Bosniya va Gersegovina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 9:
Aholisi. B. va G. aholisining 43,6% ni bosniyaliklar ("musulmonlar") tashkil etadi. Bu yerda serblar (31,4%), xorvatlar (17,3%) ham yashaydi. Rasmiy tili — bosniya, serb va xorvat tili. Dindorlar musulmon-sunniylar (40%), pravoslav xristianlar (31%), katoliklar (15%) va boshqa Yirik shaharlari: Sarayevo, BanyaLuka, Zenitsa, Tuzla.
 
Tarixi. B. va G. hududida tosh davri (paleolit) da ham aholi yashagan. Qad. aholisi illiriylar boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-asrda ardeylar, daosilar, yapodlarning quldorlik davlatlari paydo boʻlgan. Qad. Rim ularni zabt etib, Dalmatsiya viloyatiga qoʻshib olgan. 6-asr birinchi yarmida Vizantiya hukmronligi ostida boʻlgan. 6—7-asrlarda bu yerga slavyanlar koʻchib kelgan. 10-asr oʻrtalaridagi manbalarda Trebinye, Zaxumle, Travuniya, Poganiya (Neretva) va Bosniya kabi mayda davlatlar mavjud boʻlganligi haqida maʼlumotlar bayon qilingan. 12—14-asrlarda Bosniya feodal knyazligiga aylandi. 14-asrda, ayniqsa, Tvrtko I davri (1353—91)da Bosniya qirollik deb eʼlon kilingandan keyin uning yerlari ancha kengaydi. Tvrtko I vafotidan soʻng parokandalik va oʻzaro urushlar boshlandi. Qirollikning jan. qismidagi hukmdorlardan biri — Stepan Vukchich 1448 yilda oʻzini gersog deb eʼlon kildi va uning yermulklari Gersegovina deb atala boshladi. 1463 yda Bosniya va 1482 yilda Gersegovinani turklar ishgol kildi. 1583 yilda B. va G. podsholik deb eʼlon qilindi. Feodallarning koʻpchiligi va aholining bir qismi islom dinini qabul kildi. B. va G da turklarning harbiymustabidlik tuzumi qaror topdi. 19-asr boshlarida B. va G. xalqining milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 19-asr oʻrtalarida feodallarning oʻzaro kurashi tuxtashi savdo-sotiqni rivojlantirish uchun sharoit yaratdi. 1872 yilda birinchi temir yoʻl (BanyaLuka — Novi) ochildi. Biroq B. va G. ijtimoiyiktisodiy jihatdan qoloqligicha qolaverdi. Dehqonlar qoʻzgʻolonlarini (1834, 1852— 53, 185758, 186162 ylar) feodallar va turk maʼmuriyati shafqatsiz bostirdi. 1878 yilgi Berlin kongressining qaroriga binoan AvstriyaVengriya imperiyasi B. va G.ni bosib olish va uni idora qilish huquqini oldi. 1908 yilda AvstriyaVengriya B. va G.ni oʻziga qoʻshib olganligini eʼlon kildi. 1918 yilda AvstriyaVengriya parchalangach, B. va G. serblar, xorvatlar va slavyanlar qirolligi (1929 yildan — Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. 2-Ikkinchi jahon urushi davrida 1941 yil aprelda B. va G. nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi va "Mustaqil Xorvat davlati" tarkibiga koʻshib yuborildi. B. va G. fashist boskinchilarga karshi xalq ozodlik urushining muhim markazlaridan biri boʻldi. Urushdan keyin, 1945—92 yillarda Yugoslaviya Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992 yil aprelda B. va G. parlamenta 1992 yil 29 fevral va 1 martdagi referendum natijalariga tayanib, mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi. Referendumdan norozi boʻlib unda qatnashmagan serblar 1992 yil aprelda respublikaning shim. hududida Yugoslaviya tarkibida mustaqil "B. va G. Serbiya Respublikasi"ni eʼlon qildilar; i yul da B. va G. gʻarbida "GersegBosna Xorvat hamdoʻstligi" muxtor r-ni tuzildi. Bosniyaliklar jamoalarining qaramaqarshiligi harbiy toʻqnashuvlarga aylanib ketdi. 1993 yilda uch tuzilma delegatsiyalarining Jenevada boʻlib oʻtgan muzokaralarida B. va G. Respublikasining konstitutsion tuzilish tamoyillari toʻgʻrisidagi hujjat maʼqullandi. 1995 yil 21 noyabrda AQShning Dayton shahri yaqinidagi harbiyhavo kuchlari bazasida B. va G da tinchlik toʻgʻrisidagi umumiy bitim imzolandi. B. va G. 1992 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1996 yil 14 mayda oʻrnatgan.
 
Asosiy siyosiy partiyalari. Demokratik harakat partiyasi, musulmonlar partiyasi, 1990 yilda asos solingan; B. va G. serb demokratik partiyasi, 1990 yilda tuzilgan; B. va G. Xorvat demokratik hamdoʻstligi; "Bosniya va Gersegovina uchun", partiya, 1996 yil tuzilgan; Serb xalq ittifoqi, partiya, 1997 yil tashkil etilgan.