Myanma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 41:
 
== Adabiyoti ==
Mil. boshlariga oid palma yaprokdari, toshlarga bitilgan sheʼriy va nasriy yozuvlar Myanmaning kad. adabiy anʼanalaridan darak beradi. Myanma adabiyotining paydo boʻlishi va shakllanishi 9—13-asrlargatoʻgʻri keladi. 14— 16-asrlarda Myanma mumtoz sheʼriyati rivojlandi. Shin Maxatilavunta, Shin Ma-haratatara, Shin Oun Nouning diniy dostonlarida oʻsha davr hayoti, tabiat goʻzalligi aks ettirilgan. Navadeyja, Natshinnaun, Taunbila Sxayado (16— 17-asrlar) sheʼriy shakllarni (mogun, pou, echxin va h.k.) takomillashtirdilar. 18-asrning 2-yarmi va 19-asrda mumtoz sheʼriyat anʼanalarini davom ettirgan U Toy, Levetoundara kabilar sheʼriyatda samarali ijod qildilar. 18-asrda pali, sanskrit, hindi tillaridan tarjimalar qilindi. 18-asr oxirida milliy dramalar shuhrat qozondi. Shoir, harbiy boshliq U. Sa Tailand eposi va xalq rivoyatlari asosida dramalaryozdi. 19-asr oxiri va 20a.20-asr boshlarida Myanma adabiyotida Jeyms Xla Jo, U Ji, U Lat kabi adiblar yangi roman janrini rivojlantirdilar. Hozirgi zamon romanlarining paydo boʻlishi Pi Mou Nin nomi bilan bogʻliiq ("Kechki quyosh"). Max Sxvey romanlarida ("Onamiz") ijtimoiy mavzular aks ettirilgan. 20-asrning 1-yarmi adabiyotida xalqning mustamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik kurashi ifodalangan. Vatanparvarlik harakati tashkilotchilaridan biri yozuvchi Takin Kodo Xmayndir. U Ba Chxou, U Yan Aun kabi adiblar ijodida jamiyat hayotining turli tomonlari ochib berilgan. Koʻp yozuvchilar buddizmni tashviq qildi. Myanma mustaqillikka erishgach (1948), yozuvchilar adabiyotni yangi gʻoya va mavzu bilan boyitdilar (Da-goun Taya, Tin Mou). Turli avlodga mansub adiblar (Ma Ma Le, Aun Lin va h.k.) jahon adabiyoti tajribasi va Myanma nasrchiligining eng yaxshi anʼanalari negizida badiiy shakllarni ta-komillashtirdi, muhim ijtimoiy, axloqiymaishiy muammolarni koʻtarib chikdi. Adabiyotda vatanparvarlik, tinchlik uchun kurash, yangi jamiyat qurish kabi yetakchi mavzular keng oʻrin olgan.
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Taton, Pi kabi qad. shaharlardagi arxeologik qazishlar natijasida to-pilgan Budda ibodatxonalarining harobalari va bronza buyumlarida hind meʼmorligi hamda sanʼatining taʼsiri koʻzga tashlanadi. Pagan va boshqa shaharlarda oʻrta asrlarga oid koʻpgina sanʼ-at va meʼmorlik yodgorliklari saqlangan. Ananda (1090), Dhamayand (1160), Tabinyu (1144) ibodatxonalari qurilgan. Yodgorliklar mahobatli boʻlib, murakkab jimjimador bezaklarga boy, serxasham. Pagandagi ibodatxonalar yonida qad. kitoblar saqlanadigan kutubxona (tayk)lar boʻlgan. Bulardan eng mashquri Pitakatteykdir (1508). Keyingi davrda qurilgan binolarning meʼmoriy tuzilishida oʻrta asr binolariga nisbatan yangilik yoʻq, faqat hajmining kattaligi bilan farqlanadi. Ular qad. stupalar yoniga qurilgan. Mac, Yangondagi Shuedagoun stupasi oʻzining ziynatli bezaklari, kattaligi bilan mashhur. Bu Osiyodagi eng baland (107 m) va katta (70000 m2) binolardan biri. U qanotli sherlar, koʻp boshli ilonlar tasviri bilan bezatilgan. Yogʻoch bezaklar ustiga tilla suvi yugurtirilgan. Keyingi yillarda milliy va chet ellik meʼmorlarning loyihalari asosida zamonaviy binolar qurshshi. Myanma haykaltaroshligi (asosan, Budda haykallari)da nafislik va noziklik koʻzga tashlanadi. Hozirgi zamon tasviriy sanʼati, ayniqsa, rassomchiligida milliylikka ahamiyat berilgan (rassom U. Kin Maun, haykaltarosh U Xan Tin va boshqalar). Myanma xalq amaliy sanʼatida uymakorlik, kashtachilik va boshqa mashhur.
Qator 51:
 
== Kinosi ==
1918 yilda suratxona egasi U On Maun "Byorma film kompaniya" firmasini tashkil etib, "Muhabbat va sharob" filmini suratga oldi (1920). 20-yillarda Yangonda bir necha kinokom-paniyalar vujudga keldi, ular Budda rivoyatlari mavzuidagi kartinalar, melodrama va komediyalar, sarguzasht filmlar chikardilar. 1932 yilda birinchi ovozli film — "Pul sotilmaydi" (rejissyor D. Natshin) suratga olindi. 2ja-hon urushidan oldingi filmlarda in-gliz mustamlakachilariga qarshi kurash ruhi yaqkrl aks etdi. 2-Ikkinchi jahon urushi va yapon okkupatsiyasi davridagi vayronagarchilik, mustaqillikning dastlabki yillaridagi ichki qurolli mojarolar oqibatida kino ishlab chiqarish yaxshi rivoj topmadi. 60-yillarda xususiy kinostudiyalar mahsulotida koʻngilochar filmlar us-tunlik qildi. 1966 yilda davlat kino-kompaniyasi "Sevikli diyor" badiiy filmini yaratdi. Keyingi yillarda ekranga chikarilgan lentalar orasida "Zamonaning zayli" (rejissyor Maun Mo Min), "Yurak tilga kirdi" (rejissyor Tu Kxa), "Muhabbat chamanzori" (rejissyor Yey Van Maun Ji), "Sen bilan faxrlanaman" (rejissyor U Pxo Xan), "Bashorat" (rejissyor Pan Ta Tin) kabi badiiy filmlar eʼti-borga sazovor. Myanmada yiliga 30 dan ziyod badiiy film ishlab chiqariladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->