Kuvayt: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 15:
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. K.da siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan. K. demokratik forumi, muxolifatdagi partiya, 1991 yil 7 muxolifat guruhining birlashuvi natijasida tuzilgan. K. ishchilari umumiy federatsiyasi kasaba uyushmasi 1967 yil dek. da tuzilgan. Arab kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi va Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi.
 
Xoʻjaligi. 2-Ikkinchi jahon urushigacha K. iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi koʻchmanchi chorvachilik, sohilda esa dengiz jonivorlarini ovlash boʻlgan, aholining bir qismi savdo-sotiq va, xususan, marvarid savdosi bilan shugʻullangan. Urushdan keyin boy neft konlari negizida neft kazish sanoati rivojlandi. 1970-yillarga kelib yalpi milliy mahsulotning salkam 60%, valyuta tushumining 94% neft sanoatiga toʻgʻri keldi. Iroq agressiyasi K. iqtisodiyotiga, ayniqsa, neft konlariga katta zarar yetkazdi. Ammo 1993 yil dayoq neft eksportidan olingan mablagʻ urushdan avvalgi darajadan oshib 9,9 mlrd. va 1994 yil 11,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. K.da neftdan olinadigan daromadlarning 10% "Kelgusi avlodlar jamgʻarmasi"ga oʻtkaziladi. Asosiy neft konlari: Al-Burkon, Al-Makva, Vafra, Ahmadi. Yiliga 25 mln. tonva neftni qayta ishlab oladigan 3 ta zavod mavjud. Tabiiy gaz ham qazib olinadi. Shuningdek, kimyo (kimyoviy oʻgʻit, ammiak, oltingugurt, kaustik soda, boʻyoq), kemasozlik, metall ishlash (quvur, akkumulyator), oziq-ovqat, qurilish ashyolari sanoati (sement, gʻisht, cherepitsa va boshqalar) ishlab chiqarish kabi tarmoqlari ham rivojlangan. Elektr stansiyalar, dengiz suvini chuchitadigan qurilmalar bor. Temir-tersakdan metall eritadigan, neft sanoati uskunalarini, roʻzgʻor elektr va radio asboblarini taʼmirlaydigan korxonalar, hunarmandchilik ustaxonalari ham mavjud. 90-yillarda neft sanoati yalpi ichki mahsulotning 42% ni, boshqa sanoat tarmoqlari 14,5%, qishloq xoʻjaligi esa 0,3% ni tashqil etdi. 1 yilda oʻrtacha 16,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.
 
K.- x.da hamon koʻchmanchi chorvadorlik ustun. Vohalarda xurmo, bugʻdoy, arpa, sabzavot yetishtiriladi. Umuman, mamlakat xududining atigi 1 % qishloq xoʻjaligi ga yaroq-li. Bu aholinig qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ehtiyojining 50% nigiva qondiradi. Oziq-ovqatning koʻp qismi chetdan keltiriladi. Baliqovlash aholi ehtiyojining 25% ni qondiradi. K.da temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 4 ming km dan ortiq. Dengiz transporta, ayniqsa, tankerdar katta ahamiyatga ega. Asosiy dengiz portlari: Shuvayx (Kuvayt), AshShuayba, Mino-al-Ahmadi. Chetga neft va neft mahsulotlari, kimyoviy oʻgʻit, suyultirilgan gaz, asbest quvurlar, sement va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, transport vositalari, qurilish ashyolari, metall va metall buyumlar, oziq-ovqat keltiradi. K.ning bir qancha mamlakatlardagi sarmoyalarning katta qismi koʻchmas mulkka aylantirilgan. Jumladan, Gollandiya va Daniyada K. ga karashli neftni qayta ishlash zavodlari, Yevropadagi 9 davlatda 5117 avtomobil yoqilgʻisini quyish tarmoqlari mavjud. Bundan tashqari, Angiyaning "British petrolium", "Midlend", Germaniyanig "Daymler bens", "Folksfagen", "Simens", Ispaniyaning "Taras", Fransiyaning "Pariba" kabi yirik kompaniya va banklari hissadoridir. "Santa-Fe" xalqaro neft kompaniyasi K. ning toʻla xususiy mulki hisoblanadi. Asosiy savdo mijozlari: Yaponiya, AQSH, Yevropa Itti-foqi mamlakatlari, Xitoy, arab mamlakatlari. Pul birligi — Kuvayt dinori.