Sankt-Peterburg: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 35:
'''Sankt-Peterburg''' (Peterburg) (1914—24 yillarda Petrograd, 1924—91 yillarda Leningrad) — RFdagi shahar, Leningrad viloyati markazi, federal ahamiyatga ega shahar. Rossiyaning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazlaridan biri, mamlakatning eng yirik transport tuguni. Transport yoʻli va avtovokzallar, xalqaro aeroport bor, dengiz porti, qahramon shahar, Volga — Baltiysk suv yoʻlining oxirgi punkti. Neva boʻyi pasttekisligining gʻarbiy qismida, Fin qoʻltigʻiga Neva daryosi quyiladigan yerda va Neva deltasidagi 42 orolda joylashgan. Iklimi dengiz iqlimi, qishi yumshoq, yozi nisbatan salqin, obhavosi oʻzgaruvchan. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —7,9°, iyulniki 17,7°. Yillik yogʻin 585 mm. Yozning 1-yarmida "oqtunlar" hodisasi kuzatiladi. S.P. hududi 570 km² (Sankt-Peterburg shahar maʼmuriyatiga qarashli shaharlar va shaharchalar hududi bilan birga 1350 km²dan ziyod). Aholisi 4188,6 ming kishi (S.P. shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlaribn 4748,5 ming kishi, 1998). Shahar chegarasi doirasida 40 dan ziyod dare va 20 dan ziyod kanal mavjud (umumiy uz. 160 km dan ortiq). Neva daryosining shahar hududidagi eni 340–650 m, chuq. 14–23 m. S.P. hududining ancha qismi dengiz sathidan 1,2–3 m dan baland boʻlmagan tepaliklarda joylashgan. Shu bois shaharning bu tumanlarida, asosan, Fin qoʻltigʻining sharqiy qismida shamol taʼsirida suv bosishi xavfi bor. S.P.ni suv bosishidan himoyalash uchun Neva va Fin qoʻltiqlari chegarasida 1980—90 yillarda gidrotexnik majmua qurilgan.
 
S.P. joylashgan hudud 9—10-a.lardaasrlarda novgorodliklarga qarashli (13-a.danasrdan Ijora yeri nomi bilan mashhur) boʻlgan. 15-a.daasrda S.P. oʻrnida Novgorod Respublikasiga qarashli qishloqlar joylashgan. 1478 yilda Rus davlati tarkibida. 17-a.asr boshlarida shvedlar Neva sohillarini ishgʻol qilib, Oxta daryosining quyilish joyida Niyenshans qalʼasini bunyod etdilar. Rus qoʻshinlari 1703 1(12) mayda bu kalʼani ishgʻol qildilar va 16 (27) mayda Pyotr I Zayachiy o.da SanktPiterBurx (keyinroq Petropavlovsk) kalʼasiga asos soldi. 1703—04 yillarda Kotlin o.da Kronshlot qalʼasi bunyod etilgan (1723 yildan Kronshtadt). 1704 y. Nevaning chap sohilida Bosh Admiralteystvoga asos solindi. 1705 yilda uning atrofida Admiralteystvo qalʼasi qad koʻtardi.
 
S.P.ga asos solinishi Rossiyaning Boltiq dengiziga va u orqali Yevropaga chiqish uchun olib borgan kup yillik kurashi samarasi boʻldi. Shahar sanoat markazi sifatida tez oʻsdi. 18-a.asr oxiridayoq shaharda 160 sanoat korxonasi bor edi. 1708 yildan S.P. Ingermanland, 1710 yildan S.P. gubernyasi markazi. 1712—28 va 1732—1918 yillarda — Rossiya poytaxti. Bu yerda podsho saroyi (1712 yildan), Senat (1713 yildan), kollegiyalar (1718 yildan; 1802 yildan vazirliklar) va boshqa davlat muassasalari joylashgan.
 
Shahar mamlakatning siyosiy, sanoat, ilmiy va madaniy markazi sifatida rivojlandi. 1710 yilda Troitsa va Muqaddas Aleksandr Nevskiy monastiriga asos solindi (1797 yildan Aleksandr Nevskiy lavrasi). 1712—13 yillarda Rossiya imperatorlarining xilxonasiga aylangan Petropavlovsk sobori kurildi. 1711 yilda Rossiyadagi birinchi hukumat bosmaxonasi ochiddi. 1714 yilda Pyotr I ning shaxsiy kolleksiyasi asosida Rossiyadagi birinchi muzey — Kunstkamera faoliyat koʻrsata boshladi. 1725 yilda mamlakatning bosh ilmiy markazi Peterburg FA taʼsis qilindi. 1756 yilda Rossiyadagi birinchi doimiy, ommaviy teatr tashkil etildi. 1757 yilda Rossiya tasviriy sanʼatining taraqqiyotida katta mavqega ega boʻlgan Peterburg tasviriy sanʼat akademiyasiga asos solindi. 18-a.asr oʻrtalarida Smolniy monastiri ansambli, kishki saroy qad koʻtardi. 1814 yilda mamlakatda birinchi boʻlgan jamoat kutubxonasi (hozirgi Rossiya milliy kutubxonasi) ochilgan.
 
19-a.daasrda va 20-a.asr boshlarida S.P. — siyosiyjamoat tashkilotlari va harakatlarining bosh markazi. 1825 y. 14 dek. da shaharning Senat maydonida podsho hukumatiga qarshi qaratilgan birinchi qurolli chiqish — dekabristlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. 1881 y. 1 martda "Narodnaya volya" terrorchilari tomonidan imperator Aleksandr II otib oʻldirildi. 1905 y. 9 yanv.da xalq namoyishi qatnashchilari otib tashlandi. 1-Birinchi jahon urushi boshlanishidan keyin 1914 yilning 1 avg .da shaharga yangi "Petrograd" nomi berildi. 1917 yilda Petrogradsa Fevral inqilobi va Oktyabr toʻntarishi sodir boʻldi. Chor hukumati agʻdarilgandan keyin shaharda Rossiya Vaqtli hukumati organlari joylashgan. 1917 y. okt.da Petrogradda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1918 yildan poytaxt Moskvaga oʻtkazilishi bilan shahar oʻz mavqei boʻyicha mamlakatning 2shaxri boʻlib qoddi. 1924—91 yillarda Leningrad deb yuritildi. 1927 yildan Leningrad viloyati markazi, 2-Ikkinchi jahon urushi yillarida shahar nemis fashistlari va fin qoʻshinlari tomonidan qamalda boʻldi (1941 y. 8 sent. 1944 y. 27 yanv.). Urush davrida Leningrad ogʻir talafot koʻrdi. Rasmiy maʼlumotlar boʻyicha ochlikdan 641 ming (tarixchilar hisobi boʻyicha 800 mingga yaqin) leningradlik halok boʻdsi 1945 yilda Leningradga "Qaxramon shahar" unvoni beriddi.
 
1991 yilda shahar qaytadan oʻzining tarixiy "Sankt-Peterburg" nomi bilan ataldi.
Qator 47:
S.P. — yirik mashinasozlik va fantexnika bilan bogʻliq sanoat tarmoklari markazi (kemasozlik, energomashinasozlik, priborsozlik, radioelektronika va mudofaa bilan bogʻliq sanoat korxonalari mavjud); qora va rangli metallurgiya, kimyo, yengil, oziq-ovqat, poligrafiya sanoatlari bor. 1955 yildan metropoliten ishlaydi.
 
S.P.da Rossiya FAning ilmiy markazi, koʻp sonli ilmiy tadqiqot intlari, 43 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, untlar, konservatoriya faoliyat) koʻrsatadi. Shaharda 20 teatr (shu jumladan, Mariinskiy, M. P. Musorgskiy nomidagi opera va balet teatrlari, Katta dramatik teatr va boshqalar), filarmoniya, sirk, 47 muzey (shu jumladan, Ermitaj, Rus muzeyi, Sankt-Peterburg tarixi muzeyi, Rossiya FAning Buyuk Pyotr nomidagi antropologiya va etnografiya muzeylari) ishlab turibdi. S.P.da 18—19 a.larga oid meʼmoriy ansambllar: Petropavlovsk qalʼasi majmuasi, Aleksandr Nevskiy lavrasi, Smolniy, Vasiliy oroli yoyi (Birja binosi bilan birga), Qishki saroy, Aleksandr ustuni va Bosh shtab arkasi bilan birga Saroy maydoni, Pyotr I ga oʻrnatilgan haykal va Isaakiyevskiy sobor bilan birga Dekabristlar (avvalgi Senat) maydoni; Nevskiy prospekt ansambli: Kozon sobori, meʼmor Rossi koʻchasi bilan birga Rossiya akademik drama teatri va Rossiya milliy kutubxonasi, Mars maydoni, Yozgi bogʻ va muhandislik qasri mavjud. Klassitsizm va ampir uslubida qurilgan yodgorliklardan: Tasviriy sanʼat akademiyasi, Konchilik instituti, Narva darvozalari binolari, koʻpriklar saqlangan. 1960 yilda Piskaryov qabristonida meʼmoriymemorial majmua bunyod etildi. S.P. atrofida: Petrodvorets (Petergof), Pushkin (Sarskoye Selo), Pavlovsk, Gatchinada saroypark ansambllari (18— 19-a.larasrlar) bor. S.P. — Rossiya va xalqaro turizmning muhim markazi. 2003 yilda S.P.ning 300 y.lik yubileyi keng nishonlandi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Yana