Estoniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 36:
19-asr oʻrtalarigacha eston xalqining maʼnaviy hayoti xalq ogʻzaki ijodiyoti (xalq qoʻshiqlari, ertak, maqol, matal va topishmoqlar)da oʻz ifodasini topdi. Birinchi yozma yodgorliklar 16-asrga oid. 17—18-asrlarda diniy ruhdagi asarlar yuzaga keldi. 18-asr oxiri — 19asr boshlarida didaktik dunyoviy adabiyot vujudga keldi. Eston milliy adabiyoti 19-asr oʻrtalarida paydo boʻldi. Maʼrifatparvar yozuvchi F.R.Felman, xalq ogʻzaki ijodi aossida "Kalevipoeg" dostonini yaratgan F.R.Kreysvald uning asoschilaridir. 1860—80 yillar adabiyotida xalq romantizmi va vatanparvarlik lirikasi ustunlik qildi, dramatik asarlar va romantik tarixiy qissalar yaratildi. 1890- yillarda tanqidiy realizm shakllandi. E.Vildening "Ayoz mamlakatiga" (1896) va "Temir qoʻllar" (1898) romanlari eston adabiyotida tanqidiy realizm yoʻnalishi va roman janriga asos boʻldi.
 
1900- yillar boshida proletar adabiyoti va siyosiy satira paydo boʻldi (X.Pegelman, Yu.Lishenbax, Eessaaru Aadu). F.Tuglas, G.Suyts kabi adiblar neoromantizm vakillaridir. 1919 yildan keyin eston adabiyotiga nemis ekspressionizmi muhim taʼsir koʻrsatdi. Nasrda realistik uslub neoromantik, impressionistik va simvolistik shakllardan tobora ustun kela boshladi (A.X.Tammsaare, M.Metsanruk, M.Under, O.Luts, X.Visnaputs, I.Barbarus, A.Gaylit, yilSemper, A.Yakobson, Yu.Syutiste asarlari). 2-Ikkinchi jahon urushi yillari (1939— 45) adabiyotga D.Vaarandi, R.Parve, E.Myannik va boshqalar kirib keldi. Urushdan keyingi yillarda shoirlar M.Raud, yilSemper, Yu.Smull, yozuvchilar A.Xint, R.Sirge, G.Leberext, E.Krusten, dramaturglar A.Yakobson, E. Rannet va boshqalar samarali ijod qildilar. 1960— 80 yillarda shoir va yozuvchilarning yangi avlodi adabiyotga zamonaviy falsafiyaxloqiy masalalarny olib kirdi. Bu davrda adabiyotga E.Beekman, E.Vetemaa, M.Traat, A.Valton va boshqalar yozuvchilar kirib keldi.
 
== Meʼmorligi ==
Qator 53:
 
== Kinosi ==
E. hududida dastlabki kinosyujetlar fransuz firmalari tomonidan suratga olindi (1908—14). 1914 yil fotograf Ya.Pyazuke birinchi eston badiiy filmini yaratdi. 1920- yillarda bir qancha xususiy kinofirmalar faoliyat koʻrsatdi. "Oʻtmish koʻlankalari" (1924) va "Rummu Yuri" (1929) filmlari professional ravishda suratga olingan dastlabki filmlardir. 1930 yil K. Myarska birinchi marta "Oltin qoʻngʻiz" nomli ovozli filmni yaratdi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin eston kinematografchilari "Lenfilm" kinostudiyasi bilan birgalikda "Qoʻrgʻon ichidagi hayot" (1947) va "Andrus baxti" (1955) filmlarini suratga oldilar (ikk&tasining rej. G.Rappaport). Keyinchalik eston kino ustalari "Xavfli burilishlar" (1961, rej.lar Yu.Kun, K.Kiysk), "Yarim kunlik parom" (1968), "Oʻlim qadrini murdalardan soʻra" (1977; ikkala filmning rej. K.Kiysk), "Oʻrmondagi buloq" (1973, rej.L. Layus), "Yashash va sevish davri" (1976, rej. V.Kyasper), "Nima eksang ..." (1980, rej. P.Simm) kabi filmlarni ekranga chiqardilar. Kino aktyorlari orasida E.Kivi, E.Kull, R.Allabert, T.Kark, L.Ulfsak, O.Eskola va boshqalar mashhur.
 
== Oʻzbekiston — Estoniya munosabatlari ==