Jurnal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 9:
J.chilik taraqqiyoti. J.chilik tarixi Fransiyada "Jurnal de Savan" ("Olimlar jurnali"), ("Journal des scavans", keyinroq "Journal des savants") J.dan boshlanadi. Uning birinchi soni 1665 y.ning 5 yanv.da bosmadan chiqqan. Unda adabiyot, falsafa, tabiiy fanlar sohasi boʻyicha Yevropaning turli mamlakatlarida nashr qilingan kitoblar haqida maʼlumotlar bosilgan. Shuningdek, shu yili, Londonda "Filosofishal tranzekshne of Royyal sosayenti" ("Qirollik jami-yatidagi falsafiy oʻzgarishlar") J. nashr qilingan. Turli kitoblar sharhidan iborat boʻlgan bunday J.lar keyinroq Italiya, Germaniya, Ispaniya, AQSH, Vengriya, Rossiya singari mam-lakatlarda ham paydo boʻlgan, faqat mavzular doirasi tor bulganligi uchun bu J.lar omma orasida keng tarqalmagan.
 
J.chilik 19-a.asr 2-yarmida jadal rivojlandi. Bu davrda J. targʻibotining usul va vositalarida ham katta oʻzga-rishlar yuz berdi. J.lar adadi uzluksiz oʻsib bordi. 19-a.asr oxiri va 20-a.asr boshlarida J.larning asosiy turlari shakllandi, rasmli-bezakli ommabop nashrlar yetakchi oʻrin egallay boshladi. 1960 y. oxirida AQSH da 9400, Angliyada 4600, Fransiyada 14600 (bu mamlakatda siyosiy gaz.lardan tashqari, davriy nashrlarning hammasi J.lar roʻyxatiga kiritiladi), GFRda 2200, Yaponiyada 5800 ga yaqin J. nashr qilingan. Ayrim mamlakatlarda (AQSH, Fransiya, Angliya) J.lar kundalik gaz.larga nisbatan tez tarkaladi. Rasmlibezakli ommabop J.lar miqdori va adadi boʻyicha AQSH dunyoda oldingi oʻrinda turadi (1960 y. oxirida "The Reader’s Digest" 17,5 mln.; "Pazad" 8 mln.; "Life" 7,3 mln. nusxada chop qilingan).
 
Oʻzbekistonda J.chilik. Turkistonda davriy matbuotga 19-a.ningasrning soʻnggi oʻn yilligida asos solingan: 1896 y. Toshkentda "Sredneaziatskiy vestnik" ("Oʻrta Osiyo darakchisi") J.ning birinchi soni bosmadan chiqadi. Keyinchalik "Turkestanskiy skorpion" ("Turkiston chayoni", 1907), "Srednyaya Aziya" ("Oʻrta Osiyo", 1912), "Stepnie miraji", ("Sahrodagi sarob", 1914) J.lari nashr qilinadi. Bu J.larda asosan adabiy janrlarda yozilgan asarlar chop etilgan. "Srednyaya Aziya" J.da Turkistondagi mahalliy aholining madaniy hayotiga oid materiallar ham oʻrin olgan.
 
Turkistonda milliy J.chilik tarixiga atokli maʼrifatparvar adib va publitsist Behbudiy asos solgan. Uning muharrirligida 1913—1915 y.larda Samarqand sh.da "Oyina" jur. nashr qilingan. Mazkur J. turkistonliklarni zamonaviy ilmu urfondan, maʼrifatdan bahramand etish, oʻlkadagi milliy taʼlim tizimini isloh qilish kabi davr uchun dolzarb masalalardan bahs yuritgan. Oʻzbek tilidagi ikkinchi J. "Al-Isloh" nomi bilan Toshkentda nashr qilingan.
Qator 19:
20-y.larning 2-yarmida Oʻzbekistonda oʻzbek tilida "Yer yuzi" (hoz. "Guliston"), "Yangi yoʻl" (hoz. "Saodat"), "Maorif va oʻqituvchi", "Yangi kishloq", "Alanga" kabi ijtimoiy-siyosiy va adabiy yoʻnalishdagi yangi J.lar tashkil topdi. "Yer yuzi" oʻzbek tilidagi birinchi rasmli-bezakli ommabop nashr hisoblanadi. 1930 y. boshida u 10000 nusxada chiqqan.
 
2-Ikkinchi jahon urushi yillarida J.lar tarmogʻi keskin qisqardi. Urush tugagach, koʻpchilik J.lar qaytadan chiqa boshladi, yangi J.lar paydo boʻldi. 1975 y.da Oʻzbekistonda jami 134 nomda J. chop qilingan. J.lar faoliyati ham gaz.lar kabi oʻsha davr tuzumi koʻzlagan siyosiy va mafkuraviy maqsadlarga boʻysundirilgan.
 
Oʻzbekistonda davlat mustaqilligi eʼlon qilingach, keng ommaga moʻljallangan mavjud J.lar faoliyati qayta tashkil qilindi. Respublikada jami 165 J. nashr etiladi, ularning yillik oʻrtacha adadi 704,7 ming nusxa (2002). Yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishda, milliy ongni oʻstirishda ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy-badiiy J.lar yetakchilik qilmoqsa. Bu turkumga mansub "Sharq yulduzi", "Guliston", "Saodat", "Muloqot", "Fan va turmush", "Yoshlik", "Mushtum" J.lari katoriga istiklol davri J.lari — "Tafakkur", "Sogʻlom avlod uchun", "Jahon adabiyoti" qoʻshildi.