Tunis: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 20:
Tunis hududida ilk paleolit davridan odam yashab keladi. Mil. av. 4—2ming yilliklarda dehqonchilik va chorvachilik taraqqiy etib, istehkomli manzilgohlar vujudga kelgan. Mil. av. 12-asrda Tunisga yunonlar, keyinroq finikiyaliklar kirib keldi. Finikiyaliklar tomonidan Tunisda asos solingan shaharlar ichida Karfagen yirik shahardavlatga aylangan. Mil av. 264—146 ylardagi Puni uruioʻari natijasida Karfagen davlati barham topgan. Tunis Rim imperiyasining Afrikadagi mulkiga aylangan. 439 yil barbarlar va qoʻzgʻolonchi dehqonlar koʻmagida Karfagenni vandamar bosib olgan. 534 yil Tunis Vizantiyaga tobe boʻlgan. T. tub aholisining ozodlik kurashiga 647 yil T. hududiga kirib kelgan musulmon arab qoʻshini yordam bergan. 670 yil arablar Qayruvon shahriga asos soldilar (keyinchalik bu shahar Shim. Afrikaga islom dinini yoyish markazi boʻlib qoldi), 698 yil ular Karfagenni, 703 yil esa T.ni butunlay egalladilar. 800 yil Tunis Abbosiplar xalifaligidan ajralib chiqib, Agʻlabishshr sulolasi hukmronligidagi mustaqil davlatga aylandi. 909 yil barbar qabilalarining qoʻzgʻoloni natijasida T.da ismoiliylarning Fotimiylar davlati barpo etildi.
 
1535 yil Tunisni Ispaniya bosib oldi, 1574 yil turklar ispanlarni quvib chiqarib, Tunisni Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib oldi. Biroq turk sultonlari Tunisni nomigagina idora qilar edi. 1591 yildan T.ni Tunis deylari, keyinchalik Murodiylar sulolasi (1612—1702) beylari boshqardi. 1705 yil Husayniylar sulolasi beylari mustaqil T. davlatini barpo etdilar. 1861 yil Tunis liberal islohotchisi Xayriddin atTunisiy tashabbusi bilan dastlabki konstitutsiya (Dustur) qabul qilindi. 1881 yil fransuz qoʻshinlari Tunisni bosib oldi. 1934 yil Habib Burgʻiba vatanparvar kuchlarni birlashtirib, Yangi dustur — soʻl millatparvar partiyasini tuzdi, shu partiya milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qildi. [[Ikkinchi jahon urushi|2-Ikkinchi jahon urushi]] yillari (1939—45) va undan keyin T.dagi milliy ozodlik xarakati kuchaydi. 1952—54 yillarda shaharlardagi umumiy ish tashlash sharoitida Tunis ozodlik armiyasi (1952 yil Yangi dustur partiyasi tomonidan tuzilgan) harakat boshladi. 1954 yil 31 iyulda Fransiya Tunisga ichki muxtoriyat berishga majbur boʻldi. 1955 yil 3 iyunda imzolangan konvensiyaga binoan Tunisni idora qilish milliy hukumat qoʻliga oʻtdi. 1956 yil 20 martda Fransiya Tunis mustaqilligini tan oldi. 1957 yil monarxiya tugatildi va respublika eʼlon qilindi. H. Burgʻiba prezident etib saylandi. Tunis — 1956 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 yil 26 dekabrda tan olgan va 1992 yil 26 noyabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 20 mart — Mustaqillik kuni (1956).
 
== Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==