Niger: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Fixing abbreviations (v0.3)
Qator 14:
Niger hududida qadimdan aholi yashab kelgan. Air togʻligi, Tener choʻli, Agades shahridagi arxeologik qazishmalarda neolit davriga mansub ashyolar topilgan. Qad. odamlar yovvoyi mevalarni terib kun kechirganlar, ovchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Milodiy 1-asrda Saxroi Kabirning jan.ga rimliklar kirib kelgan. Arab va barbar savdogarlari kelishi bilan islom dini tarqalgan. 7—19-asrlarda N.ning ayrim qismlari oʻrta asr Gʻarbiy Sudan davlatlari — Songay va Kanem tarkibida boʻlgan. 18-asr urtalarida Niger daryosining sohillari tuareglar qul ostiga utgan. 19-asrda N. hududida yevropaliklarning bir necha ekspeditsiyasi boʻlgan. 1898 yildan fransuzlar N.ni mustamlaka qilishga kirishdilar. 1901 yil N. Fransiya Gʻarbiy Afrikasi (FGʻA)ga kiruvchi Yuqori Senegal tarkibiga qoʻshib olindi. 1922 yildan N. FGʻAning alohida maʼmuriy birligi qilib ajratildi. Mustamlakachilar majburiy mehnattartibotini joriy qidsilar. N. xalqi mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolonlar koʻtardi (1905,1906—14, 1914— 17). Mustamlakachilarga qarshi kurash 1-va [[Ikkinchi jahon urushi|2-jahon urushlari]] oʻrtasidagi davrda ham davom etdi.
 
2-Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati boshlandi. 1946 yil Niger taraqqiyparvar partiyasi (NTP) tuzildi. 1947 yil Fransiyaning "dengiz orti hududi" maqomini oldi. 1951 yil NTPning soʻl qanoti Jibo Bakari rahbarligida partiyadan ajralib chiqib, N. demokratik ittifoqini tuzdi. Uning nomi 1958 yil Savaba (Ozodlik) deb oʻzgartirildi. 1957 yil J. Bakari N. huku-mat kengashining bosh vaziri etib saylandi. 1958 yil 28 sentabrda Fransiyaning yangi konstitutsiyasi loyihasi haqidagi referendumda Savaba N.ga mustaqillik berilishini talab qildi. 1958 yil 18 dek.da N. Fransiya Hamjamiyati tarkibida oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublika deb eʼlon qilindi. 1959 yilda N. Res-publikasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. 1960 yil 3 avg .da N. mustaqil respublika deb eʼlon qilin-di va u Hamjamiyatdan chikdi. 1960 yil noyabrda Milliy majlis yangi konsti-tutsiyani kabul kildi va NTP rahbari A. Diorini respublikaning birinchi prezidenti etib sayladi. N.da bir partiyali tizim karor topdi. Barcha ja-moat tashkilotlari NTP nazorati ostiga oʻtdi. 1961 yilda Fransiya bilan siyosiy, iqtisodiy va harbiy hamkorlik haqida bitim imzolandi. Fransiya N.ning tashqi savdosi, moliyasi, mudofaasi, maorif tizimi ustidan nazoratni saqlab qoldi. Ijtimoiy-iqti-sodiy soxalarda xalqning ahvoli yaxshilanmadi, ommaning noroziligi kuchaydi. 1974 yil 15 aprelda, 1996 yil 27 yanvarda sodir boʻlgan harbiy toʻntarishlar ham aholining ahvolini yaxshilashga olib kelmadi. Nihoyat, 1999 yil 9 apr.dagi harbiy toʻntarish natijasida mamlakat prezidenti Ibrohim Barre Maynassar oʻddirildi, Milliy majlis va hukumat tarqatib yuboriddi, 1966 yil konstitutsi-yaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyildi. 1999 yil 11 apr.da tasdiklangan Milliy yarash kengashi mayor Dovud Malam Van-keni davlat va hukumat boshligʻi etib tayinladi. 1999 yil 18 iyuldagi referendumda yangi konstitutsiya maʼqullandi. 1999 yil 24 noyabrdagi saylovda Mamadu Tanja prezident etib saylandi.
 
Niger — 1960 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 18 dekabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1958).