Mavritaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Fixing abbreviations (v0.3)
Qator 18:
15-asrdan M.ga portugallar, ispanlar, gollandlar, inglizlar, fransuzlar kelib, qul, oltin, sirach olib keta boshladi. 1783 yilgi Versal sulhiga koʻra, M. sohillari tamoman Fransiyaga tobe boʻlib qoldi. 1903 yilda Fransiya M.ni oʻz protektoratiga aylantirdi. 1920 yil mamlakat rasmiy ravishda Fransiya mustamlakasi deb eʼlon kdlindi. M. xalqi mustamlakachilarga karshi muntazam kurashib keldi.
 
2-Ikkinchi jahon urushidan keyin M.da ozodlik harakati kuchaydi. 1946 yildan M. Fransiyaning "dengiz ortidagi hududi". 1958 yildan Fransiya hamjamiyati tarkibida oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublika. 1960 yil 28 noyabr da Nuakshotda mustaqil M. Islom Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. 1961 yil mayda M. konstitutsiyasi qabul qilindi. 1991 yildan mamlakatda koʻp partiyali tizimga oʻtiddi. M. tashqi siyosatda bloklarga qoʻshilmaslik, barcha mamlakatlar bilan hamkorlik tamoyiliga sodiq. M. 1961 i. noyabrdan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 28 noyabr — Mustaqillik kuni (1960).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Respublikachilar sotsialdemokratik partiyasi, 1991 yilda tuzilgan; Demokratiya va birlik yoʻlidagi birlashma, 1991 yilda tashkil topgan; M. uygʻonish partiyasi, 1991 yilda asos solingan. M. mehnatkashlari ittifoqi — birlashgan umummilliy kasaba markazi, 1961 yilda tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.