Kiribati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 10:
 
== Tarixi ==
K. hududi (Gilbert o.lari)ni ispanlar 1606 yilda oʻzlashtira boshlagan. 18-asrning 60—80-yillarida orollarni inglizlardan D. Bayron, D. Gilbert va D. Marshall tadqiq qildi. Rus den-gizchisi A. Kruzenshtern orollarga Gilbert nomini berdi (inglizcha Gilbert nomini mikronezlar K. tarzida talaffuz qiladilar). 1892—1915 yillarda K. Tuvalu (Ellis o.lari) bilan birga Buyuk Britaniya protektorata, soʻngra mustamlakasi boʻlgan. 2-Ikkinchi jahon urushi yillarida Yaponiya bosib oldi (1941—43 yillarda). Urushdan keyin yana inglizlar hukmronligi tiklandi. Aholining siyosiy huquklar va mustaqillik yoʻlidagi koʻrashi Britaniya maʼmurlarini K. mustamlaka boshqaruvi tizimini bir necha bor isloh qilishga majbur etdi. 1972 i.ga qadar orollar Gʻarbiy Okeaniyadagi ingliz oliy komissari (rezident-komissar) tomonidan boshqarildi, soʻngra mustamlaka gubernatori lavozimi joriy etildi. 1975 yilda Ellis o.lari K.dan ajralib chikdi. 1977 yil 1 yanv.da K.ga ichki oʻzoʻzini boshqarish xuquqi berildi. 1979 yil 12 iyulda mustaqillik eʼlon qilindi. K. 1999 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 iyul — Mustaqillik kuni (1979).
 
Siyosiy partiyasi va kasaba uyushmasi. Milliy taraqqiyparvar partiya. K. Kasaba uyushmalari kongressi, 1982 i. tashkil etilgan va 12 tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.