlar ham bor edi. Ular mamlakatni Island — Muzlar mamlakati deb atadilar. 11-asr oxiriga kelib bu yerdagi qishloq xoʻjaligi xonadonlari 4,5 mingga yetdi. Yaylov chorvachiligi, dengiz ovi aholining asosiy mashgʻuloti edi. Dengiz sayyohligi rivojlanib, 10-asrning 80-yillarida islandlar Grenlan-diyani kashf qildilar va taxminan 1000 yilda Shim. Amerikaga yetib bordilar. Islandiyaga koʻchib kelgan kishilar tomonidan tuzilgan Xalq majlisi — alting 930 yilda oʻzining birinchi yigʻilishini oʻtkazdi. Orolning tashqi dunyodan ajralganligi, xoʻjalik turmushining oʻziga xos xususiyatlari tufayli bu yerdagi urugʻchilik munosabatlari uzoq vaqtgacha saklanib qoldi. 13-asrgacha si-yosiy hokimiyat xalqdan butunlay ajralmagan edi, oddiy erkin kishilar — bondlar asosiy ijtimoiy qatlam boʻlgan. Islandiya tarixining shu davri adabiyotda "Xalq hokimiyati davri" deb yuri-tiladi. Oʻrta asrlarga kelib yakka qishloq xoʻjaligi xonadoni asosiy xoʻjalik va boshlangʻ-ich jamoat yacheykasiga aylandi. Ammo 1262—64 yillarda Islandiyaning asilzodalari oʻrtasidagi ichki nizolardan foydalangan Norvegiya davlati uni oʻziga boʻy-sundirib oldi, 1380 yildan esa u ([[Norvegiya]] ham) [[Daniya]] bilan uniya (ittifoq) da boʻlgan. 1397 yildan Kalmar ittifoqi tarkibida. 1537 yildan yana Daniya qara-mogʻida.
 
19-asr 2-yarmidan island millatining tashkil topishi natijasida mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1874—1903 yillari Islandiya baʼzi muxtor huquklarga ega boʻldi. [[Birinchi jahon urushi|1-Birinchi jahon urushi]] davrida Islandiyaning Daniyaga qaramligi zaiflashdi. Islandiyaning AQSH va Buyuk Britaniya bilan iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlari kuchaydi. Ozodlik kurashi avj olgach, Daniya Islandiyani Daniya-I. uniyasi bilan cheklangan mustaqil davlat deb tan oldi (1918). Islandiyaning doimiy betarafligi eʼlon qilindi. 1944 yil maydagi referendum natijasida Islandiya xalqi Daniya bilan uniyani bekor qildi va shu yil 17 iyunda Islandiya Respublika deb eʼlon qilindi.
 
Islandiya — 1946 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1997 yil 25 sentabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17 iyun — Mustaqillik kuni (1944).