Braziliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 23:
 
== Tarixi ==
Braziliya hududida insonning paydo boʻlishi neolit davriga toʻgʻri keladi. 16-asrgacha Braziliyada bir necha yirik indeys qabilalari yashagan. Ular koʻchmanchi hayot kechirgan, tupiguarani qabilasigina oʻtroq yashagan. Indeys qabilalari ovchilik, baliqchilik bilan bir qatorda dehqonchilik ham qilishgan. 16-asr boshlarida tupiguarani jamoalarida mulkiy boʻlinish davri boshlangan. 1500 yil aprelda Portugaliya lik dengizchi P. Kabral Braziliya qirgʻoqlariga bordi va yangi yer ochganligini va u Portugaliyaga qarashliligini eʼlon qildi. Kabral sayohatidan 10 yil keyin portugallar Braziliyadan qimmatbaho qizil daraxt – „brazil“ni (Braziliya nomi ham shunday kelib chiqqan) jahon bozorlariga olib borib sota boshladilar. Braziliya kashf etilgach, u uzoq vaqt Portugaliya bilan Fransiya oʻrtasida talash boʻlib keldi, 1516 yildagina bu mojaro Portugaliya foydasiga hal boʻldi. 1532–36 yillarda Braziliya qirgʻoq joylari kapitanlik deb ataladigan 13 maʼmuriy hududga boʻlindi. 1549 yil Braziliyaning asosiy shahri boʻlgan Baiya (hozirgi Salvador)da gubernatorlik tashkil etildi. 16-asrning 70- yillaridan boshlab portugallar Afrika qitʼasidan keltirilgan koʻplab negrlarni qul qilib sota boshladi; qullar plantatsiyalarda ishlatilardi. Braziliyada portugallar zulmiga qarshi milliy ozodlik kurashlari uzoqdavom etdi. 1720 yilda MinasJerays viloyatida Felipi dus Santus boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1797 yil Baiya viloyatida milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1807 yil Portugaliyaga Napoleon qoʻshinlari bostirib kirgach, Portugaliya qiroli RiodeJaneyroga qochib ketdi. Braziliya monarxiya markaziga aylandi (1808–21). 1820 yilgi Portugaliya burjua inqilobi Braziliyada mustaqillik uchun kurashning yanada avj olishiga sabab boʻldi. 1822 yil 7 sentabr da Braziliya mustaqil imperiya deb eʼlon qilindi. 1888 yil Braziliyada quldorlik bekor etildi. 1889 yil monarxiya tugatilib, Braziliya federativ respublika deb eʼlon qilindi. 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida Braziliyaga chet el sarmoyasi, xususan AQSH [[Monopoliya|monopoliyalari]] kirib kela boshlagach, sanoatning ayrim tarmoqlari rivojlana boshladi. 1-Birinchi jahon urushi davrida Braziliya Antanta tomonida turib urushga kirdi. 20-yillar Braziliya xalqommasining demokratik erkinliklar uchun kurash yillari boʻldi. 1924 yilda Braziliyaning barcha shtatlarida qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. 1930 yilgi davlat toʻntarishi natijasida J. Vargas hokimiyat tepasiga keldi. Uning hukmronligi yillarida demokratik va taraqqiyparvar kuchlarga qarshi kurash boshlanib, mamlakatning AQShga iqtisodiy va siyosiy qaramligi kuchaydi. 1942 yil avgustda Germaniyaga qarshi mamlakatlar tomonida turib 2-Ikkinchi jahon urushiga kirdi. Fashistlar Germaniyasining tormor etilishi Braziliyada demokratik harakatni kuchaytirdi. 1945 yil oktabrda yangi davlat toʻntarishi boʻlib, harbiy diktatura oʻrnatildi. 1946 yil general E. G. Dutra hukumat boshligʻi boʻldi. 1950 yilgi prezident saylovida yana J. Vargas prezidentlikka saylandi. 1953–54 yillarda hukumat xalq ommasi talabi bilan neft sanoatini davlat qoʻliga oldi va ishchilarning ish haqini bir oz oshirdi. Hukumatning bu tadbiri Braziliya reaksion doiralarining yangidan bosh koʻtarishiga olib keldi. Bundan qoʻrqqan Vargas 1954 yil 21 avgustda oʻzini otib oʻldirdi.
 
1955 yil sentabr oyidagi prezident saylovida hokimiyat tepasiga sotsialdemokratik partiyaning vakili J. Kubichek keldi. Kubichekning prezidentlik davri (1956–60) da, bir tomondan Braziliya iqtisodiyotiga chet el sarmoyasining koʻplab kirib kelishiga yoʻl ochilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, Braziliyaning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi qator tadbirlar oʻtkazildi, neftni davlat monopoliyasiga aylantirish uchun kurashildi, ‘AQShga atom xom ashyolari sotish haqidagi shartnoma bekor qilindi. 1960 yilgi saylovda Xristiandemokratik partiya va Milliy demokratik ittifoq blokining nomzodi J. Kuadros prezidentlikka saylandi. 1961 yil avgustda Kuadros reaksion kuchlar tazyiqi bilan isteʼfo berishga majbur boʻldi. 1961 yil 7 sentabrda J. Gulart prezidentlik lavozimini egalladi.
Qator 33:
 
== Xoʻjaligi ==
Braziliya sanoatlashgan agrar mamlakat. Iqtisodiy salohiyati va tabiiy zaxiralari jihatidan Lotin Amerikasida yetakchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 30,3 %, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilik 10,8 % ni tashkil etadi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin Braziliya iqtisodiyotida sanoatni rivojlantirish va umuman xoʻjalikni industriya asosida taraqqiy ettirish yoʻlida tuzilmaviy siljishlar roʻy berdi. 60- yillardan boshlab milliy mahsulotda sanoatning ulushi qishloq xoʻjaligi dan oshib keta boshladi.
 
== Sanoati ==