Nepal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 21:
18-asr oxiriga kelib, N. hududi gʻarbda Kashmir, sharqda Sekkimgacha kengaydi. 18-asrning 2-yarmidan N.ga Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi xavf sola boshladi. 1814 yil kompaniya gurkhlarni ingliz chegara postlariga hujum qilishda ayblab, N.ga urush eʼlon qildi. N. qoʻshinlari inglizlarning harbiy kuchlariga qarshi tura olmadi. 1816 yil N. Angliya bilan asoratli shartnomaga imzo chekdi. Shartnomaga koʻra, Katmanduda Angliyaning rezidenti boʻlishiga ruxsat etildi; mamlakatning tashqi siyosati butunlay inglizlar nazorati ostiga oʻtdi. 1846 yilda kompaniya Rana urugʻi boshligʻi Jang Baxrdirga davlat toʻntarishi oʻtkazib, hokimiyatni egallashda yordam berdi. Qirol nomigagina davlat boshligʻi boʻlib qoldi. Rana uru-gʻidan chiqqan hokimlar tashqi siyosatda inglizlar koʻrsatmasiga muvofiq ish koʻrdilar. N.ning tashqi davlatlardan ajratib qoʻyilganligi, mamlakat boyliklari chet elga olib ketilishi, mamlakatning geografik va iqtisodiy jihatdan ajralganligi ishlab chiqa-ruvchi kuchlarning rivojlanishiga toʻsqinlik qildi.
 
2-Ikkinchi jahon urushidan soʻng Osiyo mamlakatlaridagi milliy ozodlik kurashining muvaffaqiyatlari va mustamlakachilik siyosatining inqirozi N. xalqiga qaramlikdan qutulish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Hindistondagi nepallik siyosiy muhojirlarning faoliyati kuchaydi. Kalkuttada N. milliy kongressi partiyasiga asos shtili (1947). Rana hukmronligiga qarshi birlashgan front tuzildi va uning harakati natijasida Rana hukmronligi tugatildi (1951). 1951 yil 18fev.dabosh vazir mansabining nasldan naslga utishi bekor qilindi. N.ning muvaqqat kon-stitutsiyasida partiya va tashkilotlar tuzish huquqi, umumiy saylov huquqi eʼlon qilindi. 1959 yil parlamentsaylo-vida N. kongressi partiyasi gʻalaba qozondi. Bu hukumat yer islohoti oʻtkazish, maʼmuriy apparatni va sud ishlarini qayta tashkil etish, mexnatkashlar ahvo-lini yaxshilashga vaʼda qildi, lekin ularni amalga oshira olmadi.
 
Ijtimoiy va iqtisodiy nizolar keskinlashgan sharoitda qirol Mahendra Bir Bikram Shoh Dev (1955—72 yillar N. qiroli boʻlgan) parlament va hukumat aʼzolarini tarqatib, butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi (1960 yil 15 dek.). Barcha siyosiy partiya va tash-kilotlarning faoliyati taqiklandi. Yangi konstitutsiya (1962)ga muvofiq, N.da panchayatlar — mahalliy va mar-kaziy hokimiyat (Milliy panchayat) ijroiya organlari tartibi oʻrnatildi. Hukumat nazoratidagi dehqonlar, ishchilar, yoshlar, xotin-qizlar, bolalar tashkilotlari tuzildi. Balogʻatga yetmaganlarni nikoxdan oʻtkazish, turli mehnat majburiyati, majburiy mehnat shakllari taqiqlandi, kasta (tabaqa) tizimi bekor qilindi. N. — 1955 yildan Qoʻshilmaslik harakati, 1956 yildan BMT aʼzosi. N. qirolligi 1992 yil 2 yanvarda OʻzR suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami — 28 dek. — qirol tugʻilgan kun (1945).