Kema: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq |
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3) |
||
Qator 5:
'''Kema''' — yuk va yoʻlovchilarni tashish, baliq ovlash, suv ostidan foydali qazilmalar (mas, neft) ni qazish, sport mashklari va musobaqalari oʻtkazish hamda harbiy masalalarni, i. t. ishlari va b.ni bajarish, sayyohlik uchun moʻljallangan suvda suzuvchi inshoot. Qadimda suzib yuruvchi vosita sifatida xodalar va suvda suzadigan boshqa narsalardan foydalanishgan.
Xodalarni bir-biriga bogʻlab qurilgan solni dastlabki K. deb hisoblash mumkin. Qad. Misr, Oʻrta Osiyo, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston va b. mamlakatlarda qayiq va K.lar yasalgan. Misrda dastlab qamish va papirusdan yasalgan sol ishlatilgan. Ossuriyada hayvon terisidan tayyorlangan qopga havo puflab suvdan suzib oʻtishda foydalanishgan. Shim. mamlakatlarda qayin poʻstlogʻidan qurilgan, daraxt tanasini oʻyib yasalgan yoki karkasga hayvon terisi tortilgan (chelnok) qayiqlardan foydalanishgan. Misrda qadimdan koʻp eshkakli dengiz K.si rasm boʻldi. Borabora kemasozlik takomillashib, K.ning oʻlchamlari va yuk koʻtaruvchanligi ortib bordi, unga eshkak va yelkanlar oʻrnatildi (mas, X. Kolumb "Santa Mariya" yelkanli K. — karavellada Amerikani ochgan, 1492). Rus mexanigi I. Kulibin 1772 y.da gʻildirak (charxpalak) li K.ni yaratdi. Angliyada 1882 y. birinchi temir paroxod (bugʻ kemasi) qurildi. 19-
Oʻzbekistonda qam qadimdan K.lardan foydalanilgan. Amudaryo va Orol dengizida K.lar qatnagan. Ilgari, asosan, yelkanli K.lar boʻlgan. 20-
Vazifasiga koʻra, K.lar transport, ovchilik, sanoat-xoʻjalik, maʼmuriyxizmat, harbiy, i. t. ishlarini bajaruvchi, kemalarga xizmat koʻrsatuvchi turlarga boʻlinadi. Transport K.sida yuk, yoʻlovchilartashiladi; ovchilik K. sida kit va baliq ovlanadi; sanoat-xoʻjalik K.sida suv ostidagi neft burgʻilanadi; xizmat koʻrsatuvchi K. shatakka oluvchi, brandvaxtlar, kabel kemasi, muzyorarlar, doklar, suzib yuruvchi mayoq va b.ga boʻlinadi.
|