Daniya — versiyalar orasidagi farq

qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k
(qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3))
Napoleon urushlarida Fransiya tomonida urushda qatnashgan Daniya magʻlubiyatga uchrab, birmuncha hududidan ajraldi va xoʻjaligiga katta zarar yetdi. 1840 yil milliy liberal partiya tuzildi (1870 yil tarqatib yuborildi). 1849 yil iyun konstitutsiyasiga muvofiq Daniya ikki palatali cheklangan monarxiyaga aylandi. Shu yili yirik yer egalari manfaatini himoya qiluvchi konservativ partiya (Xoyre partiyasi) tuzildi. 1848—50 yillardagi D.Prussiya va 1864 yilgi Avstriya-Daniya urushlaridan soʻng Shlezvig , Golshteyn va Lauenburgdan ajrab, yagona milliy davlatga aylandi. 70-yillarda Xoyre partiyasi bilan Venstre partiyasi oʻrtasida siyosiy hokimiyat uchun boʻlgan kurashda qishloq sarmoyadorlari manfaatini himoya qilgan Venstre partiyasi gʻalaba qozondi.
 
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida roʻy bergan siyosiy va ijtimoiy uzgarishlar 1915 yilgi konstitutsiyada oʻz aksini topdi. 1-Birinchi jahon urushida Daniya betaraf turdi.
 
1930-yillardagi jahon iqtisodiy buhroni Daniya iqtisodiyotiga katta salbiy taʼsir etdi. 1940 yil aprelda Olmoniya Daniyani bosib oldi va uni oʻzining oziqovqat bazasiga aylantirdi. 1942—43 yillarda mamlakatda qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1943 yil sentabrda qarshilik koʻrsatish qarakatining rahbar organi hisoblangan Ozodlik kengashi tuzildi. 1945 yil 5 mayda mamlakat toʻla ozod qilindi. D.— 1945 yildan BMT aʼzosi. 1949 yil 4 apreldan Shim. Atlantika pakti (NATO) aʼzosidir.
Daniya yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat boʻlib, boshqa davlatlar bilan keng iqtisodiy aloqa bogʻlagan. Xususiy sarmoya ustunlik qiladi. Yalpi milliy mahsulotning 30 % davlat sektoriga toʻgʻri keladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat va qurilishning ulushi 26,4 %, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi — 3,5 %. Yalpi mahsulotning 40 % dan koʻprogʻi chetga sotiladi.
 
Sanoatida neft, tabiiy gaz, kaolin qazib chiqarish katta oʻrin oladi. 2-Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan keyin mashinasozlik sanoati rivoj topdi. Kimyo sanoati, neftdan turli mahsulotlar ishlab chiqarish ham rivojlangan. Yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyojning bir qismi chetdan keltiriladigan neft va neft mahsulotlari hisobiga qondiriladi. Sanoatda mayda va oʻrta korxonalar koʻp. Kemasozlik alohida oʻrin tutadi; eng yirik sanoat markazlari: Kopengagen, Odense, Xelsingyor, Nakskov. Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari asosan kema dizellari, sement va oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, elektr motor, transformator, radiopriyomnik, televizor, magnitofonlar ishlab chiqaradi (asosiy markazlari Kopengagen, Odense). Kimyo sanoati doridarmon, fosfatli va azotli oʻgʻitlar, sintetik smola va plastmassalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Toʻqimachilik, trikotaj va tikuvchilik sanoatining asosiy markazlari Yutlandiyaning sharqi va shimolida joylashgan (Vayle, Xerning , Viborg va boshqa). Mamlakatning turli joylarida oziq-ovqat, xususan sut va goʻsht sanoati korxonalari barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. 90-yillarning oʻrtalarida neft qazib olish eng yukrri darajaga yetdi (7 mln. tonna).
 
Kishloq xoʻjaligi Daniya iqtisodiyotining eng mahsuldor tarmogʻi hisoblanadi. Mamlakatda 80 mingga yaqin fermer xoʻjaligi bor. Ular yuksak hosildorlikka erishadilar va mahsulotning asosiy qismini chet ellarga sotadilar. Daniya hududining 70 % (3 mln. ga) qishloq xoʻjaligida foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsuloti umumiy qiymatining 90 % ini chorvachilik beradi. Aholi jon boshiga sut, yogʻ va goʻsht yetishtirishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Dehqonchiligi yuqori darajada mexanizatsiyalashgan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi, parrandachilik rivojlangan.
 
== Meʼmorligi ==
Daniya hududida qadimgi meʼmoriy davrga (mil. av.) xos sanʼat va meʼmoriy yodgorliklar (Trelleborg , Aggersborg qalʼalarining harobalari va boshqa) mavjud. Daniyada yagona qirollik tuzilib (10-asr), xristianlik qabul qilingach, dastlab yogʻochdan, 11-asr urtalarida esa toshdan ibodatxonalar qurildi. Roman davrida (12-asr—13-asr boshi) xoch shaklida sobor va qalin devorli cherkovlar solindi. Gotika davrida (13-a,—16-asr 30-yillari) Roskill va Odenseda yirik ibodatxonalar, qalin, baland devor va minorali qasrlar barpo etildi. 16—17a.larda16—17-asrlarda renessans taʼsirida bezatilgan saroylar, jamoat va turar joy binolari qurish anʼana boʻldi. 18-asr 1-yarmida binolar barokko uslubida, 2-yarmida esa klassitsizm uslubida qurila boshladi. 19-asr oxiri — 20-asr boshida milliy romantizmga xos binolar yaratildi. K.F. Harsdorf Daniya klassitsizmining atokli namoyandasidir. 20-yillarda neoklassitsizm, 30-yillarda esa funksionalizm (X. Kampman, V. Lauritsen kabi meʼmorlar) uslubi tarqaldi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin Kopengagen, Odense, Ryonne kabi shaharlar qayta tiklandi. 60—90-yillarga kelib koʻp (8—12) kavatli turar joylar kurildi. Uy-joy va sanoat zonalarini, qatnov yoʻllarini qulay joylashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga katta eʼtibor berildi.
 
== Tasviriy sanʼati ==
Yevropada eng qad.lardan. Daniya hududida mil. av. 4-asrga oid puflama musiqa cholgʻusi topilgan. 12-asrgacha milliy musiqa ijodi janrlari qahramonlik eposi, marosim qoʻshiqlari, raqs kuylari bilan cheklangan. 12-asrdan professional diniy musiqa, 15-asrdan dunyoviy musiqa namunalari, 17-asrdan musiqashunoslik asarlari paydo boʻldi. 18-asr oxiridan Daniya musiqasi oʻziga xos milliy xususiyatga ega boʻlgan. F. Kunsenning dastlabki milliy operasi „Xolger Danske“, I. Shulsning milliy harakterdagi zingshpillari fransuz hajviy opera unsurlarini oʻziga singdirdi. Milliy simfonizm bunyodkori N. Gade hamda zamonaviy kompo-zitorlik maktabi asoschisi K. Nilsen nomlari Yevropa musiqa madaniyati tarixi sahifalaridan munosib oʻrin olgan. 20-asr 1 -yarmida musiqa markazlari — Daniya konsert jamiyati, Daniya musiqachilari uyushmasi, kompozitorlari uyushmasi, Filarmoniya jamiyati, Daniya radiosining xor va orkestri tashkil etildi. Daniyada 5 konservatoriya, 10 simfonik orkestr, Musiqa tarixi muzeyi (1898 yildan), „Daniya musiqa nashriyoti“ (1871) bor. Yirik musiqa markazlari — Kopengagen, Odense.
== Teatri ==
Qadimgi Skandinaviya koʻshiqchilari — skaldlar ijodida teatr sanʼati uchqunlari boʻlgan. Oʻrta asrlarda Daniyada misteriya, masharabozlik, ibodat marosimlari, odob ruhidagi ibratomuz tomoshalar ommalashdi, maktab oʻquvchilari turli spektakllar qoʻya boshladi. Professional teatr esa, 18-asrning 20-yillarida vujudga keldi. 1722 yil Kopengagenda „Danlar sahnasi“ nomli birinchi milliy teatr tuzildi. 1770 yildan bu teatr „Daniya qirolining teatri“ deb yuritila boshladi. Teatr sahnasidan L. Xolberg komediyalari, Y. Evaldning dramalari, jahon klassikasi pyesalari keng oʻrin oldi. Y. L. Xeyberg , N. P. Nilsen, Y. K. Ryuge, A. Nilsen, I. L. Fister kabilar 19-asr yetakchi aktyorlaridir. 20-asr boshida naturalistik va dekadentlik pyesalari koʻp qoʻyilishi Daniya teatrini tanazzulga olib keldi. Lekin 20-yillarning oxiridan „Ishchilar teatri“, „Ijtimoiy teatr“, „Betti Nansen teatri“da klassik va chet el ilgʻor mualliflari pyesalarining qoʻyilishi bilan Daniya teatri yangi bosqichga koʻtarila boshladi. 2-Ikkinchi jahon urushidan soʻng qarshilik koʻrsatish harakati qahramonlarining jasoratini aks ettiruvchi va dolzarb masalalarga bagʻishlangan asarlar sahnalashtirildi. Opera va balet rivojlana boshladi. Aktyorlar Kopengagen davlat drama maktabida tayyorlanadi.
 
== Kinosi ==
Milliy kinofilmlar 1897 yildan ishlab chiqarila boshlandi, bir necha hujjatli lentalar suratga olindi. 1910-yillarda Daniya kinematografiyasi dunyoga taniddi. 1903 yilda „Katl“ badiiy filmi (rej. L. Elfelt) yaratildi, 1906 yilda Kopengagenda „Nordisk“ kinostudiyam tashkil etildi. „Arslon ovi“ (1907, rej. va aktyor V. Larsen) dastlabki xalqaro muvaffaqiyat keltirdi. „Ajal raqsi“, „Vilgelm Tell“, „Hamlet“ kabi mashhur asarlar sahnalashtirildi, komediya va melodramalar suratga olindi. 1-Birinchi jahon urushidan keyin kinofilmlar i.ch. kamaydi, asosan sayoz, siyqa musiqali kinokomediyalar yaratildi. 2-jahon urush yillarida oilaviy muammolar va tarixiy vokealarni tasvirlovchi filmlar ekranlashtirildi. „Kalamushlar bilan jang“, „Bugʻdoy xavf ostida“ nomli hujjatli lentalarda kurashga chorlovchi pinhona gʻoyalar aks ettirildi. Urushdan keyin ilgʻor kinorej.lar Daniya qarshilik koʻrsatish harakatiga, bolalar tarbiyasiga, ijtimoiy illatlarni hajv qilishga asosiy eʼtibor berdilar. X. Karlsen, P. Kyerulf-Shmidt, E. Balliga, L. va S. Gryonlyukk, N. va K. Rifbyerg kabi rej.lar yaratgan filmlarda chuqur dramatik konflikt va ijtimoiy muammolar ham aks etdi. Daniyada hujjatli va qisqa metrajli filmlar ayniqsa shuhrat qozondi. 60—90-yillarda koʻngil ochar hajviy filmlar koʻproq yaratildi. Kopengagenda kinomuzey, kinomaktab bor. Yiliga 25 toʻla metrajli, 50 qisqa metrajli film ishlab chiqariladi.
 
Oʻzbekiston — Daniya munosabatlari. Ikki mamlakat oʻrtasida „Investitsiyalarni oʻzaro qimoyalash va ragʻbatlantirish toʻgʻrisida“gi va OʻzR bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida „Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida“gi bitim asosida oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish yoʻlga qoʻyildi. 2000 yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 7,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistan Daniyadan yogʻoch buyumlar, doridarmon, qand-shakar, qandolat mahsulotlari, kakao, spirtli va spirtsiz ichimliklar, gʻalla va yorma, mexanik asbob-uskuna, kimyoviy mahsulotlar, poyabzal, oʻyinchoklar sotib oladi. Buning evaziga Oʻzbekistan sayyohlik va yuk tashish sohasida xizmat koʻrsatadi. Oʻzbekiston Daniyaga qayta ishlangan sabzavot va mevalar, oziq-ovqat mahsulotlari, hoʻl meva va yongʻoq yuboradi, turli xizmatlar koʻrsatadi. OʻzR hududida Daniya sarmoyadorlari ishtirokidagi 6 korxona, shu jumladan Daniya sarmoyasi 100 % boʻlgan 2 korxona ishlab turibdi. Oʻzbekistonda Daniyaning „Novo Nordisk“ va „York refrijereyshn“ kompaniyalarining vakolatxonalari ochilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
6 807

ta tahrir