Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
F. tarixidagi falsafiy maktab va oqimlar oʻzlari ilgari surayotgan falsafiy gʻoyaning mazmuniga qarab quyidagi yoʻnalishlarga boʻlinadi: empirizm va ratsionalizm, nominalizm va realizm, materializm va idealizm, skeptitsizm va antiskeptitsizm, agnostitsizm va antiagnostitsizm, dogmatizm va relyativizm kabilar.
 
19—20-asrlardagi falsafiy oqimlar: Shopengauer F.si, O.Kont pozitivizmi, marksizm, empiriokrititsizm, neokantchilik, F. Nitsshening hayot F.si, pragmatizm, neopozitivizm, postpozitivizm, neotomizm, freydizm, ekzistensializm, germenevtika, strukturalizm, relyativizm, konstruktiv empirizm, fenomenalizm va boshqa 21-asrga kelib har bir mintaqa, davlat va millatning tafakkur tarzini oʻzida ifoda etuvchi falsafiy maktab va oqimlarning shakllanishidan tashqari jahondagi ijtimoiy jarayonlarning keskin va jadal oʻzgarib borishi, global miqyosga koʻtarilishi umumjahon miqyosidagi falsafiy muammolarni hal etish zaruriyatini tugʻdirmoqda. Bunday muammolar sirasiga ijtimoiy taraqqiyotning globallashuvi, tinchlik va urush muammosi, ekologik, energetik muammolar, xom ashyo, oziq-ovqat va chuchuk suv muammolari, demografiya, sogʻliqni saqlash, axborotlar muammosi, maʼrifat va maʼnaviyat tanqisligi muammosi va boshqa kiradi. Bu muammolarni yechish yoʻllarini koʻrsatish va tahlil etish 21-asr F.sining dolzarb vazifasidir. Oʻzbekiston F.si Sharq F.sining tarkibiy qismi, oʻzbek xalqining oʻziga xos boʻlgan tafakkur tarzining namoyon boʻlishidir. Uning tarixiy ildizlariga qad. Turon va Turkistondagi xalq ogʻzaki ijodiga oid hikmatlar, dostonlar, maqol va rivoyatlar, mutafakkirlarning falsafiy asarlari, Avestodagi ezgulik gʻoyalari, tariximizda oʻtgan moniylik, mazdakiylik, buddaviylik, yahudiylik, xristianlik dinlaridan kirib kelgan hikmatlar, islom F.si, islomning muqaddas kitoblari, tasavvuf F.si, moturidiylik taʼlimoti, sunniylik oqimi, kubroviylik, yassaviylik, naqshbandiya tamoyillari, vatanparvarlik goyalari, maʼnaviyaxloqiy qadriyatlar kiradi. Bu F. jahon falsafiy merosi durdonalaridan oziq oladi. Oʻzbekiston F.si oʻzbek xalqining tafakkur tarzi sifatida 20-asrda shakllandi. Unda Oʻzbekistonda yashovchi turli millat va elat vakillari ishtirok etishgan. Uning namoyandalari Behbudiy, Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Choʻlpon, Abdulla Krdiriy, Ishoqxon Ibrat, Soʻfizoda va boshqa Sharq F.si anʼanalarini, milliymaʼnaviy, axloqiymaʼrifiy qadriyatlarni shoʻrolar davrida ham saklab qolish va rivojlantirishga intilyshdi, lekin bu intilishlar ularning kommunistik tuzum qurboniga aylanishiga sabab boʻldi. Sovet tuzumini yoklagan ilm sohiblarigina qatagʻonlardan omon qolishdi. S.Ayniy va 3. V. Toʻgʻonlarning F. tarixiga oid bir qancha maqolalari bosilib chiqdi. Sovet davrida F. fani chuqur mafkuraviy inqirozga uchragan, kommunistik tuzumning xizmatkoriga aylantirilgan edi. Yozuvning arabcha grafikadan lotin grafikasiga, undan kirillcha grafikaga oʻtkazilishi milliy fan va F. taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Naim Sayd, K. Yerzin, Hakim Neʼmat, R. Xolmurodov (Mallin) singari olimlar F. sohasida faoliyat koʻrsatdilar. 2-Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston FA tashkil etilishi ijtimoiy fanlar, xususan, F. fani taraqqiyotiga turtki berdi. Bu davrda S. Valiyev, J.M.Boboyev, H.Gʻ.Rasulov, AL.Ayupov, S.Azimov, I.Moʻminov, V. Zohidovlar F. faniga sezilarli hissa qoʻshishdi. Oʻzbekistonda F. tarixi (V.Zohidov, M.M.Xayrullayev, M. Baratov, h.F.Vohidov, A.Sharipov), tabiatshunoslik F.si va bilish nazariyasi (O.Fayzullayev, B.Ismoilov, J.Tulenov, K.Ivanova, M.Abdullayeva), mantiq (M.Xayrullayev, K.Haqberdiyev, M.X.Nurmatov, L.Ye.Garber), madaniyat F.si (K. Sodshov, S.Shermuhamedov, N.Gʻoyibov), din (S.Azimov, A. Ortitov, M.A.Usmonov, J.Bozorboyev), axloq (Y. Jumaboyev, XAliqulov, X.Shayxova), ijtimoiy F. va siyosatshunoslik (E.Yusupov, R.Abdushukurov, K.Valiyev, h.Pulatov, S.Tursunmuhamedov, Q.Xonazarov) yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar olib borildi.
 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, F. fani oldida uni kommunistik mafkura asoratlaridan tozalash, jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlarini falsafiy tahlil etish, milliy istiklol gʻoyasining ilmiynazariy asoslarini ishlab chiqish, respublikada shakllanayotgan huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish xususiyatlarini ochib berish kabi vazifalar paydo boʻldi. Oʻzbekiston Prezidenti I.A.Karimov 1998 yilda "Tafakkur" jur. bosh muharririning savollariga bergan javobda yangi jamiyatni bunyod qilishda milliy mafkura va u tayanadigan milliy F.ning roliga katta baho berar ekan, gʻoyaga qarshi faqat gʻoya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan bahsga kirishish kerakligini taʼkidladi.
6 807

ta tahrir