Tarix — versiyalar orasidagi farq

8 bayt qoʻshildi ,  3 yil oldin
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi, inti → instituti (4), y.da → yilda (8), va b.) → va boshqalar) (8), va b. → va boshqa (3) using AWB)
(qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3))
Oʻrta asrlarda davlat ishlari, boshqaruv tizimi haqida maʼlumot beruvchi Forobiynmng "Fozil odamlar shahri", Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Nizomulmulkniit "Siyosatnoma", Xondamiriing "Dastur alvuzaro", Muhammad Boqirxonning "Muvazayi Jahongiriy" asarlari yaratildi.
 
Oʻrta Osiyoda 3 ta mustaqil — Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklari vujudga kelishi bilan, 17—19-a.lardaasrlarda ularning T.iga bagʻishlab alohidaalohida asarlar yaratildi. Uziga xos uslub va anʼanalarga ega boʻlgan tarixnavislik maktablari shakllandi. Buxoro va Xiva xonliklari T. i Abulgʻozsh Bahodirxonning "Shajarayi turk" va "Shajarayi tarokima", Muhammad Amin Buxoriy, Muxammad Sharif, Mirzo Shams Buxoriy, Munis, Ogaxiy, Bayoniy asarlarida keng yoritilgan.
 
Muhammad Solih Toshkandiy, Muxammad Hakim, Avaz Muhammad, Niyoz Muhammad, Mulla Olim Maxdumhoji asarlarida Koʻqon xonligi T. i bayon etildi. Rossiya tomonidan Oʻrta Osiyo yerlarining bosib olinishi arafasidagi voqealar, janglar tafsilotlari, Rossiyaning mustamlakachilik siyosati, 19-a.ningasrning 2yarmi — 20-a.asr boshlarida Ahmad Donish, Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy, Mirzo Salimbeklarning Buxoro T.iga oid asarlarida keltiriladi. Ushbu asarlarda oʻrta asr tarixnavisligi anʼanalariga koʻra, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy hayot, tashqi aloqalarga oid maʼlumotlar garchi muayyan bir tartibda berilmagan boʻlsada, jamiyat hayotining turli yoʻnalishlari boʻyicha qimmatli maʼlumotlarni koʻramiz.
 
Bu qoʻlyozma tarixiy asarlar oʻz davrining ilgʻor fikrli kishilari tomonidan yozilgan boʻlsada, oʻsha davrdagi hukmdorlar raʼyidan oʻtolmasdan, ularning manfaatlariga moye qilib yozilganligini, oʻz davri va muhiti, zamonasi tartiblari, taraqqiyot darajasi tafakkurining xos koʻrinishlari taʼsirini namoyon qiladi.
 
19-a.ningasrning 2yarmidan boshlab Rossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishga qaratilgan siyosati tufayli Rossiya hukumatining maxsus topshirigʻini bajarish uchun oʻlkaga kelgan rus harbiy mutaxassislari, diplomatlari, sayyohlari, savdogarlari oʻz memuarlari, sayohati xotiralari va hisobotlarida ushbu mamlakat va uning xalkdari T.i, ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy ahvoli, moddiy boyliklariga oid maʼlumotlarni toʻplab, yozib qoldirdilar (mas., N. Muravyevning "Puteshestviye v Turkmeniyu i Xivu v 1819 i 1820 gg .", 1822; G. Meyendorfning "Puteshestviye iz Orenburga v Buxaru v 1820 godu", 1826; N. Xanikovning "Opisaniye Buxarskogo xanstva", 1843; N. I. Veselovskiyning "Ocherki istorikogeograficheskix svedeniy o Xivinskom xanstve s drevneyshix vremyon do nastoyahego", 1877; M. Terentyevning 3 jildli "Istoriya zavoyevaniya Sredney Azii", 1906; D. Logofetning "Buxarskoye xanstvo pod russkim protektoratom", 1911; va boshqalar).
 
Oʻrta Osiyo Rossiya mustamlakasiga aylantirilishi bilan mustamlakachilik tuzumi tartibotlari T. sohasidagi i.t. lar koʻlami va mavzusiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Rus tarixchilarining yuqorida zikr etilgan Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixiga oid asarlarining aksariyati oʻzining bir yoqlamaligi, metropoliya manfaatlariga xizmat qilishga moʻljallanganligi bilan ajralib turadi. Chor maʼmuriyati i.t. ishlari uning manfaatlariga xizmat qilishini nazarda tutib, maʼlum miqdorda mablagʻ ajratdi. Ayni paytda ilgʻor rus olimlari, sharqshunostarixchilarning fan manfaatlari uchun Oʻrta Osiyo tarixi tadqiqotlarini amalga oshirish tendensiyasini ham kuzatish mumkin. 1895 yilda Toshkentda Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tashkil etildi, u Oktyabr toʻntarishigacha faoliyat koʻrsatdi, tarix, arxeologiya, numizmatika, etn. masalalarini oʻrganishga salmoqli hissa qoʻshdi. Mahalliy millat vakillaridan sharqshunos havaskorlar, sharq qoʻlyozmalarini toʻplovchilar, qad. yodgorliklarni oʻrganuvchilar yetishib chikdi: Abu Said Mahzum, Mirzo Abdurahmon, Akrom polvon Asqarov va boshqa Toshkent davlat kutubxonasining tashkil etilishi (1870), oʻlkashunoslar va olimlar faoliyatida muhim turtki boʻldi. Ushbu kutubxona fondidan bibliograf V.I.Mejov tomonidan tuzilgan Oʻrta Osiyo va Turkiston T.iga oid maqolalar, asarlar, gaz. va jurnali materiallari toʻplangan "Turkiston toʻplami" (594 jilddan iborat) muhim joy oldi. Oʻzbekistonni tarixiymadaniy jihatdan oʻrganishga Peterburg untining sharq fakulteti maʼlum hissa qoʻshdi. Bu davrga kelib mahalliy tadqiqotchilar guruhi shakllandi. V. L. Vyatkin Samarqand yodgorliklarini oʻrganish jarayonida Ulugʻbek rasadxonasini ochdi. V. V. Bartold qad. qoʻlyozmalar maʼlumotlaridan foydalanib, Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston tarixi haqida asarlar yaratdi ("Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya", 1898—1900; "Svedeniya ob Aralskom more i nizovyax Amudari s drevneyshix vremyon do XVII veka", 1902; "K istorii orosheniya Turkestana" va boshqalar).
 
20-a.ningasrning boshida milliy davriy matbuot "Sadoi Fartna", "Sadoi Turkiston", "Oyna", "Najot", "Hurriyat" sahifalarida Oʻzbekiston T.i muammolariga oid ilk makrlalar eʼlon qilina boshladi. Bu maqolalar mualliflari jadidchilik harakati namoyandalari boʻlib, ular mamlakat rivoji, millatning taraqqiysi, oʻzlikni anglashda T. fanining roliga alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyatida T. muammolarini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etdi. Behbudiy komil inson boʻlib yetishishda va jamiyatni boshqarishda T. fanining oʻrni beqiyosligini taʼkidlaydi. U "Tarix va jugʻrofiya", "Turkiston tarixi", "Sart soʻzi majhuldir" kabi asarlarida faqatgina Vatan T.ini emas, Yevropa va jahon mamlakatlari T.ini bilish zarurligi haqida soʻz yuritadi. Uning "Moziy istiqbolning tarozisidir", degan xitobi T. tajribasida oʻzining hakligini isbotladi. Behbudiyning tarixiyilmiy qarashlari Oʻzbekiston T.ini va uni yaratish yoʻlida oʻziga xos ilmiy dasturdir.
 
Oktyabr toʻntarishi amalga oshishi bilan, Sovet tuzumining mohiyatidan kelib chiqqan holda, unga xos boʻlgan i.t.ning tashkil etishning shakl va usullarini, maqsad va vazifalarini, metodologiyasini ishlab chiqish ilgari suriddi. Kommunistik partiya mafkurasi asosiy eʼtiborni partiya T.i yoʻnalishiga qaratdi, tarixiy izlanish maktablari yoʻq qilib tashlandi, T. fanini jadallik bilan siyosatlashtirish va gʻoyalashtirish jarayoni yuz berdi, uslubiyatda "sinfiylik" "bir xillik" tamoyili yuzaga kelib "tarixni sinfning oʻzi yaratadi" degan qoida qaror topdi.
Tarix instituti tashkil etilgan dastlabki yillardanoq Oʻzbekiston T.ini yaxlit bir tarzda mujassamlashtirgan koʻp jildlik kitob yaratish ishlari boshlangan edi. Bu ish 1947 y. yakunlanib, 2 jildli "Oʻzbekiston xalklari tarixi" kitobi nashr etildi.
 
20-a.ningasrning 50—80y.larida Oʻzbekistonning oʻrta asrlardagi siyosiy hayoti, ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar, yer va undan foydalanish, agrar munosabatlar, sunʼiy sugʻorish tizimi T.i haqida qoʻlyozma asarlar, hujjatli manbalar, arxeologik va etn. maʼlumotlar asosida yozilgan monografik tadqiqotlar vujudga keldi. T. fanining bu yoʻnalishini oʻrganishga A.A.Semyonov, Ya. Gʻulomov, S. Azimjonova, A. Asqarov, M. Abduraimov, R. G. Mukminova, O. Chexovich, A. Muhammadjonovlar salmoqli hissa qoʻshdilar.
 
Bu davrda Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi mustamlakachiligi T.ini oʻrganishda Sovet mafkurasi rasmiy andozalaridan chetga chiqishga yoʻl berilmadi, T. fani nihoyatda siyosiylashtirilib, ilmiytarixiy tafakkur hukmron mafkura nazorati ostida boʻlganligi tufayli juda koʻp masalalarning asl mohiyatini koʻrsatib berish imkoni boʻlmadi, natijada T.ni soxtalashtirish kuchayib ketdi. 1958 yilda boʻlib oʻtgan "Oʻrta Osiyoni Rossiyaga qoʻshib olishning progressiv ahamiyati". mavzusidagi birlashgan ilmiy sessiyada Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasiga "ixtiyoriy qoʻshilish"i haqidagi uydirma fanga zoʻrlik bilan kiritildi. Bu mavzu tarixi bilan shugʻullangan tadqiqotchilarning muammoni xolisona, haqqoniy yoritish imkoniyatlari cheklab qoʻyildi. Biroq bunday cheklashlarga qaramay, Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davridagi ijtimoiyiqtisodiy hayot, boshqaruv tizimi, mustamlakachilik zulmi hamda unga qarshi qaratilgan milliy ozodlik harakatlari kabi masalalarga doir koʻpgina arxiv materiallari oʻrganildi va ilmiy isteʼmolga kiritildi.
 
T. fanida Sovet davri tarixini oʻrganish ham hukmron mafkura manfaatlariga moslashtirilganligi sababli, Oʻzbekistonda 1917 yilda Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi, uning oʻlkadagi siyosati, mahalliy aholining Sovet hokimiyatiga munosabati va unga qarshi kurashlari, bolsheviklarning amalga oshirgan ijtimoiyiqtisodiy tadbirlari va ularning oqibatlari, madaniyat sohasidagi siyosat, kolxozlashtirish tarixi kabi masalalarning mohiyati haqqrniy yoritilmadi. "Partiyaning rahbarlik va yaratuvchilik roli"ni koʻrsatish T. fanining eng muhim vazifasi deb belgilandi. Bunday yondashuv asosida yaratilgan tadqiqotlar Sovet hokimiyati siyosatini ulugʻlash maqsadlariga xizmat qildi. Sovet mafkurasining tazyiqiga, davr ziddiyatlariga qaramay, tarixchilar tomonidan juda koʻplab arxiv manbalarining ilmiy talqinini mujassamlashtirgan, jumladan, 4 jildli "Oʻzbekiston tarixi" (1967—70 yillar), 1 jildli "Oʻzbekiston tarixi" monografiyalari; Toshkent, Samarkand, Qoʻqon, Andijon, Xiva va Buxoro sh.larining eng qad. davrlaridan to 20-a.asr oʻrtalarigacha boʻlgan tarixiga bagishlangan ilk fundamental asarlar tayyorlandi. Ular Oʻzbekistonning qad. shaharlari tarixini umumlashtirilgan tarzda aks ettirgan tadqiqotlar sifatida qimmatlvdir.
 
80y.larning oxiridagi oshkoralik jarayoni T. fani sohasida taqiklangan, notoʻgʻri talqin qilingan muammolar atrofida munozara, yangi fikrlarni ilgari surish va tadqiqot olib borish imkoniyatini vujudga keltirdi. T. fanining eng dolzarb muammolari, ularni tadqiq qilish usuli va yondashuvlarini aniklab berishga qaratilgan ilmiy anjumanlar tashkil qilindi. Bu davrga kelib Vatan tarixi ning koʻplab yetilgan masalalariga yangicha baho berildi: ilgari "bosmachilik" deb atalgan milliy ozoddik harakatlari, Oʻrta Osiyoning Rossiyaga "qoʻshib olingan"ligi toʻgʻrisida qizgʻin bahsmunozaralar boʻlib oʻtdi; Oʻzbekistondagi jamoalashtirish va sanoatlashtirish tarixi qaytadan koʻrib chiqila boshladi.
Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi mustamlakachiligi va uning salbiy oqibatlari haqida maxfiy arxivlar, yangi tarixiy dalillar, tamomila yangicha yendashuvlar asosida yozilgan asarlar va maqolalar vujudga keldi (H. Ziyoyev, "Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash". XVIII— XX asr boshlari, T., 1998).
 
20-a.dagiasrdagi maʼrifatparvarlik xarakati — jadidchilik mohiyatini oʻrganish T. tadqiqotlarida yangi yoʻnalish boʻldi. Jadidchilikning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy zamini, jadidlarning maʼrifatparvarlik va islohotchilik gʻoyalari, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurashlari tarixi, jadidlar tafakkuri, milliy davlatchilik gʻoyalari yangi ilmiy dalillar asosida nazariy mushohada qilindi (Alimova D., Rashidova D., "Mahmudxoʻja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri", T.,i 1999 va boshqalar).
 
Oʻlkada milliy ozodlik harakatlari, mustaqillik uchun kurash tarixini yorituvchi jiddiy tadqiqotlar yaratildi. Mualliflar boy arxiv manbalarga tayanib, oʻlkadagi milliy ozodlik harakatining paydo boʻlishi, rivojlanishi va magʻlubiyatga uchrashi sabablarini keng ilmiy tahlil qildilar. Mavzu tadqiqotlariga xorij tarixshunosligi ham jalb qilindi, ular taxliliga xolislik mezoni asosida yondashildi. "Bosmachilik" harakatining asl mohiyatini aniklash, istiklolchilik harakati tarixini davrlashtirishga urindilar [mas., "Turkestan v nachale XX veka; k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti", T., 2000; Ziyoyeva D., "Turkiston milliy ozodlik harakati", T., 2000; Rajabov K,., "Buxoroga kizil armiya bosqini va unga karshi kurash: tarix haqiqati (1920—24 yillar)", T., 2002].
6 807

ta tahrir