Kamerun: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 15:
Kamerun hududidan oʻrta va yuqori paleolit davriga oid tosh qurollar topilgan. Kamerunda dastlab pigmeylar yashab, ovchilik, chorvachilik va ibtidoiy dehqonchilik bilan shugʻullangan. 16-asrning 2-yarmidan Kamerunga portugallar, gollandlar, 18-asr boshlaridan ingliz, fransuz, nemis, amerika din daʼvatkorlari (missionerlar) va savdogarlari kela boshladi. Ular kamerunliklarga tuz, gazmol, idish-tovoq, mis quymasi, spirtli ichimliklar olib kelib sotishgan. Yevropaliklar Kamerundan fil suyagi, palma moyi, murch va boshqa olib ketgan. 17— 18-asrlarda Shim. Kamerunda Mandora sultonligi tashkil topdi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida fulbe koʻchmanchilari Shimoliy va Markaziy Kamerunda bir necha musulmon davlatlarini tuzdilar. 18-asrda Markaziy Kamerunda shakllangan Bamum davlati fulbelarga qarshi kurashdi. 18—19-asrlarda Markaziy va Janubiy Kamerunda yana bir qancha davlatlar paydo boʻldi.
 
20-asr boshlarida [[Germaniya]] Kamerunning shimoliy va markaziy qismlariga hukmronlik qila boshladi. 1-Birinchi jahon urushi davrida ingliz-fransuz qoʻshinlari Kamerun hududini Germaniyadan tortib oldi (1916). Sharqiy Kamerun Fransiya, Gʻarbiy Kamerun Buyuk Britaniya nazoratiga oʻtdi. Mahalliy aholining ommaviy tashkiloti — Nigeriya va Kamerun Milliy kengashi (1944) hamda Kamerun xalklari ittifoqi partiyasi rahbarligida Kamerun xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi.
 
Nihoyat, 1960 yil 1 yanv.da Sharqiy Kamerun mustaqilligi eʼlon qilinib, 13 no-yab.dan Kamerun Respublikasi deb yuritila boshladi. 1961 yil 1 oktabrda Gʻarbiy Kamerunning Kamerun Respublikasiga birlashuvi natijasida Kamerun Federativ Respublikasi (KFR) tuzildi. Mamlakat iqtisodiyotini koʻtarish choralari koʻrildi: yagona pul va oʻlchov birligi qabul qilindi; barcha siyosiy partiyalar Kamerun milliy ittifoqiga birlashtirildi. Ittifoqning 1-sʼyezdida KFRni rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 1972 yil 20 maydagi referendum natijasida KFR Kamerun Birlashgan Respublikasi deb ataldi. 1984 yil 25 yanvardan boshlab Kamerun Respublikasi deb ataladigan boʻldi. Kamerun — 1960 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 20 may — respublika eʼlon qilingan kun (1972).