Hindiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 15:
 
== Tarixi ==
Arxeologik topilmalar Hindistonda odamlar tosh davridayoq yashaganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmi – 2-ming yillikning 1-yarmida Hind daryosi vodiysida yuksak darajada rivojlangan sha\ar madaniyati vujudga kelgan (q. [[Xarappi madaniyati]]). Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida shim.-gʻarbdan Hindistonga oriylar kirib kslib, avval Pan-job, keyinchalik Gang daryosi nodiysida joylashdilar. Miloddan avvalgi 6-asrda shimoliy Hindistonning sharqiy qismida, Gang va Jamna daryolari havzalarida Maga-y\"adavlati boʻlgan. Miloddan avvalgi 6–4-asrlarda iqtisodiy taraqqiyot qad. hind jamiyatida turmush sharoitlarini ancha oʻzgartirdi. Kullar va yollanma ishchilarning mehnatidan dehqonchilik, hunarmandchilik va konchilik ishlarida foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi diniy-sektantlik harakatini paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm dinlari vujudga keldi. Miloddan avvalgi 4-asr oʻrtalarida Nandalar sulolasi davrida qariyb butun Hind daryosining vodiysi magadha davlati tasarrufida boʻlgan. magadha davlati ravnaq topgan davrda Hind daresi havzasining bir qis-mini Axomaniilar bosib oldi. Miloddan avvalgi 327–325 yillarda Hindistonga Iskandar Maqduniy bostirib kirdi. Magadha davlatining bosqinchilik urushlari Mauriylar imperiyasi davrida ham davom etdi. Podsho Ashoka hukmronligida qariyb butun Hindiston va hozirgi Afgʻonistonning bir qismi Mauriylarga qarashli edi. Milodiy 1-asrda Hindiston shim.ning katta qismi kushonlar qoʻl ostiga oʻtdi (q. [[Kushon podsholigi]]). Kushonlar davlati yemirilgach, 4-asrda Hindiston shimolida yana Magadha dalvati ravnaqtopdi. Keyinchalik Guptalar sulolasi davrida shimoliy Hindistonning talaygina qismi – sharqda Bengaliya qoʻltigilan garbda Panjob va Katxiyavar yarim orolgacha boʻlgan hudud Magadha davlati tarkibiga kirdi. Xuddi shu davrda Dekapda Vakata-ka, Pallavlar, Vanga kabi davlatlar mavjud boʻlgan. 2–4-asrlarda bu yerda quldorlik tuzumi yemirila boshlagan. 6–12-asrlarda Hindistonda bir necha davlat mavjud boʻlgan. 7-asrning 1-yarmida mahalliy podsholardan biri Harsha Hindiston shimolidagi bir necha davlatlarni zabt etib, Harsha imperiyasiga asos soldi. Bu imperiya 30 yil hukm surdi. 8-asr boshlarida arablar Sindni bosib oldilar. 11-asr boshlarida Mahmud Gʻaznaviy Hindiston shimoliga bir necha marta hujum qilib, Panjobning bir qismini oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan. 12-asr oxiri – 13-asr boshlarida Hindiston shimolini Gʻuriylar davlati hukmdori Muhammad Gʻuriy zabt etdi. Uning oʻlimidan soʻng Gʻuriy noiblaridan biri Qutbiddin OyboqDe^li sultonligiga asos soldi. 14–15-asrlarda hind rojalarining hokimiyati saqlangan Rajputana (q. [[Rojasthon]]) dan tashqari Hindiston shimolida mustaqil Jaunpur, Bengaliya, Gujarot, Malva hamda Dekanning shim.da Baxmoniy sul-tonligi paydo boʻldi. Afgʻonlarning Loʻdiylar sulolasi hukmronligi davri (1451 – 1526)da Gang daryosi vodiysining talaygina qismi sultonlikka qoʻshib olindi. 15-asr oxirida Hindistonga dastlabki yev-ropalik mustamlakachilar – portugallar kirib keldi va 16-asrning 1-yarmida ular dengiz sohiliga joylashib oldilar. 1526 yil aprelda Zahiriddin Muhammad Bobur panipatdagi jangda Ibrohim Loʻdiyni yengib, Dehli sultonligini egalladi va Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soldi (bu davlat 1858 yilgacha mavjud boʻldi). 17-asr boshlarida Hindistonga Angliya va Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyalari suqilib kirdi va portugallarni Hindiston bilan olib borayotgan dengiz savdosidan mahrum qilib, mamlakatda qator faktoriya (savdo-sotiq punktlari) ocha boshladi. 1664 yil fran-suzlarning Ost-Indiya kompaniyasi ham tashkil etildi. Boburiylar oʻrtasidagi oʻzaro ichki kurash ingliz va fransuzlarning Ost-Indiya kompaniyalariga Hindistonda harbiy ekspansiya uyushtirish imkonini berdi. Hindistonda ustunlikka erishish uchun bu ikki kompaniya oʻrtasida Jaiubiy Hindistonda boʻlib oʻtgan janglar (1756–63) natijasida Angliyaning OstIndiya kompaniyasi gʻolib chiqib, Bengaliyani zabt etdi, Karnatik va Aud xonliklarini oʻz vassallariga aylantirdi. 1803 yil Dehli bosib olingach, boburiy podsholar inglizlar Ost-Indiya kompaniyasiga mutlaq qaram boʻlib qoldi. 1833 yil Ost-Indiya kompaniyasi savdotashkiloti sifatida gugatilib, unga Hindistonni mustamlakachilik asosida boshqarish vazifasi yuk-latildi. Hindiston sskin-asta Buyuk Britani-yaga qishloq xoʻjaligi xom ashyosi yetkazib beradigan bazaga aylanib qoldi. 19-asr oʻrtalarida mustamlakachilarga qarshi xalq qoʻzgʻo-lonlari boʻlib oʻtdi. 1857–59 yillarda boʻlib oʻtgan mashhur sipohiylar qoʻzgʻo-loni (q. [[Hindiston xalq qoʻzgʻoloni]]) Hindistonning keyingi taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. 1858 yil Ost-Indiya kompani-yasi tugatilib, Hindistonni bevosita Buyuk Britaniya idora qila boshladi. 19-asrning 80-yillaridan mamlakatda xalqning norozilik namoyishlari, mitinglar, ish tashlashlar avj oldi. 1885 yil qator millii tashkilotlar birlashib, Hindiston milliy kongressi (HMK)ga uyushdi. 20-asr boshlari unda B. Tilak boshchili-gida soʻl demokratik oqim shakllandi. 1905-08 yillarda milliy ozodlik harakati yanada avj oldi. Ayniqsa, 1908 yilgi Bombay ish tashlashi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Buyuk Britaniya hukumati milliy ozodlik harakatini diniy jamoa belgilari boʻyicha boʻlib tashlashga harakat qildi va 1906 yil Musulmonlar ligasi partiyasining paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. Unga qarshi hindularning Hindu maxasabxa (hindularning buyuk ittifoqi) siyosiy tashkiloti tuzildi. [[Birinchi jahon urushi]] davri (1914– 18)da Hindiston metropoliya tomonida urushda qatnashdi. 1918 yildan mustamlakachilikka qarshi kurash yanada avj oldi. Bu davrda HMK rahbarlaridan biri boʻlgan M.K.Gandi mustamlakachilarga qarshi kurashning satʼyagraxa (kuch ishlatmasdan qarshilik koʻrsatish) shaklini targʻib qildi. Gandi taʼlimoti – gandizm HMK partiyasining rasmiy mafkurasiga aylandi. Ingliz mustamlakachilarining Amritsar qirgʻini (1919 yil aprel)dan soʻng dek.da HMK itoat qilmaslik kampaniyasini avj oldirdi. 1918–22 yillarda ishchilar harakati kuchaydi. 1920 yil Bugun Hin-distop kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi. 1923–27 yillarda milliy ozodlik harakati vaqgincha susaydi. 1927 yil HMKda antiimperialistik kurashni faollashtirish tarafdorlarini birlashtirgan soʻl qanot vujudga keldi. Unga J. Neru va S.Ch.Bos rahbarlik qildilar. 1929–30 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni antiimperi-alistik harakatni yangi bosqichga koʻtardi. 1930 yil HMK M.Gandi rah-barligida yana boʻysunmaslik kam-paniyasini boshlab yubordi. 1931 yil martda HMK rah-barlari mustamla-kachi hukmron doi-ralar bilan muzokara boshladi. Har ikki tomon kelisha olmagach, boʻysun-maslik kampaniyasi davom ettirildi (1934 yilgacha). 1935 yil Angliya parlamenti Hindistonni boshqarish toʻgʻrisida hujjat (qonun) qabul qildi. Bunga koʻra, viloyatlarning muxtor huquqlari bir oz kengaytirildi, ularda mahalliy hukumat tuzildi, lekin hokimiyat ilgarigidek ingliz mustamlakachilari qoʻlida qolaverdi. Mamlakatda bu reaksion hujjatga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtdi. 1936 yil HMK imperialistik kuchlarga qarshi yagona front tuzish vazifasini ilgari surdi. 2-Ikkinchi jahon urushi (1939–45) davrida Hindiston antifashistik koalitsiya tomonida boʻldi. Urush soʻnggida Hindiston bilan Angliya imperializmi oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar keskin kuchaydi. 1946 yil boshida armiya, flot va aviatsiyada inglizlarga qarshi ommaviy chiqishlar boʻlib oʻtdi. 1946 yil 18–23 fevralda Bombaydagi harbiy dengizchilar qoʻzgʻoloni inqilobiy harakatning yuqori choʻqqisi boʻldi. Angliya huku-mati milliy harakat rahbarlari bilan muzokara boshlab, 1946 yil bahorda Hindistonga dominion maqomini berishga qaror qilganligini eʼlon qildi. 1946 yil avgustda J. Neru boshchiligida muvaqqat hukumat tuzildi. Milliy ozodlik haraka-tining avj olib ketishi natijasida ingliz mustamlakachilari Hindistondan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1947 yil 15 avgustda Hindiston hududida ikki mustaqil davlat – Hindiston (asosan, hindulardan iborat) va Pokiston (asosan, musulmonlardan iborat) dominionlari vujudga keldi. Hindistonning birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J. Neru boʻldi. 1950 yil 26 yanvarda Hindiston suveren respublika deb eʼlon qilindi. Mamla-katda agrar islohotlar oʻtkazila boshlandi. Sanoatda davlat sektorini yaratish va uni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligida zamindorlik yer egaligini tugatish yoʻllari bel-gilandi. 1964 yil mayda J. Neru vafotidan soʻng HMK partiyasining ahvoli ogʻirlashdi. 1965 yil kuzda Hindiston – Pokiston mojarosi yuz berdi. 1966 yil Toshkent uchrashuvitsya imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki mamlakat oʻrtasidagi nizolarni hal qilinishiga asos boʻldi. 1966 yil yanvarda L.B.Shastri vafotidan soʻng J.Neruning qizi – I. Gandi Hindiston Bosh vaziri boʻldi. 1977 yil martda parlamentga oʻtkazilgan saylovda Janata parti (partiyasi) gʻolib chiqdi. Bu HMKning keyingi 30 yil (1947– 77) mobaynidagi birinchi yirik magʻ-lubiyati edi. Janata parti yetakchisi M. Desai Hindiston Respublikasining toʻrtinchi Bosh vaziri boʻldi. 1977 yil martdagi magʻlubiyatdan keyin HMK partiyasi inqiroz davrini boshidan kechirdi. Partiyaning bir qancha koʻzga koʻringan rahbarlari Janata partiga oʻtib ketdi. 1978 yil yanvarda sobiq Bosh vazir I. Gandi va uning bir qancha tarafdorlari HMK dan chiqib, yangi partiya – HMK(I)ni tuzdilar. 1980-89, 1991-96 yillar va 2004 yildan HMK [1978 yildan HMK (I)] hokimiyat tepasida. Hindiston - 1945 yildan BMT aʼzosi. 1991 yil 26 dekabrda UzR suverenitetini tan olgan va 1992 yil 18 martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 26 yanvar – Respublika kuni (1950) va 15 avgust – Mustaqillik kuni (1947).
 
== Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyush-malari ==