Saudiya Arabistoni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 23:
 
== Tarixi ==
Saudiya Arabistoni hududida qadimdan (mil. av. 2ming yillik) koʻchmanchi arab qabilalari yashab kelgan. Mil. 7-asrda Arabiston ya.o.ning gʻarbiy qismi (Hijoz)da islom paydo boʻlib, poytaxti Madina sh. boʻlgan ilk musulmon teokratik davlati — Arab xalifaligi yuzaga keldi. 7—8-asrlarda S.A. hududining koʻp kismi Umaviylar, 8-asr 2-yarmi — 9-asrlarda Abbosiylar xalifaligiga qaragan. 10—12-astlarda Arabiston ya.o.ning bir qismida mustaqil amirlik, sultonliklar paydo boʻlgan. Xijoz Fotimiylar, soʻngra Ayyubiylar, 13-asrning oʻrtalari — 16-astning boshlarida mamluklarta qaram boʻlgan. Hijozning iqtisodiy va diniy-siyosiy jihatdan mavqei yuqoriligi tufayli xalifalar bu yerda oʻz hukmronliklarini saklab qolishga urinishgan. 16-asr boshlarida Hijozni Usmonli turklar oʻz tasarrufiga olgan. 18-asr ga kelib Najdda vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi paydo boʻldi. Najd oʻzining nisbatan mustaqilligi bilan ajralib turgan. Najd amirliklaridan biri Diriya xrkimi Muhammad Ibn Saud (Saudiylar sulolasi boshligʻi) 1745 yil Arabistonni vahxrbiylik shiori ostida birlashtirishga harakat qildi. 19-asrning boshlariga kelib Arabistonning talay qismi Saudiylar davlatiga birlashtirildi. Bu davlat — birinchi Saudiylar davlati (1745—1811) hisoblanadi. 1811 — 18 yillarda Arabiston yarim orolning koʻp qismi Misr poshosi Muhammad Ali qoʻshinlari tomonidan egallab olindi va Saudiylar davlati parchalab yuborildi. 1843 yil Faysal ibn Turki boshchiligida saudiylar mahalliy qabilalar koʻmagida Najdni ikkinchi marta egallashdi. ArRiyod sh. poytaxtga aylantirildi. Barpo etilgan davlat — saudiilarning ikkinchi davlati hisoblanadi (1843—65). 1840 yildan soʻng ham Hijoz turklar qoʻlida qolaverdi. 19-asrning 2-yarmida vahhobiylar davlati Shammar hukmdori boʻlgan Rashidiylar tomonidan bosib olindi. 1902 yil amir Ibn Saud Kuvayt hukmdori Muborak yordamida ArRiyodni egallab, Rashidiylarga zarba berdi, keyinchalik Najdda Saudiylar hukmronligini tikladi. Abdulaziz ibn Abdurahmon (Ibn Saud) Ol Saudlarning uchinchi davlatiga asos soldi (1902 yildan). Mustamlakachilik maqsadlarini koʻzlagan Buyuk Britaniya 1915 yil dekabrda Angliya — Saudiya bitimining imzolanishiga erishdi. Bitimga muvofiq, Buyuk Britaniya Najd mustaqilligini tan olib, Ibn Saudga subsidiya, qurolyarogʻ bilan yordam beradigan boʻldi. Biroq Najdni Turkiyaga qarshi urushtirishga muyassar boʻlmadi. Ayni vaqtda (1915) Misrdagi ingliz komissari MakMagon bilan Makka (Hijoz) sharifi Husayn oʻrtasidagi maxfiy yozishmalar natijasida bir bitimga kelishilib, unga muvofiq, Husayn arablarni Turkiyaga karshi otlantirishga vaʼda berdi. Buning evaziga Buyuk Britaniya Husayn boshchiligidagi boʻlajak arab davlatining mustaqilligini tan olmoqchi boʻldi. 1916 yil Husaynning oʻgʻli amir Faysal qoʻshinlari ingliz razvedkachisi T. E. Lourens rahbarligida Turkiyaga qarshi harbiy harakat boshladi. 1918 yil Husayn "arablar podshosi" degan unvonni oldi. Lekin Antanta davlatlari uni faqat Hijoz podshosi deb tan olishdi. 1-Birinchi jahon urushi tugagach, Ibn Saud Arabistonni birlashtirishni davom ettiraverdi. 1920 yil u Asirning bir qismi ustidan hukmronlik oʻrnatdi (Asirning hammasi 1930 y. boʻysundirildi). 1921 y. Shammarni boʻysundirdi. Yangi davlatning kuchayishini xohlamagan Buyuk Britaniya 1922 y. oʻzining gumashtalari (sharif Husaynning oʻgʻillari) — Iroq qiroli Faysal va Movarourduniya (Transiordaniya) amiri Abdullohni Ibn Saud davlatiga qarshi chiqishga undadi. Saudiylar magʻlubiyatga uchradilar va bu Ibn Saudni 1922 yil Uqayrada Iroq bilan Kuvayt oʻrtasidagi chegarani belgilash haqidagi shartnomani imzolashga majbur etdi.
 
Natijada chegara, yaʼni betaraf mintaqa barpo etiddi. 1924—25 ylarda Ibn Saud Hijozni Najdga qoʻshib oldi. Birinketin Toif, Makka, Jidda va Madina qoʻlga kiritildi. 1926 yil yanvar da u oʻzini Hijoz podshosi, Najd va boshqa qoʻshib olingan viloyatlarning sultoni deb eʼlon qildi. 1927 yil Buyuk Britaniya yangi Saudiylar davlatini tan olishga majbur boʻldi. 1932 yildan boshlab mamlakat S.A. Podshohligi deb ataladigan boʻldi. 1934 yil S.A. va Yaman oʻrtasida boʻlib oʻtgan va Yamanning magʻlubiyati bilan tugagan urush natijasida S. A. Asir, Jizana va Najdning bir qismini oʻz tarkibiga kiritdi.
 
2-Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45) da S.A. Germaniya (1941) va Italiya (1942) bilan diplomatik aloqani uzdi, ammo urushda qatnashmadi. Urush oxiriga kelib S.A. da AQSH taʼsiri kuchaya boshladi. 1943 yil AQSH Saudiya Arabistoni bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi va S.A. ga lendliz (biror shart bilan qarz berish) qonunini joriy etdi. AQShning ARAM KO neft kompaniyasi 1972 yilga qadar neft qazib olish ishlarini bajarib keldi. 1962 yil Saud amaldagi hokimiyatni amir Faysalga topshirishga, 1964 yil 2 noyabrda esa Faysal foydasiga taxtdan voz kechishga majbur boʻddi. Faysal hukumati xalq xoʻjaligi (yangi sanoat korxonalarini barpo etish va h.k.), xalq taʼlimi sohasida bir qancha islohotlar oʻtkazdi. 1960 yillarning 2-yarmidan S.A. tashqi siyosati 2 xil yoʻnalishda boʻldi. Bir tomondan musulmon davlatlari tashkiloti — Islom paktini tuzib (1966), kommunizmga qarshi harakatni qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, ikkinchi tomondan Isroil agressiyasiga duchor boʻlgan arab mamlakatlari (Misr, Suriya va Iordaniya)ga moliyaviy yordam bera boshladi. 1973 yilgi Yaqin Sharkdagi harbiy tanglik paytida S.A. oʻz qoʻshinlari bilan arab mamlakatlari tomonida turib urushda qatnashdi va Misr hamda Suriyaga qaytarib olmaslik sharti bilan moliyaviy yordam berdi; Isroilni quvvatlayotgan mamlakatlar — AQSH, Gollandiyaga neft sotishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi. 1974 yil oktabr oyida Rabotda boʻlib oʻtgan arab mamlakatlari rahbarlarining konferensiyasida S.A. Falastin Ozodlik tashkilotini tan oldi. 1975 yil 25 martda podshox. Faysal oʻldirilgach, uning oʻrniga Xolid ibn Abdulaziz podshoh boʻddi. 1982 yil iyunda PodshohXolid bin Abdulaziz vafotidan keyin uning oʻrniga Faxd bin Abdulaziz taxtga oʻtirdi. S.A. — 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil fev,da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 23 sentabr — Podshohlik eʼlon qilingan kun (1932).
 
== Xoʻjaligi ==
Iqtisodiyotining asosi — neft va gaz sanoati. 2-Ikkinchi jahon urushiga qadar S.A. xoʻjaligida chorvachilik ustun boʻlgan. Urushdan keyin neft qazib olish va eksport qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Neft va neft mahsulotlaridan keladigan daromad 5 yillik rejalar doirasida sanoatni rivojlantirishga katta mablagʻ ajratish imkonini berdi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 53%, qishloq xoʻjaligi ulushi 6%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi ulushi 41% ni tashkil etadi. Saudiya Arabistoni yalpi xdjmining 35% xususiy sektorga toʻgʻri keladi.
 
== Sanoati ==
Qator 55:
 
== Adabiyoti ==
Hozirgi S.A. hududidagi qad. va oʻrta asr adabiyoti arab madaniyati oʻzanida rivojlandi. Hijozda 5— 7-asrlarda badaviylar sheʼriyati (ImruulQayS) rivojlandi, 7-asrning 1-yarmida esa "Qurʼon" xatga tushirildi. Badaviylar sheʼriyati namunalari va "Qurʼon" mumtoz arab tilini namoyon etuvchi buyuk manba hisoblanadi. Arab xalifaligi tashkil topishi, 7-asrning 20 yillarida adabiy hayot markazlarining oʻzgarib turishi (Damashq, Bagʻdod, Kohira va boshqalar) S.A. da adabiyot rivojini birmuncha sustlashtirdi. Vahhobiylar mafkurasi va konservativ jamiyat tuzilishi yangi adabiyot rivojini uzok, vaqtgacha toʻxtatib qoʻydi. Qoʻshni arab mamlakatlarining taʼsirida 20-asrning 20 yillaridan bir qancha shoir, jurnalist, yozuvchilar yetishib chiqdi. Ularning asarlarida maʼrifatparvarlik, romantik va realistik yoʻnalishlar uygʻunlashgan edi. Muhammad Surur asSabbon va Muhammad Hasan Avvad romantik yoʻnalish asoschilari hisoblanadi. Husayn Sirxan, Muhammad Hasan Fiki, Muhammad alAmir arRumeyxa kabi shoirlar mazkur yoʻnalishda ijod qilgan shoirlardir. Mehnatkash xalq hayotini, jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizliklarni fosh etish Ahmad Abd alGʻafur Attor ijodida muxim oʻrin tutadi. 2-Ikkinchi jahon urushi (1939—45) dan keyingi davr nasrida Amin Salom Rumayha, Abdulla Munaa, Yusuf bin ashShayx Yaʼqub hikoyalari, Hasan Nosif, Abd asSalom Hoshim Hofiz qissalari realistik yoʻnalishga ega. Realist yozuvchilar asarlarida sentimentalizm ruhi kuchli. 1957 yil Abd asSalom Hoshim Hofizning xotin-qizlar huquqini himoya etishga bagʻishlangan "Hijozlik Samro" nomli birinchi romani nashr etildi. 50 yillardagi publitsistika va adabiy tanqidda Muhammad Hasan Avvad, Abdulla bin Xalis, Saod alBovaridiy, Abdulla Abd alJabbor va boshqa ijodi muhim ahamiyatga egadir.
 
Hikoya janri yaqinda paydo boʻlgan boʻlsa ham, S.A. adabiyotida yetakchi oʻrinni egallaydi. Ahmad asSiboi, Hamid Damanquri hikoya janrining asoschilari hisoblanadi. Ahmad AsSiboining "Egizaklar" asari bu janrda yaratilgan birinchi asardir. Novella janri ham yangi janrlardan hisoblanadi. Husayn Ali Husayn, Muhammad Ulvan, Ali Xasuna, Siboi Usmon, Muhammad alMansura ashShakxa mazkur janrda samarali ijod qilmoqdalar. 80y.lardagi publitsistika va adabiy tanqidda Ahmad Abd alGʻafur al Attar, Muhammad Abdo Yamanini alohida koʻrsatish mumkin.