Sudan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 16:
 
== Tarixi ==
S. hududida tosh davridan odam yashay boshlagan. Mamlakatning katta qismi (qadimda Kush mamlakati, 7-a.danasrdan Nubiya) da qad. misrliklarga yaqin boʻlgan somxom va kushit qabilalari istiqomat kilganligi maʼlum. Mil. av. 2ming y.likda jan.dan kelgan negroid qabilalar ularga qoʻshilib ketgan. Mil. av. 16— 12-a.lardaasrlarda S. Misrga tobe boʻlgan. Mil. 6-a.daasrda xristianlik tarqala boshladi. 7-a.gaasrga kelib, S.da Aloa, Mukurra va Nobatiya xristian davlatlari paydo boʻldi. 7-a.asr oʻrtalaridan arablar kirib kela boshladi. Natijada mamlakat shim. va gʻarbiy hududlarida islom dini va arab madaniyati tarqaldi. 14-a.asr oxiri — 16-a.asr boshlarida musulmon davlatlari (Darfur, Sennar sultonliklari va boshqalar) vujudga keldi. 1820—22 yillarda S.ning katta qismini Misr hukmdori Muhammad Ali bosib oddi. S. garchi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga rasman qoʻshilgan boʻlsada, amalda Misr mulkiga aylandi. 19-a.ningasrning 60y.lari oxiri — 70y.lar boshlaridan S.da Buyuk Britaniya taʼsiri kuchaya boshladi. Ingliz mustamlakachilarining shafqatsiz zulmiga qarshi xalq ommasi koʻp marta qoʻzgʻolon koʻtardi (q. [[Mahdiychilar qoʻzgʻoloni]]). 1899 y. inglizlar S.ni Buyuk Britaniya bilan Misrning mushtarak mulki (kondominium) deb eʼlon qiladigan bitimni Misrga majburan imzolatdi. S. rasman AngliyaMisr Sudani deb atala boshladi. S. amalda Angliyaning mustamlakasiga aylanib, uning asosiy paxta bazasi boʻlib qoldi. Sharqsa milliy ozodlik kurashi yuksalgan sharoitda S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar tuzildi. 2-Ikkinchi jahon urushi vaqtida S. harbiy qismlari Eritreya, Misr, Liviya, Tunisda fashist davlatlari qoʻshinlariga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. Urushdan keyin mamlakatda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1955 y. noyabrda ingliz va Misr qoʻshinlari Sdan olib ketiddi. 1956 y. 1 yanvarda S. mustaqil davlat deb zlon qilindi. 1958—64 yillarda Sda diktatorlik rejimi oʻrnatildi. 1969 y. davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni J. Nimeyri boshliq harbiylar qoʻlga oddi. 1972 y. S janubi muxtoriyat maqomini olgach, 17 y.lik fuqarolar urushiga chek qoʻyildi. 1980 yildan, ayniqsa, islom qonunchiligi butun mamlakatga joriy etilganidan (1983) keyin, jan.da yana fuqarolar urushi boshlandi. 1985 yilda Nimeyri rejimi agʻdarib tashlandi va 1986 yilda S alMaxdi boshchiligida koalitsion hukumat tuzildi, siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. 1989 y. harbiy toʻntarish sodir boʻlib, Milliy najot inqilobiy qoʻmondonligi Kengashi oliy qonun chiqaruvchi va ijrochi organ boʻlib oldi, u 1993 y. Umar Hasan Ahmad alBashirni mamlakat prezidenta etib tayinladi va oʻzini oʻzi tarqatib yubordi. 1999 y. 1 yanvardan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. 2000 y. 13—22 dek.da prezident va parlament saylovlari oʻtkazildi. U.H.A. alBashir yana S. prezidenti etib saylandi. S. 1956 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 yanvar — Mustaqillik kuni (1956). OʻzR suverenitetini 1991 y. 30 dek.da tan olgan.
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 32:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
19-a.gachaasrgacha S. shimolida 2—3 y.lik musulmon maktablari boʻlgan. Mustamlakachilar kelgach, ingliz taʼlim tizimi namunasidagi 4 y.lik boshlangʻich, 4 y.lik oraliq, 4 y.lik oʻrta maktablar tuzila boshladi. 1970 y. maktab tizimi isloh. qilinib, 7—13 yoshdagi bolalar uchun 6 y.lik boshlangich, 6 y.lik oʻrta (3 y.lik toʻliqsiz va 3 y.lik toʻliq) maktab joriy etildi. Qizlar maktabida uyroʻzgʻor va tikuvchilik ham oʻrgatiladi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ped. oʻquv yurtida, toʻliqsiz oʻrta maktab oʻqituvchilari ped. markazlarida 2 y. davomida tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich va toʻliqsiz maktab negizida 4 y. davomida olib boriladi. Hartum universiteti, Qohira universitetining Hartum filiali, Omdurmandagi islom instituti, Juba universiteti, VodiyMadonidagi Gezira universiteti kabi oliy oʻquv yurtlari, shuningdek, 2—3 y. davomida oʻrta maxsus taʼlim darajasida maʼlumot beradigan bir kancha institut va kollejlar (Hartum politexnika instituti, tibbiyot kolleji va boshqalar) ham bor. Hartum universitetining kutubxonasi, Omdurmandagi Ommaviy kutubxona, Hartumda Milliy muzey, Etn. muzeyi, Tabiat tarixi muzeyi, Meroeda Muzeyqoʻriqxona mavjud. Ilmiy tadqiqotlar universitetlarning laboratoriyalarida, Afrika va Osiyo intida, Hartumdagi sanoat tadqiqotlari institutida, bir qancha vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalarda olib boriladi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. S.da bir kancha gaz. va jurnali nashr etiladi. Yiriklari: "AlAyyom" ("Kunlar", arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1953 yildan), "AlQuvvat alMusallaxa" ("Qurolli kuch lar", kundalik gaz., 1969 yildan), "Assahafa" ("Matbuot", arab tilida chikadigan kundalik gaz., 1962 yildan), "Sudan standard" ("Sudan bayrogʻi", ingliz tilida haftasiga 2 marta chikadigan gaz., 1973 yildan), "Sudan nush" ("Bugungi Sudan", ingliz tilida chiqadigan oylik jurnali, 1976 y.lan). S. axborot agentligi (SUNA) hukumat axborot mahkamasi, 1970 y. asos solingan. Davlat Milliy radioeshittirish va telekoʻrsatuv korporatsiyasi mavjud.
 
== Adabiyoti ==
Koʻhna S. tamadduni (sivilizatsiyasi) Qad. Misr va yunon madaniyatlari bilan bogʻliq ravishda rivojlangan. 7-a.danasrdan arab tili singib, adabiy asarlar shu tilda yozila boshladi. 17—18-a.lardaasrlarda Hammad ibn Muhammad ibn Ali alMumayux va Muhammad alJaali kabi atoqli shoirlar ijod qildilar. 19a.19-asr xalq sheʼriyatida (X. Abu Sinna, Umm Museymasxonim, Bint alMakkaviy va boshqalar) chet el istilochilariga qarshi kurash, arablar birligiga daʼvat ohanglari yangraydi. Mumtoz adabiyot namoyandalaridan Muhammad Sayd alAbbosiy, Abdulloh Abdurahmon, Husayn azZahra ijodi ajralib turadi. Yahyo asSalaviy Nil vodiysi xalqlarini "birgalikda kurashish"ga chaqiruvchi sheʼrlari bilan mashhur boʻldi. 20-a.ningasrning 10—20y.larida milliy matbuot yuzaga keldi. 30y.larda Abu Jukkud, Ali Ahmadoniy, Hamza alMalik Tunbul, Yusuf Bashir atTijoniy kabi shoirlar adabiyotni rivojlantirdilar. Muhammad Ahmad Mahjub va Abdulhalim Muhammadlar qissa va roman janrida ijod qila boshladilar. 20-a.ningasrning 2-yarmida shoirlardan Toj asSirr Hasan, Jili Abdurahmon, Jaʼfar Hamid alBashir, Muhammad Miftoh alFayturiy, yozuvchilardan Usmon Ali Hyp, Abu Bakr Xolid, atTayib Zarruk ijtimoiy mavzularda asarlar yozishdi. S.da xalq, ogʻzaki ijodi ham keng yoyilgan. Shimoliy S.da folklar janrlari boshqa arab mamlakatlari ogʻzaki ijodiga, janubiy S.da esa tropik Afrika madaniyati namunalariga oʻxshash.
 
Meʼmorligi va tasviriy saiʼati. Ilk neolit davri (mil. av. 7ming y.lik oxiri — 4ming y.lik boshlari)ga oid loydan ishlangan hayvon qaykalchalari, sopol idishlar, qoyaga ishlangan suratlar topilgan. Mil. av. 2ming y.likda S. sanʼati Qad. Misr madaniyati oʻzanvda rivojlangan. Mil. av. 1ming yillik oxiridan moddiy madaniyatda oʻziga xos belgilar paydo boʻla boshlagan. Mil. av. 22—18-a.lardaasrlarda xom gʻishtdan toʻgʻri burchakli kulbalar, zodagonlar uchun koʻp xonali uylar (Areykada), ibodatxonalar (Sulba va Kavada), istehkomlar (Semna, Kummada), sagʻanalar barpo etilgan. S.da xristianlik tarqalishi bilan (mil. 6-a.ningasrning 2-yarmi) meʼmoriy uslubi va devoriy rasmlari kopt sanʼatiga yaqin boʻlgan cherkovlar qurila boshladi. 15—16-a.lardaasrlarda Gʻarbiy S. meʼmorligining Sharqiy Afrika oʻrta asr tosh meʼmorligiga oʻxshash jihatlari koʻp boʻlgan. 19—20-a.lardaasrlarda Qizil dengiz boʻylarida marjon ohaktoshlaridan tiklangan uylar, S. janubidagi negroid qabilalarida loy va shoxshabbadan toʻqima qilib yasalgan, tomi oʻt va poxol bilan yopilgan kulbalar aholining asosiy turar joyi boʻlgan. 20-a.asr oʻrtalarigacha zamonaviy imoratlar faqat Hartum, PortSudan, Atbara va boshqa yirik shaharlarda qurildi. 1956 yildan sanoat va turar joy binolarini loyiha asosida keng koʻlamda barpo etish, shaharsozlikni tartibga solish ishlari olib boriddi, jahon meʼmorligi tajribasidan foydalanishga harakat qilindi.
 
20-a.asr oʻrtalaridan tasviriy sanʼatda dastgoh rassomligi milliy maktabi vujudga keldi, unda mahalliy bezak va yevropacha anʼanalarni birga qoʻshish odat tusiga kirgan. Keyingi yillarda M. Kua, A. Hamid kabi haykaltaroshlar, X. Abbos, M. O. Bashir kabi rassomlar, A. A. Borxan kabi grafika ustalari yetishib chikdi. S. tasviriy va amaliy sanʼatida yogʻoch va loydan haykalchalar yasash keng tarqalgan. Shimoliy S. arablari orasida kandakorlik, teridan turli anjomlar yasash, jan. xalqdarida pichoqchilik, badiiy toʻqimachilik anʼanaviy mashgʻulot hisoblanadi.
 
Musiqasi koʻpgina xalqlarning musiqiy anʼanalarini oʻz ichiga oladi. S. cholgʻu asboblari xilmaxil. Lirashmon torli tambur va uning turlari — kisir (nubiylarda), benebene (Gʻarbiy S.da), bangiya (Sharqiy Sda), tom (Jan. Sda); torlikamonli umkiki, tor (toʻrtburchak doira), turli barabanlar — dolyuka (loy baraban), dingir (suv toʻddirilgan baraban), taba va boshqa Janubiy S.dagi dinka, nuer, shilluk va boshqa xalqlarning baraban ansambllari bor. Puflab chalinadigan asboblar: zumbara (metall nay), penax (qovoq poʻsti), garin (shox), qamish naylar va boshqa Gʻarbiy Sdagi koʻpgina qoʻshiqlar raqs bilan birga ijro etiladi. Xasis, jarrari, mardum raqsqoʻshiklari koʻchmanchi chorvador turmushi va mehnati bilan bogʻliq. Shuningdek, qiroat, azon, madhiya, zikr kabi janrlari ham mavjud. Mixera bitAbbud, Sharifa bitBilol kabi xonandalar vatanni, mustaqillik yoʻlidagi kurashchilarni madh etuvchi qoʻshiklari bilan mashhur boʻlgan. Keyingi yillarda mamlakat jan. bilan shim. anʼanalari yaqinlashuvi natijasida turli musiqiy uslublarning oʻzaro taʼsiri kuchaydi. Milliy folklor ansambli, Musiqa va teatr instituti tashkil topdi. Musiqa arboblaridan kompozitor va xonandalar Muhammad alAmin, I. alKoshif, M. Vardi, A. Shuraxbil, kompozitor va dirijyor A. Marjonni koʻrsatish mumkin.