Senegal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 11:
 
==Tarixi==
S. hududida paleolit davrida manzilgoxlar paydo boʻlgan. Oʻrta asrlarda bu yerlar toʻla yoki qisman Gana, Mali, Songay davlatlari tarkibiga kirgan. 9—18-a.lardaasrlarda S hududida bir necha davlat paydo boʻlgan. 15-a.daasrda bu yerga portugallar bostirib kirib, fil suyagi, aqoqiyo, oltin qumni tashib keta boshlagan, 16-a.danasrdan qul savdosini avj oldirgan. 17-a.danasrdan fransuzlarning kirib kelishi boshlangan. 1895 y. S hududi Fransuz Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. 1-Birinchi jahon urushidan keyin S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. 1939— 45 yillardagi 2-Ikkinchi jahon urushi vaqtida S. hududi "Ozod Fransiya"ning tayanch bazalaridan biri, ittifoqchilarning muhim harbiydengiz bazasi boʻldi. Urushdan soʻng S.da milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1958 y. referendum natijalariga koʻra, S. Fransiya hamjamiyati tarkibidagi oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublikaga aylandi. 1959 y. yanv.da S va Fransiya Sudani Mali Federatsiyasiga birlashdi. 1960 y. 4 apr.dagi bitimga muvofiq, Federatsiyaga mustaqillik berildi. 20 avg .da S. Federatsiyadan chikdi va mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. S. 1960 yildan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 4 apr. — Mustaqillik kuni (1960).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Sotsializm va birlik harakati partiyasi, 1981 y. asos solingan; Demokratik ittifoq — Mehnat partiyasini tuzish harakati partiyasi, 1974 y. tuzilgan; Milliy demokratik birlashma partiyasi, 1976 y. tashkil etilgan; Mustaqillik va mehnat partiyasi, 1957 y. asos solingan sobiq S. mustaqilligi afrikaliklar partiyasi yoʻlining davomchisi, taʼsis qurultoyi 1981 y. oʻtkazilgan; S. demokratik partiyasi, 1974 y. tuzilgan; S. sotsialistik partiyasi, 1948 y. asos solingan; Demokratik yangilanish partiyasi, 1997 y. tashkil etilgan. S. meqnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1969 y. tuzilgan.
Qator 24:
Matbuoti, radioeshittirishi va telakoʻrsatuvi. Eng muhim gaz. va jur.lari: "Soley" ("Quyosh", kundalik umummilliy gaz., 1970 yildan), "Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Senegal" ("Senegal Respublikasining rasmiy gazetasi", hukumatga qarashli haftalik rasmiy xabarnoma, 1856 yildan), "Sopi" (haftalik gaz.), "Daan doole" ("Mehnatkash", oylik gaz., 1982 yildan), "Karfur" ("Chorraha", 2—3 oyda bir marta chiqadigan gaz., 1984 yildan), "Politisyen" ("Siyosatchi", oylik hajviy gaz., 1977 yildan), "Yunite Afriken" ("Afrika birligi", oylik gaz., 1974 yildan), "Afrika" (oylik jur., 1962 yildan), "Gestu" ("Tadqiqot", 2 oyda bir marta chikadigan nazariy jur.), "Taksau" ("Qoʻzgʻol", oylik jur., 1977 yildan), "Etiopik" (oylik ijtimoiy-siyosiy va adabiy jur., 1975 yildan). S. axborot agentligi — SAA — hukumat axborot agentligi; S. radioeshittirish va telekoʻrsatuv boshqarmasi — xukumat mahkamasi, 1972 y. tuzilgan.
 
Adabiyoti fransuz va mahalliy tillarda. S.da baxshigriotlar ijro etadigan qad. ogʻzaki sheʼriy anʼana mavjud. Mustaqillik eʼlon qilingandan keyin mahalliy milliy tillarda yozuv paydo boʻla boshladi. Bakari Dialloning oʻz hayoti asosida yozgan "KuchSahovat" qissasi (1926, birinchi adabiy asar hisoblanadi)dan soʻng Usmon Sose Diopning "Karim" (1935), "Parij saroblari" (1937) romanlari bosilib chiqdi. 2-Ikkinchi jahon urushidan soʻng adabiyotning rivoji jadallashdi. L. Sengorning chuqur milliy sheʼriyati xalqni ozodlik kurashiga ruhlantirdi. 50—60y.larda Abdulay Saji, Shayx Hamidu Kan, U. Semben romanlari dunyo yuzini koʻrdi. U. Semben "Vatanim mening , oʻktam xalqim mening", "Harmattan — issiq shamol" romanlarini milliy ozodlik kurashi mavzuiga bagʻishladi. Yosh avlodga mansub shoirlardan Malik Fall va Ibrohim Sourang , dramaturglardan Lamin Diakxate, Amadu Sisse Dia, Mamadu Traore Diop va Sheyk Ndaolar ijtimoiy muammolarga, xalqning qahramonona oʻtmishiga koʻp eʼtibor berdilar.
 
==Meʼmorligi va tasviriy sanʼati==
Oʻrta asrlar madaniyat yodgorliklaridan unchalik baland boʻlmagan doirasimon daxmalar, toʻgʻri burchakli va doira kesimli megalitmengirlar (12—14-a.larasrlar, Tambakunda yaqinida), zoʻr mahorat bilan ishlangan zargarlik buyumlari: kumush va tilla marjonlar, turli zebziynatlar, sopol va mis idishlar saqlanib qolgan. Aholining turar joylari shoxshabbadan toʻrtburchak shaklda ishlangan tomi toʻrt nishabli chaylalar boʻlib, sirti va ichi loy bilan suvaladi (garbiy tumanlarda), aylanma shakldagi kulbalar tomi konus tarzida oʻtoʻlan bilan yopiladi, toʻgʻri burchakli bostirma kulbalar ham uchraydi (sharqiy tumanlarda). Peshayvon bilan oʻralgan choʻziq doirasimon turar joylar jan. tumanlarga xosdir. Ularning old tomoni qizil va koʻk rangda jonivorlar va zamonaviy texnika — samolyot hamda paroxod rasmlari bilan bezatiladi. S.ga islom dini kirib kelishi tufayli machitlar kurila boshladi. Ular orasida Tubadagi taqasimon ravokdi machit diqqatga sazavordir. U hovlisining atrofi peshayvonlar va toʻrt tarafi 8 qirrali minoralardan iborat qilib, Shim. Afrikaning oʻrta asrlar meʼmorligi uslubida qurilgan. 20-a.daasrda shaharlarda (asosan, Dakarda) zamonaviy turar joylar, f-ka, meqmonxona, maʼmuriy binolar qurishga kirishildi. Koʻp qavatli uylar oftob toʻsqich qurilmalar bilan tropik iqlimga moslab fransuz funksionalizmi ruhida qurildi. 1960 yildan keyin 1 — 2 qavatli beton uylardan iborat ishchi shaharchalari barpo etish avj oldi. Mamlakatda anʼanaviy badiiy xunarmandchilik (yogʻochdan roʻzgʻor anjomlari va mebel, sopoldan turli idish va bezak buyumlari, novdadan savat, sumka, belbogʻlar, timsoh va ilon terisidan buyumlar yasash), badiiy toʻquvchilik urf boʻlgan. Ular "Dakar rassomlik maktabi" uslubida ziynatlanadi.
 
==Musiqasi==
S. musiqasi qadimdan Gvineya, Mali, SyerraLeone va boshqa mamlakat xalqlari musiqasi bilan birga rivojlanib kelgan. 12-a.danasrdan arab, 15— 16-a.lardanasrlardan yevropaliklar musiqasi taʼsiri sezila boshlagan. S. xalqining cholgʻu asboblari: yumaloq qovoq pustidan yasalgan barabanlar, kum soat shaklidagi 2 membranali baraban, shaqildoq, tartarak, qoʻngiroq; turli ksilofon, balafon, fleytalar ham keng tarqalgan. Mehnat, sevgi qoʻshiqlari, bolalarga atalgan ashulalar, ajdodlar ruhini ulugʻlovchi tarixiy ertak qoʻshiqlari, raqsga moslab aytiladigan marosim qoʻshiklari mavjud. Aksariyat bir ovozlilik, faqat jan. xalqlarida koʻp ovozlilik S. musiqasiga xos xususiyatdir. Anʼanaviy musiqaning asosiy ijrochilari griotlardir. 20-a.ningasrning 60y.laridan musiqa sanʼati muammolari bilan shugʻullanuvchi oʻquv va ilmiy muassasalar paydo boʻla boshladi. Radioeshittirish (1926 yildan) va telekoʻrsatuv (1964 yildan) musiqiy eshittirishlarga katga eʼtibor beradi. Dakarda turli sanʼat festivallari oʻtkazib turiladi.
 
Teatrining rivojlanishida xalq baxshilari — griotlar koʻp ijodiy mehnat qildilar. Dastlabki teatrlar maktablarda tashkil etildi. 1933 y. Dakardagi Uilyam Ponti nomidagi maktab teatrida Afrika hayotidan hikoya qiluvchi spektakllar fransuz tilida sahnalashtirildi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, S. teatri rivojlanib, Afrika mamlakatlari orasida yetakchi boʻlib qoldi. 1961 y. Milliy balet ansambli tashkil etildi, uning dasturida raqs, pantomima, musiqali drama va vokal sahnalar bor. 1965 y. Dakarda milliy teatr binosi qurildi. Havaskorlik teatri rivoj topdi. 1969 y. Havaskorlik teatri federatsiyasiga aylantirildi.
 
==Kinosi==
20-a.ningasrning 50y.larida Fransiyada taʼlim olayotgan afrikalik talabalar hayotini tasvirlovchi "Senadagi Afrika" (1955, rejissyorlar P. Vyeyra, M.Sarr) filmi S. kinematografiyasi boshlanishiga turtki boʻldi. S. mustaqilligi eʼlon qilingach, "Millatning tugʻilishi" (1961) va "Lamb" (1963, rejissyor P. Vyeyra), "Tubadagi katta ibodatxona" (1961, rejissyor B. Sengor) va boshqa hujjatli filmlar yaratildi, ularda xalqning mustaqillik va milliy madaniy anʼanalar uchun kurashi aks ettirildi. Yozuvchi va rejissyor U. Sembenning "Aravachali kishi" (1963) filmi xalqaro jamoatchilikning eʼtiborini qozondi. "...lik qoratanli" (1966), "Mandat" (1968), "Sedda" (1977) va boshqa filmlarida rejissyor eski va yangi mustamlakachilikka karshi kurash jarayonida milliy ongning oʻsishi muammolarini koʻtarib chiqdi. Keyingi yillarda "Ayol" (rejissyor M. Traore), "Bezori" (rejissyor J. Mambeti), "Karim", "Baks" (rejissyor M. Tiam), "Sertifikat" (rejissyor T. Av), "Getitey" (rejissyor S.Nyay) badiiy filmlari yaratildi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==