Vladimir Lenin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 4:
LENIN (Ulyanov) Vladimir Ilich [1870.10 (22).4. Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk sh.) — 1924. 21.1, Moskva viloyati Gorki qishlogʻi] — Rossiya bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining asoschisi. SSSR deb atalgan "qizil imperiya"ning tashkilotchisi. Peterburg "Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash soyuzi"ni tuzishda qatnashgan. 1895 y. RSDRPning 2-sʼyezdi (1903)da bolsheviklar partiyasiga boshchilik qilgan. 1907 yildan muhojirlikda yashadi. 1917 y. apr.da Petrogradga kelib, sotsialistik inqilob yoʻlini ilgari surdi. Petrogradda Oktyabr toʻntarishi (1917 y. 7 noyabr)ga rahbarlik qildi. Sovetlarning 2-Butun Rossiya sʼyezdida XKSga rais boʻldi. 1922 y. L.ning sogʻligʻi yomonlashdi va shu yil dek. oyidan eʼtiboran siyosiy faoliyatda qat-nashmadi. Asosiy asarlari: "Rossiyada kapitalizmning taraqqiysi" (1899), "Nima qilmoq kerak?" (1902), "Materializm va empiriokrititsizm" (1908) "Imperializm kapitalizmning yukrri bosqichi" (1916), "Davlat va revolyusiya" (1917). L.ning jasadi Moskvaning Qizil maydonidagi mavzoleyga qoʻyilgan.
 
SSSR davrida L. qarashlari mutlaqlashtirilib, uning faoliyati va shaxsiy hayoti ilohiylashtirildi. Uning fikrlariga salgina shubha bilan qaraganlar yoʻq qilindi. Biroq Rossiyadan xorijga joʻnagan ziyolilar va jahon siyosiy arboblarining koʻpchiligi oʻsha paytdayoq uning "kommunizm qurish" rejasi xom xayol ekanligini aytishgan. 20a.20-asr 80-y. lari oxiri — 90-yillari boshida Sharqiy Yevropada sotsializmning tanazzulga uchrashi va SSSRning parchalanishi oqibatida L. nazariyasi asossiz ekanligi uzil-kesil isbotlandi.
 
L. oʻz siyosiy faoliyatida Turkistonga bolshevizm gʻoyalarini tarqatishga, mintaqani sovetlashtirishga katta eʼtibor karatdi. L. va Stalin Turkiston muxtoriyatini tugatish rejasini qoʻllabquvvatladi. L.ning tashabbusi bilan Turkkomissiya (1919), Turkbyuro (1920), RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (1922) kabi Markazning nazorat qiluvchi organlari tuzildi va Toshkentga yuborildi. Turkiston fronti (1919) tashkil qilinib, oʻlkadagi sovet rejimiga qarshi qurolli harakatni tugatish uchun 200.000 ga yaqin qizil askar Turkistonga joʻnatildi. Markaz yuborgan bolshevistik emissarlarga qarshi chiqqan mahalliy rahbarlarni L. "oʻng ogʻmachilik"da aybladi. L. 1920 yilda Buxoro xonligi (amirligi) va Xiva xonligini qizil armiya tomonidan bosib olinishining tashabbuskori. L.ning 1920 y. 13 iyundagi koʻrsatmasiga koʻra, yaxlit Turkiston mintaqasini parchalab tashlash jarayoni boshlandi va u 1925 y. boshlarida tugallandi. Shuningdek, L. Afgʻoniston, Hindiston, Xitoy, qisman Eron, Tur kiya kabi Sharq davlatlarida sotsializm qurish haqidagi rejasi uchun Turkistondan tayanch sifatida foydalanishni moʻljallagan edi. L.ning "kommunistik gʻoya"si 20-a.asr oxirida Oʻzbekistonda ham butunlay tanazzulga uchradi.
 
== Adabiyot ==