Alaska: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 37:
<!-- Bot tomonidan qo`shilgan matn oxiri -->
 
[[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQSH]] shtati. Shim. Amerikaning shim.-g‘arbida, AQShning asosiy qismidan uni [[Kanada]] yerlari aj-ratib turadi. Maydoni 1519 ming km². A. materik qismdan va bir qancha orollar (Aleksandr arxipelagi, Aleut orollari, Pribilov, Kadyak va boshqalar)dan iborat. Shim. Muz okeani va [[Tinch okeani|Tinch okean]] ([[Bering dengizi|Bering den-gizi]]) bilan o‘ralgan. Ma’muriy markazi — Juno shahar. Tinch okean sohilida igna bargli o‘rmon bilan qoplangan baland tog‘ 384tizmalari bor. Gid-roenergiyaga boy eng yirik Yukon daryosida kema qatnaydi. Aholisi 599 ming kishi (1993), ancha-gina qismi harbiy xizmatchilardir. Mahalliy aholi — indeyslar, aleutlar va eskimoslar. Aholining 3/4 qismi Alaskaning jan.-sharqiy va jan. sohil qismida yashaydi. Alaskani 18-a.asr 1-yarmida ruslar egallab, qishloklar qura boshla-gan. 1799 yilda yer osti va yer usti boyli-klaridan tanho foydalanish huquqini olgan Rossiya-Amerika kompaniyasi tash-kil etildi. 1867 yilda Rossiya hukumati Alaskani AQSH ga 7,2 mln. dollarga sotib yuborgan. Alaska 1884 y. gacha AQSH harbiy va-zirligi tasarrufida bo‘lgan, 1884—1912 yillarda okrug , so‘ngra hudud, 1959 yildan shtat. 19-asrning 90-yillarida A.ning markaziy qismida va Syuard yarim orolda ol-tin konlari topilishi bilan A.ning ichki qismlarida ham aholi turar joylari paydo bo‘ldi. 1911—38 yillarda A.da mis konlari ishga solindi. 1915—23 yillarda transport yoʻli qurilib, Alaskaning markaziy qismi sohil bilan bog‘landi. Baliq ovlash va baliq sanoati, o‘rmon sanoati, foy-dali qazilmalar chiqarish va qisman mo‘ynachilik Alaska xo‘jaligining asosini tashkil etadi. Oltin qazib chiqarish A. kon sanoatining asosiy.tarmog‘idir. Shuningdek, kumir, neft, qalay, plati-na, simob, xromit qazib olinadi. Ishlab beruvchi sanoat asosan konserva va taxta tilish korxonalaridan iborat. Ketchikan va Sitka sh.larida 2 ta ulkan sellyuloza-qog‘oz zavodi bor. Qishloq xoʻjaligi bilan deyarli shug‘ullanilmaydi, faqat Matanuska vo-diysida, Kenay yarim orolda kartoshka ekiladi, qoramol, parranda boqiladi. Mo‘ynali hayvonlar ovlanadi. Tashqi aloqalari, asosan, dengiz floti, shuningdek havo yo‘llari orqali amalga oshiriladi. Alaska avtomobil yo‘li va transport yoʻli orqali Kanada bilan bog‘langan. Ichki yuklar transport yoʻli, shuning-dek avtomobil yo‘llarida tashiladi. Xeyns — Ferbenks neft quvuri (1000&nbsp;km) qurilgan. Alaskada aerodromlar, harbiy-dengiz bazalari, raketodromlar bor.<ref name=":0" />
 
== Manbalar ==