Liberiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 13:
 
== Tarixi ==
L. xalqining qad. tarixi kam oʻrganilgan. 15-asrning 2-yarmidan hozirgi L.ning sohil qismida yevropaliklar (portugallar, gollandlar, inglizlar, fransuzlar) paydo boʻla boshladi. 1821 yil AQShdan kelgan bir guruh sobiq qul negrlar mahalliy qabila boshliklaridan Mesurado burunini sotib oldilar. Bu yerda AQSH prezidenti J. Monro sharafiga Monroviya nomi bilan manzilgoh barpo qilindi. Keyinchalik bir qator aholi yashaydigan hudud L. nomini oldi. 1834—36 yillarda Merilend, Bassa-Kov, Grinvill kabi shaharchalar paydo boʻldi. 1839 yil 1 apr.da mazkur manzilgohlarning (Merilend bundan istisno, u 1857 yil L. respublikasiga qoʻshildi) barchasini federatsiya asosida birlashtiruvchi L. Hamdoʻstligi tuzshtdi. 1847 yil 26 iyulda L. respublika deb eʼlon qilindi. Oʻzlarini amerikalik liberiylar deb atagan muhojirlar davlat idoralarida va iqtisodiyotda hukmron mavqeni egalladilar. Lekin mamlakat iqtisodiyoti deyarli chet elliklar taʼsirida edi. 1918 yil boshlarida L. 1-Birinchi jahon urushi (1914—18) da Antanta tomonida qatnashdi.
 
2-Ikkinchi jahon urushi (1939—45) yillarida L. 1944 yilda fashizmga qarshi koalitsiyaga qoʻshildi. Urushdan keyin L. hukumati mamlakatdagi tub aholi bilan amerikaliklarning avlodlari oʻrtasidagi tengsizlikni tugatish maqsadida "birlashish siyosati", shuningdek, mam-lakatda yagona xalq — liberiylar yashashligini eʼlon qildi. 1945 yil tub aholi erkaklariga saylash va davlat muassasalarida ishlash huquqi berildi. 1980 yilda S Dou boshchiligidagi askar va kichik zobitlar davlat toʻntarishi uyushtirdilar. Hokimiyat Xalq najot kengashi qoʻliga oʻtdi. 1989 yilda Milliy vatanparvar jabhasi Charlz Teylor boshchiligida prezident S. Douning isteʼfoga chiqishini talab qilib, qurolli kurash boshladi. 1990 yil 2 sentabrda "L. kelajagiga bagʻishlangan milliy anjuman"da muvaqqat hukumat tuzildi va prezident S. Dou agʻdarib tashlandi. 1993 yil iyulda mamlakatdagi uch siyosiy kuch oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi bi-timni imzoladi. Saylovgacha oliy hokimiyatni boshqaruvchi Davlat kengashi tuzildi. Lekin belgilangan mud-datda mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga erishilmadi. 1995 yil 19 avg .da bir-biriga qarshi boʻlgan 5 guruh yetak-chilari mojarolarni tinch yoʻl bilan hal etish toʻgʻrisidagi yangi bitimni im-zoladilar. Oʻtish davri uchun yana hoki-miyatning oliy organi — Davlat kengashi tuzildi va u umumiy demokratik saylov oʻtkazishga tayyorgarlikni boshladi. 1997 yil 19 iyulda oʻtkazilgan say-lovda mamlakat prezidenta va parlamenta saylandi. L. — 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 26 iyul— Mustaqillik kuni (1847).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==