Berlin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Fixing abbreviations (v0.3)
Qator 40:
Berlin poytaxt boʻlgach, aholisining soni chetdan koʻchib kelganlar hisobiga tez oʻsdi, shahar chegarasi ham kengaydi. Berlin aholisi soni quyidagicha oʻzgarib bordi: 1939 yilda 4,3 mln., 1945 yilda 2,8 mln., 1995 yilda 3,4 mln.
 
Berlin haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumot 1244 i.ga tegishli. U ikki aholi punktining birlashuvidan tashkil topgan. 1486 yildan Brandenburg gersogligi poytaxti bulgan. 17-asrda Fransiya va Bohemiyadan kelgan qrchoklar hisobiga uning aholisn tez oʻsdi. 19-asr esa Berlinning iqtisodiy rivojida muhim davr hisoblanadi. Ayni shu vaqtda (1871) u kayzer imperiyasining poytaxti va Yevropaning yirik markazlaridan biri sifatida shakllandi. Sanoat boʻyicha esa Yevropada unga teng shahar yoʻq edn. Shaharda bir qancha xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkazilgan. 1945 yilgacha Berlin Olmoniyaning eng yirik fan. madaniyat va siyosiy markazi. 1933—45 yillarda Berlin gitlerchilar "uchinchi reyxi"ning poytaxti. Berlin 2-Ikkinchi jahon urushi yakunida sovet qoʻshinlari tomooʻidan oʻrab olinib, qattiq bombardimon qilindi va toʻplardan oʻqqa tutilgach. 1945 yil 2 mayda toʻliq egallandi. Urushdan keyin ittifoqchilar Berlinni 4 okkupatsiya sektoriga: Sovet, AQSH, Angliya va Fransiya sektorlariga boʻlishdi. Keyinchalik ittifoqchilar oʻrtasidagi yuz bergan kelishmovchiliklar sababli Olmoniya kabi Berlin ham 2 qismga — Sharqiy va Gʻarbiy Berlinga boʻlindi va GDR aholisini ommaviy ravishda Gʻarbga oʻtishini toʻxtatish maqsadida 1961 yilda "Berlin devori" (Sharqiy Olmoniya va Gʻarbiy Berlin oʻrtasida umumiy uz. 162 km, jumladan shahar doirasida 45 km boʻlgan toʻsiq ikshootlar tizimi) qurildi. 70- yillar boshida vaziyat bir muncha yumshadi. 1989 yil 9 noyabrdagi siyosiy uzgarishlar tufayli Berlin devori olib tashlandi (q. Berlin devorining suyaatilishi), soʻngra GFR (Gʻarbiy Olmoniya) va GDR (Sharqiy Olmoniya) qoʻshilishi haqida maxsus shartnoma imzolandi va u 1990 yil 3 okt. dan kuchga kirdi va birlashgan Olmoniyaning federal poytaxti statuyey Bonn shahridan Berlinga oʻtdi.
 
Berlinning siyosiy mavqei oshishi bilan uning iqtisodi ham tez rivojlandi. Kimyofarmatsevtika, poligrafiya, optika, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashinasozlik (elektrotexnika, elektr priborlari ishlab chiqarish, umumiy va transport mashinasozligi) sanoati korxonalari mavjud.