Chernogoriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 7:
 
== Tarixi ==
Ch. xududiga qadimda illiriylar kelib joylashgan. Miloddan avvalgi 1asrda Rim tomonidan bosib olingan. Milodiy 1asrda Ch. hududi (11a.gacha11-asrgacha Duklya, keyinchalik Zeta, 15-asrdan Ch. deb atalgan) Rimning Dalmatsiya, 297 yildan Prevalitana provinsiyasiga qoʻshib olingan. 7-asrda slavyanlar kelgan. 1479 yildan mamlakat tekislik kismi turklar tasarrufida boʻldi. 1499 yilda Ch. hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi. Turklarga qarshi kurashgan mitropolit Danilo Petrovich Negosh (1697—1735 yillarda hukmronlik qilgan) Negoshlar sulolasi (1697— 1918)ga asos solgan. 1796 yil Ch. amalda mustaqillikka erishdi. Napoleon urushlari va serblarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlarida (1804— 15) Ch. Rossiya va Serbiya tomonida boʻldi. 1852 yil Ch. merosiy knyazlik deb eʼlon qilindi. 1878 yil Berlin kongressi qaroriga binoan, Ch. toʻliq mustaqil davlat deb tan olindi. 1910 yildan Ch. qirolligi deb ataddi. Ch. Bolqon urushlari (1912—13)da qatnashdi. 1jahonBirinchi jahon urushi (1914—18)da Antanta tomonida turib urushdi. 1918 yil 1 dek. da Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi (1929 yildan Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. 1941 yil aprelda fashistlar Germaniyasining Yugoslaviyaga hujumidan soʻng , Ch. Italiya qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1944 yil dek. da Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasi tomonidan ozod etiddi. 1945 yil noyab. dan Ch. Yugoslaviya tarkibidagi olti respublikadan biri boʻldi. 1991 yil Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, undan Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya chiqib ketgach, Serbiya bilan Ch. Yugoslaviya Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003 yil 4 fevraldan bu davlat Serbiya va Qoratogʻ deb atala boshladi.
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 28:
 
== Musiqasi ==
Ch.da 19-asr oxirigacha faqat xalq musiqa madaniyati rivojlangan. Xalq epik, qaxramonlik, lirik, marosim qoʻshiklarini ijro etishning qad. anʼanalari saqlangan. Xalq musiqasining asosiy cholgʻusi qoʻbizsimon gusle. Oro raqsi keng tarqalgan. 19-asr oxirida musiqiy jamoa tashkilotlari va ijrochi jamoalar paydo boʻldi. Kompozitor Y. Ivanishevich, xormeyster A. Ivanovich dastlabki professional musiqachilaridandir. Birinchi musika maktabi 1924 yil Setineda tashkil etilgan. 2-Ikkinchi jahon urushi (193945) dan keyin Setine (1947), Podgoritsa (1950, M. Milyanov nomida), Kotor (1950) va boshqa shaharlarda musiqa maktablari ochildi. Podgoritsada Radioning simfonik orkestri va aralash xori, "Oro" xalq ashula va rake ansambli bor. Havaskorlik xor jamiyatlari, Ch. kompozitor ijrochimusiqachilar jamiyati ishlaydi.
 
== Teatri ==