Avstraliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 8:
 
== Tarixi ==
18-asrgacha Avstraliya aborigenlari ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib mate-rikka golland dengiz sayyohlari V. Yans-zon (1606) va A. Ya. Tasman (1642) kelgan-lar. Yangi qit’ani o‘rganish uchun Angliya bir necha ekspeditsiya, jumladan J. Kuk rahbarligidagi ekspeditsiyani yubordi (1770). 1788 yilda A. Angliya hududi deb e’lon qilindi.19-asrning 20-yillaridan boshlab A.da qo‘ychilik rivojlandi, 30-yillarda dast-labki sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. 19-asrning 2-yarmidagi "oltin talvasasi" (1851—61) munosabati bilan ko‘chib keluv-chilar ancha ko‘paydi. Angliya hukumati A. dagi mustamlakalarda boshlangan keng xalq harakati (oltin izlovchilarning 1854 yildagi Evrika qo‘zg‘oloni va boshqa isyonlar) tazyiqi ostida 1855 yilda ularning ko‘pchiligiga o‘zini o‘zi boshqarish xuquqini berishga majbur bo‘ldi. 1901 yil A. dagi mustamlakalar 6 shtatdan ibo-rat federatsiyaga — Avstraliya Ittifoqiga birlashtirildi va u dominion maqomini oddi. 1906 yilda unga Britaniyaning Pa-pua mustamlakasi (Yangi Gvineya o.ning jan.-sharqiy qismi), 1-Birinchi jahon urushidan keyin esa (bu urushda A. qo‘shinlari Bri-taniya armiyasi tarkibida jang qildi) Germaniyaning sobiq Yangi Gvineya mu-stamlakasi (Yangi Gvineya o.ning shim.-sharqiy qismi) va Nauru orol (Millatlar Ittifoqi mandati ostidagi hudud sifa-tida) berildi. [[Ikkinchi jahon urushi|2-Ikkinchi jahon urushi]] vaqtida A. gitlerchilarga qarshi koalitsiya tarafida harakat qildi. 1945 yildan Avstraliya— BMT a’-zosi. Urushdan keyin A. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibida qolgan holda mustaqil davlatga aylandi. Urushdan keyin deyarli doimo hokimiyat tepasida burjua partiyalari — liberal va agrar (1975 yildan milliy agrar) partiyalari koalitsiyasi bo‘ldi. Faqat 1949 yilgacha, 1972-75 yillarda va 1983 yilda hukumatni leyboristlar tuzdi. Bu par-tiya tashki va ichki siyosatda mustaqil yo‘ldan borish uchun bir qancha tadbir-larni amalga oshirdi. A. hukumati [[Nauru]] (1968) va [[Papua Yangi Gvineya]] (1975)ga mustaqillik berishga majbur bo‘ldi. 1991 yilda A. bilan O‘zR o‘rtasida diploma-tiya munosabatlari o‘rnatilgan. Milliy bayrami — A. kuni (26 yanvar).
 
== Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari ==
Qator 34:
 
== Adabiyoti ==
Avstraliya adabiyoti ingliz tilida (aborigenlarning o‘z yozuvi yo‘q). 19-asrning 1-yarmida metropoliya adabi-yoti ta’sirida rivojlandi. Milliy realistik adabiyot 90-yillardagi ijti-moiy-siyosiy yuksalish muhitida yuzaga keldi. Unga T. Kollinz, X. Louson va boshqa asos soldi. 1-Birinchi jahon urushi voqealari A. adabiyotining yanada ravnaq topishiga ko‘maklashdi. Bu davr asarlarida jabr-zulm fosh qilindi, aborigenlarning fojiasi aks ettirildi (K. S. Prichard, X. X. Richardson, E. V. Palmer, K. Tennant, B. Penton va boshqalarlar). A. Marshall, J. Morrison prozasida, B. Adamson, M. Gilmor poeziyasida jamiyat nuqsonlari tanqid qilindi, milliy mustaqillik g‘oyalari tarannum etildi. Irqiy kamsi-tish adiblarning muhim mavzuidir. Bun-ga F. B. Vikersning "Sarob" (1955), D. Kyuzekning "Quvg‘indagi quyosh" (1955) va "Qora chaqmoq" (1964), G. Keysining "Snoubol" (1958), D. Styuartning "Yen-di" (1959), M. Dyurekning "Uni saqla, ona yurtim" (1955) asarlari va boshqa asar-lar misol bo‘ladi. Dramaturgiyada hozirgi zamon muammolariga murojaat etilgan: A. Terner, S. Lokk-Elliot, K. Dankan, D. Kyuzek, O. Grey, R. Louler, M. Brend pesalari.
 
== Meʼmorligi ==