Iso Masih: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 7:
Xristianlikda I. Iisus Xristos nomi bilan yuritilib, xrispgianlik asoschisi hisoblanadi ("Xristos" soʻzi yunoncha boʻlib, oʻzbek tilida "xaloskor" maʼnosini anglatadi). Xristian cherkovlarining aksariyati uni Xudo-odam sifatida ulugʻlaydi. Injilga koʻra, I. xudoning oʻgʻli boʻlgan, Vifleyem (hoz. Beyt Laxm sh.)da duradgor Iosifning xotini Mariyadan tugʻilgan. Iosif va Mariya goʻdagi bilan podshoh Irod I taʼqibidan qochib, Misrga boradilar, keyin Galileya (Falastin)ga qaytadilar. I. targʻibotchilik faoliyatini boshlab yuboradi. Uni Ioann Krestitel choʻqintiradi. I. atrofiga 12 shogird (apostol — havoriy)larni toʻplaydi. Xavoriylardan biri I. targʻibot qilayotgan yangi taʼlimotni oshkor etib qoʻygach, yahudiylar sudi — sinedrion I.ni oʻlim jazosiga hukm qiladi. Rim noibi Pontiy Pilat hukmni tasdiqlaydi, I. chormix qilinib qatl etiladi. Lekin u tirilib oʻz shogirdlari oldiga keladi. Xristianlar I.ning tirilib kelishi ("voskresenye")ga ishonadilar.
 
Fanda I.ning tarixiyligi eʼtirof etiladi. U 1-a.ningasrning 1-yarmida Falastinning Galileya mintaqasida Iisus (Iyeshua) ismi bilan sayyor daʼvatchi sifatida faoliyat koʻrsatgan. I.ning tar-gʻiboti fariseylar va esseylar taʼli-moti kabi maxdud emas, balki falas-tin jamiyatining barcha tabaqalariga qaratilgandi. Shu boisdan ham keyingi asrlarda grekrim zaminida I. taʼlimotining tarafdorlari mahalliy tusdagi bu harakatni Oʻrta dengiz hav-zasini toʻligʻicha qamrab olgan olamshu-mul dinga aylantirishga erishdilar.
 
== Adabiyot ==