Internet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 12:
80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.
 
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-a.ningasrning oxirgi oʻn yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha mln.gayetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999).
 
Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning ancha takomillashgan usulini ishlab chikdi. U "World Wide Web" ("Jahon oʻrgimchak uyasi") tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim Internetni oʻziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya texnologiyalari, radio eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz berayotgan joydan toʻgʻridantoʻgʻri olib berishga ham qodir.