Doʻppi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 3:
'''Doʻppi''' — yengil bosh kiyimi. Kadimdan [[eroniy tillar|eron]] va [[turkiy xalqlar]] orasida keng tarqalgan. [[Turkiston]] xalqlari orasida (ayniqsa [[Oʻzbekiston]] va [[Tojikiston]] hududida) milliy kiyim turiga aylangan. Boshqa xalqlar D.laridan oʻzbek D.lari oʻziga xos shakli, [[bezak|bezagi]] bilan farqlanadi. D. uch qismdan — tepa (aylana va toʻrtburchak shaklida bichiladi), kizak ([[gardish]] shaklida) va [[jiyak]]dan tuzilgan, respublikaning turli joylarida turlicha bezatiladi; qismlari birlashtirilganda turlicha koʻrinishga ega boʻladi. D. tikuvchi usta doʻppidoʻz,D. tikish kasbi esa [[doʻppidoʻzlik]] deb ataladi.
 
D. asosan baxmal, sidirgʻa [[shoyi]], [[satin]]ga [[ip]], [[ipak]], [[oltin|zar]] iplar bilan [[kashta]] tikib tayyorlanadi. Tayyorlangan joyi ([[Chust]], [[Margʻilon]], [[Toshkent]], [[Shahrisabz]] va b.), moʻljallangan kishilarning yoshi va jinsi (erkak, ayol, [[bola]]lar), shakli (oʻtkir uchli, [[konus|konnus]]simon, yarim [[doira (shakl)|doyra]], chuqur tubli, dumaloq, karjli va b.)ga kura D.lar xilma-xil va rang-barangdir. Dastlabki D.lar shakli oʻtkir uchli qilib salla bilan kiyishga moʻljallab kizagi keng ji-yakli qilib tayyorlangan. 20a.20-asr 20-y.laridan D. shakli oʻzgardi: tepasi duma-loq yoki murabba shaklga ega boʻldi, kizakdagi jiyagi ingichkalashdi.
 
Oʻzbekistonda Chust, [[Andijon]], Toshkent, [[Samarqand]], [[Buxoro]], [[Boysun]], Shahrisabz D.lari mashhur. Chust D.si toʻq yashil shoyi yoki satindan 4 karjli qilib tayyorlanadi: tepasining har bir karjida [[qalampir|kalampir]]nusxa yoki [[bodom]] shakli, kizagining har bir karjida 4 tadan [[mehrob]] (yarim doyra) shakli kashta bilan sidirgʻa qoplab oq (ip yoki ipak) ipda tikiladi. Tayyor D.ning tepasi kizagidan murabba shaklida boʻrtib chiqadi (boshqa D.larning tepasi yarim doyra shaklida boʻladi). Shakli koʻp jihatdan chuyet D.siga oʻxshash boʻlgan margʻilon D.si [[gul]]lari (nisbatan ingichka va uzun qalampir shakli)ning sidirgʻa qoplanmasligi bilan farqlanadi.