Deizm: Versiyalar orasidagi farq

2 bayt qoʻshildi ,  3 yil oldin
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
(Maqolaga matn qoʻshildi)
(qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3))
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Deizm''' (lot. deus — xudo) — diniyfalsafiy taʼlimot; D. xudoni mukammal tabiat "mashinasi"ni yaratib, unga qonunlar va harakat baxsh etgan olamiy aql deb eʼtirof qiladi, biroq tabiatning oʻz harakatlariga xudoning keyingi aralashuvini inkor etadi va xudoni bilish uchun aqldan oʻzga yoʻlni rad qiladi. 17-a.daasrda yashagan ingliz faylasufi lord G. Cherberi D. asoschisidir ("Haqiqat haqida risola...", 1624). Deistlar koʻpgina oʻzgarmas aqidalar va urfodatlarga qarshi chiqib, aqlga muvofiq keladigan dinni targʻib etadilar. Ular vijdon va fikr erkinligini himoya qilib, "tabiiy din" va "aql dini"ni vujudga keltirishga intildilar. Moddiyunlar (Angliyada Toland, Kollinz, Pristli, Germaniyada Edelman, Rossiyada Lomonosov va Radishchev) ham, idealistlar (Leybnits, Yum, Kant) ham, eklektik dunyoqarashdagi mutafakkirlar ham D. bayrogʻi ostida oʻz fikrlarini bayon etishgan. 17— 18 - a. mutafakkirlari: Nyuton ("1693 yil 11 fevralda Bentliga joʻna-tilgan maktub"), Lokk ("Diniy aqida erkinligi xaqida toʻrt maktub", 1685— 1704, 1689—1706 y.larda nashr etilgan; "Inson aqli haqida tajriba", 1690), Volter ("Kandid", 1759; "A, V va S orasidagi suhbat", 1768), Jefferson, Franklin ("Birinchi ibtido", 1840), shuningdek, "erkin fikrli" Sheftsberi ("Tashabbus haqida maktub", 1708), Tindal ("Sirru asrorsiz masixiylik", 1730), Boling-brok, Russo va Lessinglar ham deist edilar. Biroq 18-a.asr oxiriga kelib D. Fransiyada Golbax, Didro, Rossiyada N. Kryukov, A. Baryatinskiylar tomonidan tanqidga uchradi. Hoz. vaqtda D. alohida oqim sifatida tan olinmaydi. Ammo koʻpchilik tabiatshunoslar olamning tartibli ravishda tuzilganida uning shaxsiy xususiyatga ega boʻlmagan xalloqi borligi isbotini D.da koʻradilar va shu sababli bu aqidaga qoʻshiladilar.
 
Muhammadjon Qodirov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
6 807

ta tahrir