Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
 
== Tarixi ==
Mavrikiy o. arab sayyohlarining esdaliklarida Dina Arobi (Kumush o.) nomi bilan tilga olinadi (10-asr). Orolda odam yashamagan. 16-asr boshlarida dastlab portugallar kelib oʻrnashdi. 1958 yil orolni gollandlar egalladi va shahzoda Morits (Oranlik) sharafiga Mavrikiy deb atadi. Gollandiya hukmronligi davrida orolga Sharqiy Afrikadan qullar keltirildi. 1715 yildan orol Fransiya, 1810 yildan Angliya hukmronligida boʻldi. 1814 yildan esa rasman Angliya mustamlakasiga aylandi. Mavritsiya aholisi koʻp yillar davomida mustamlaka tuzumiga qarshi tinmay kurash olib bordi. 1935 yil Mavritsiyada kasaba uyushmalari yuzaga keldi, 1936 yil dastlabki siyosiy partiya — oʻrta va mayda burjuaziyaga tayanuvchi Leyboristlar partiyasi tashkil topdi. 2-Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan soʻng mustamlakachilikka qarshi kurash yanada kuchaydi. Natijada Buyuk Britaniya maʼmuriyati bir oz yon berishga majbur boʻldi. Qonun chiqaruvchi kengashning huquqi kengaytirildi, umumiy saylov huquqi joriy etildi. 1968 yil 12 martda Hamdoʻstlik doirasidagi mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Ammo hali Oliy hokimiyatni Buyuk Britaniya qirolichasi tayinlaydigan general-gubernator idora qilar edi. Nihoyat, 1992 yil 12 martda mamlakat respublika deb eʼlon etilib, Mavritsiya Respublikasi nomini oldi. Mavritsiya — 1968 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 mart — Mustaqillik kuni (1968) va Respublika kuni (1992).
 
== Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
6 807

ta tahrir