Zulfiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 5:
''Zulfiya'' (taxallusi; toʻliq ism sharifi Zulfiya Isroilova) (1915.1.3— Toshkent — 1996.1.8) — shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965). Mehnat Qahramoni (1984). Shoir Hamid Olimjonning rafiqasi. Xotin-qizlar ped. bilim yurtini tugatgach (1931—34), Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot in-ti aspiranturasiga oʻqishga kirgan (1935). Soʻng Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938—40), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941— 50), "Oʻzbekiston xotin-qizlari" (q. [["Saodat"]]) jur.da boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—85) boʻlib ishlagan.
 
Uning ilk sheʼri 1931 yilda "Ishchi" gaz. da bosilgan. Dastlab 1932 yil "Hayot varaqalari" sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning "Temiroy" (1934), "Sheʼrlar", "Qizlar qoʻshigʻi" (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Zulfiy sheʼriy ijodining porlashi "Uni Farhod der edilar" (1943), "Hijron kunlarida" (1944) va "Hulkar" (1947) toʻplamlari bilan bog'liq. Ayniqsa, H. Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak beradi. U shaxsiy fojiasi tasviri orqali 2-Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi.
 
40-yillar oxirida eʼlon qilingan Sovet davlatining sanʼat va adabiyot toʻgʻrisidagi qarorlari oʻzbek adabiyo-tiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya bad-bin kayfiyatlar — pessimistik kechinmalar kuychisi sifatida taʼna toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u, boshqa qalamkash birodarlari singari, "davr gʻoyalari" ni ifodalovchi sheʼrlar yozishga oʻtdi. Lekin koʻp oʻtmay, oʻzbek ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida sheʼr va publitsistik maqolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquqlarining poymol boʻlmasligi uchun kurashdi.